Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə46/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

O‘z-o‘zini tahlil qilish bu — o‘z-o‘zinini nazorat qilish va o‘zini xulq-atvorini ongli tashkillashtirish vositasi hisoblanadi. O‘z-o‘zini tahlil qilish natijasida o‘z-o‘zinini baholash, ya’ni o‘z xislatlarini baholash kelib chiqadi.
O‘z-o‘zini baholash — bu shaxsning o‘ziga, o‘z faoliyatlari va insonlar orasidagi o‘rniga beradigan bahosi. o‘z salbiy va ijobiy xislatlarini ajratib, baholab olgach, o‘z-o‘zinini tanqid bilan tugallanadi.
Shunday qilib, tarbiyalash, o‘z-o‘zinini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari o‘zaro mustahkam bog‘langan bo‘lib, inson shaxsini tarkib toptirish jarayonida doimo bir-biriga ta’sir etadi.
Rag‘batlantirish va jazolash usullari. Intizom qoidalariga bo‘ysunishni ta’minlashda, rag‘batlantirish va jazolash usulidan foydalaniladi. Mustaqil O‘zbekiston respublikasida mafkuraning g‘oyaviy ma’nosi sifatida shaxslarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsad qilib qo‘yiladi.
Shuning uchun ham tarbiyadagi rag‘batlantirish va jazolash usuli o‘quvchilardagi ijobiy xislatlarni rivojlantirishda, ularning ijobiy fazilatlarini takomillashtirishda vosita bo‘lmog‘i lozim.
Rag‘batlantirish va jazolash usulida o‘quvchi shaxsi emas, balki ayni vaqtdagi xatti-harakati, qiliqlari, o‘quvchining individual xususiyati, hodisa yuz berayotgan vaziyat, sabab oqibatlar nazarda tutiladi. Rag‘batlantirish ham, jazolash ham qancha tez qo‘llanilsa, ta’siri kamayib ketadi. Rag‘batlantirish va jazolash yolg‘iz o‘quvchiga yoki sinfga yohud maktab jamoasiga qo‘llanishi mumkin. Ayrim olingan o‘quvchilarga qo‘llanilganda salbiy tomonlarning o‘ziga va jamoaga keltiradigan zarari hisobga olinadi.
Rag‘batlantirish usuli biron - bir omilning tarbiyalanuvchiga ta’sirini kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchining shaxsini, xatti-harakatlarini faollashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Rag‘batlantirish harakat qilishga ilhomlantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ishlarning shakli har qaysi tarbiyalanuvchining xususiyatiga qarab o‘zgaradi. Istiqbolga doir talablar tarbiyalanuvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Istiqbolni qo‘yish har xil insonning ulg‘ayishi uchun ham, jamoa uchun ham muhimdir. Rag‘batlantirish usullari orasida musobaqa katta o‘rin tutadi. O‘quv muassasasi hayotida musobaqa ishlarini ommaviylashtirish muhimdir. Musobaqaning mohiyati passivlarni ilg‘orlar darajasida yetkazish ishning umumiy yuksalishiga erishishdir. Musobaqa har bir o‘quvchi va shug‘ullanuvchining imkoniyatlarini ko‘ra olish va baholashda olg‘a harakat qilishda, kuch etadigan istiqbolni belgilashda iroda va xarakterni tarbiyalashda yordam beradi.
Rag‘batlantirish o‘quvchiga shunday ta’sir ko‘rsatsinki, bunda tarbiyachi alohida bir o‘quvchining xatti-harakatiga, xulq-atvoriga ijobiy baho bera olsin. Jamoa talablarining bajarilishini rag‘batlantirishi uchun asos deb hisoblash kerak. Rag‘batlantirish insonga yashayotgan va ishlayotgan jamoaning undan mamnunligini ko‘rsatadi.
Jamoa to‘g‘ri xulq – atvor ko‘nikmalarini mustahkamlash va salbiy ko‘nikmalariga barham berishi mumkin. Rag‘batlantirish shug‘ullanuvchi va o‘quvchining takomillashuviga, xulq atvor va xatti – harakat bobida qanday yo‘l tutish kerakligini anglab olishga imkon beradi. Shug‘ullanuvchi va o‘quvchini qanday va nima bilan rag‘batlantirishni jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trener bilmog‘i lozim. Istiqbolni tasvirlash shug‘ullanuvchi va o‘quvchining faoliyatini rag‘batlantiradi, bu narsa quvonch bilan kutish kayfiyatini oshirib, qo‘ygan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga beradi.
Istiqbolni tasvirlash har bir shug‘ullanuvchi va o‘quvchining rivojlanishi uchun ham, jamoa uchun ham zarur. Maqtov - tarbiyachining alohida olingan shaxs xususiyatlariga ijobiy baho berishidir. Shug‘ullanuvchi va o‘quvchining tarbiyalanishida maqtovning o‘rni muhimdir. Maqtov shaxsni ijobiy xislatlarini tarkib topishga yordam beradi. Lekin maqtov ham shug‘ullanuvchi va o‘quvchi hissiyotlari rivojlanishi tezlashtirib yuboradi, unda manmanlik, xotirjamlik tuyg‘ularini keltirib chiqaradi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trener shug‘ullanuvchi va o‘quvchining ibratli hulqini rag‘batlantirishi bilan, u butun jamoaning diqqatini bunga jalb etadi va bu ijobiy fazilatni faqat shu bolada emas, balki butun jamoada hosil qilish va takomillashtirishga da’vat etadi.
Rag‘batlantirishning samarasi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerning bu usuldan mohirlik bilan foydalanishiga bog‘liq. Rag‘batlantirishning yozma, og‘zaki yoki imo-ishoraviy shakllari qo‘llaniladi. Imo-ishoralar bilan boshni qimirlatib, tabassum va yuz-qo‘l harakatlari bilan ma’qullash, “barakalla”, “ko‘p yasha”, “rahmat” so‘zlari bilan ma’qullash, yoki yozma ravishda ma’qullash shakllari mavjud.
Shug‘ullanuvchi va o‘quvchilar ko‘nglini ko‘tarib dalda berish, o‘quv yoki boshqa topshiriqlarni bajarishga qiynalayotgan o‘quvchilarni qo‘llab yuborish, ularni kuchiga kuch qo‘shish maqsadida bu usul amalga oshiriladi. Rag‘batlantirishdan foydalanishda shug‘ullanuvchi va o‘quvchilar xarakterining xususiyatlarini e’tiborga olish muhim ahamiyatga egadir.
Jur’atsiz, bo‘shashgan shug‘ullanuvchi va o‘quvchilar alohida rag‘batlantirilib turilishi kerak. Ular mehnati, hatti-harakati va qilgan ishlarining ijobiy bog‘lanishi ulardagi o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, ularning axloqiy rivojlanishini yangi bosqichga ko‘taradi. Rag‘batlantirish bolaning kamol topishiga qaratilgandir. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerlar bolalarning ishlari va hatti-harakatidagi muvaffaqiyatlarini qayd qilar ekanlar, ularda yanada ko‘proq ish qilishga havas uyg‘otadilar.
Shuning uchun rag‘batlantirish shakllari xilma-xil bo‘lishi zarur. Rag‘batlantirishning quyidagi turlari ko‘llaniladi:

  1. O‘quvchining kuchi yetadigan, ma’suliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish; bunda o‘quvchi o‘z qadr-qimmati bilan faxrlanadi.

  2. Maqtov (jamoa oldida)

  3. Estalik sovg‘asi berish (kitob, ruchka, o‘quv predmeti va boshqalar)

  4. Maqtov yorlig‘i berish

  5. Stipendiya bilan taqdirlash

  6. Hurmat taxtasiga rasmini qo‘yish

  7. Qo‘llab-quvvatlash

  8. Ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi

  9. Safda birinchi o‘rinda turish

  10. Musobaqalarda bayroq ko‘tarish

  11. Gazetada va radioda e’lon va h. z.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin