11.2.Jismoniy tarbiya va sport faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarning mahorati va ijodkorligi. Jismoniy tarbiya va sport faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarning mahorati va ijodkorligi quyidagi kreativ faoliyatni o‘z ichiga qamrab oladi.
Murabbiy pedagog va trenerlarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari: 1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
2) loyihalash malakalari;
3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;
4) tadqiqotchilik malakalari;
5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
6) tashkilotchilik malakalari;
7) izchillikni ta’minlovchi (protsesssual) malakalar;
8) texnik-texnologik malakalar
Quyida ushbu malakalar guruhlarining mohiyati yoritiladi:
- sportchi va shug‘ullanuvchining yosh xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligini inobatga olgan holda mashg‘ulotda tarbiyaviy vazifalarni aniq belgilash;
- zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulot jarayonini didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish;
Bilishga oid (gnostik) malakalar: - mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni asosli ravishda tanlay olish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilar tomonidan o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda materiallarni o‘zlashtirganlik natijalarini;
- sportchi va shug‘ullanuvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish bo‘yicha turli ko‘rinishdagi ishlarni olib borish;
- mashg‘ulotdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, to‘garak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga oshirish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilarda sog‘lom turmush kechirishga bo‘lgan ehtiyojni shaxsiy va umumiy gigienaga amal qilish ko‘nikmalarini, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalarini shakllantirish;
- mashg‘ulot jarayonida turli ko‘rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar, axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
- didaktik material va ko‘rsatmali qurollarni ishlab chiqish;
- ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari, psixologik o‘ziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalar o‘rtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish;
- o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish