Tadqiqotchilik malakalari: - ilmiy izlanish olib borish metod va vositalarini tanlash;
- manbalar bilan ishlash (nazariy tahlil, muhim ma’lumotni topish, tezis, konspekt, referat, kartoteka bilan ishlash, adabiyotlar ro‘yxatini tuzish);
- nashr manbalari va axborot texnologiyalari (Internet) materiallari bilan tanishish;
- anketa so‘rovini tashkil etish;
- zamonaviy pedagogik muammolarni aniqlash, dolzarbligini asoslash;
- mavjud manbalar asosida muammoning ishlanganlik darajasini o‘rganish;
- pedagogik tajriba olib borish metodikasini ishlab chiqish;
- uch (yoki to‘rt) bosqichli pedagogik tajribani ilmiy-metodik tashkil etish;
- ilmiy maqola, axborot va hisobot tayyorlash;
- ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash;
- pedagogik tajriba natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish;
- tahlil natijalarini matematik - statistik tahlil qilish;
- statistik tahlil natijalariga ko‘ra xulosa chiqarish va ilmiy-tavsiyalarni ilgari surish;
- pedagogik tajriba natijalarini muhokama qilish (savollar qo‘yish, shaxsiy fikrni bildirish, tanqidiy fikrlarni ayta olish, amaliy takliflar berish)
Muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari: - sportchi va shug‘ullanuvchilar, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbariyati, hamkasblar bilan muloqotda turli shakl, metodlardan foydalanish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilarning barchalari bilan amaliy, ishchanlik yoki shaxsiy munosabat o‘rnatish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilarga ma’lumotlarni yetkazishning samarali yo‘l va vositalarini topish;
- topshiriqlar yuzasidan sportchi va shug‘ullanuvchining javobi yoki shaxsiy fikrlarini tinglay bilish;
-mashg‘ulot jarayonlarda yuzaga keladigan nizolarning oldini olish, bartaraf etish yoki rivojlantirish;
- jamoa va turli bosqichdagi sportchi va shug‘ullanuvchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash;
- jamoada sog‘lom raqobatga asoslangan muhitni qaror toptirish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilarning faoliyatlarini rag‘batlantirish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilarning javobidagi xato yoki xatti-harakatidagi kamchiliklarga munosabat bildirish;
- sportchi va shug‘ullanuvchilar bilan hamkorlikka erishish;