Trenerlik faoliyatini olib borish.
Trenerlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va davlat tuzimi, mamlakatning tinchligi va xavfsizligi, uning aholisiga qarshi qaratilgan boshqa harakatlarni targ‘ibot qilish;
kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shu jumladan milliy, diniy, jinsiy, siyosiy, madaniy, iqtisodiy va boshqa belgilar bo‘yicha kamsitish;
sport bilan shug‘ullanuvchilarning sha’ni va qadr qimmatini kamsitish;
sportga aloqasi bo‘lmagan faoliyatni olib borish;
taqiqlangan vositalar, tamamki va alkogolь mahsulotlarini iste’mol qilishni taqiq qilish.
Sport va ommaviy tadbirlarda trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning ishtiroki, sport turi bo‘yicha tegishli xalqaro va milliy federatsiyalar, shuningdek ushbu tadbirlarni tashkil qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan reglament, nizom va boshqa hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 oktyabr 284-sonli “Sport maktablarini malakali trener kadrlar bilan ta’minlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning malakasini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘rsatiladi.
Ushbu Qarorda sport maktablarini malakali trener kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi markazida sport maktablarida trenerlik faoliyatini amalga oshirayotgan va tegishli jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lmagan shaxslarni 1 yil 10 oy o‘qitishni tashkil etish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, bu qarorda istisno tariqasida, 1 sentyabr 2018 yilgacha, yuqoridagi shaxslarga, trener – yo‘riqchi sifatida berilgan ruxsatnoma asosida, trenerlar va trener – o‘qituvchilar lavozimida ishlashga ruxsat berilgan.
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar
Huquqiy ta’lim, qonun, ijro, tartib- intizom, toifa, me’yoriy - huquqiy hujjatlar, huquqiy talab, shaxsiy xavfsizlik, huquqiy ma’rifat, huquqiy tarbiya, huquqiy savodxonlik.
Dostları ilə paylaş: |