16
Sifilis bilan ogrigan kasallarda soch tukilishi asosan
organizmning ok spiroxeta
toksinlari bilan zaxarlanishining xamda nerv sistemasi jaroxatlanishining dastlabki
belgilaridir.
Sifilitik alopetsiya asosan ikkilamchi retsidiv zaxm bilan ogrigan bemorlarda
uchrab, uch xil buladi:
1) mayda uchogli
-
2) diffuz
-
3) aralash
-
Mayda uchogli alopetsiya – boshning sochli kismida bir xil joylashgan, yasmikdek
keladigan dumalok yeki oval shaklli uchoklarda sochlar siyraklashib koladi. Bu
manzara kuya tushgan muynaga uxshaydi. Kogan
sochlar kasallik uchogida
uzgarmaydi, terida chandik, pust tashlash bulmaydi.
Mayda uchogli alopetsiya, sokollarda, koshda, kipriklarda xam uchraydi. Koshda
uchragan formasi juda xarakterli bulib, buni Furne "omnibus", Grigorev "tramvay"
simptomi deb atagan.
Kipriklar zararlanganda birin–ketin tushib, birin-ketin chikadi shuning uchun
shatili yoki pilapoyani eslatadi. Buni birinchi Pinkus yozgan bulib – Pinkus
simptomi deyiladi.
Diffuz alopetsiyada soch ayrim joylarda tukilmay siyraklashadi, bu kurinish xuddi
ogir infektsion kasaldan ketsin tukilgan sochni eslatadi.
Aralash alopetsiyada – mayda uchogi va diffuz alopetsiya birga uchraydi.
Sifilitik alopetsiyali – soch tukilish, parsha va yuzaki trixofitiya bilan ajrata bilish
kerak.
Oddiy soch tukilganda – kasallik
uchogi katta va kam buladi, (1-3 tagacha),
jaroxatlangan joyda soch butunlay tukiladi, atrofida soch oson yulinadi.
17
Favusda esa - boshning jaroxatlangan joyida, skutula va chandik buladi.
Trixofitiyada – jaroxatlangan joyda kepaklashish, buladi va soch sinadi.
SIFILITIK LEYKODERMA – birinchi marta pigmentli sifilidni 1854 Gardal
yozgan, 1883 yil Neysser leykoderma deb nom bergan.
Leykoderma kuprok ayollarda uchrab,
asosan buyinnig yon kismida, kukrakda
uchraydi (Venera marjoni), lekin kulda, yelkada, korinda, ba'zan oyoklarda xam
uchrashi mumkin. Jaroxatlangan joyda atrofida giperpigmentlangan jiyak bilan
uralgan ok dog xosil buladi. Dogi kattaligi yasmikdan to 10 tiyinlik tangachali
bulib, yumalok, oval shaklda buladi. Leykoderma bir-biridan
xar xil uzoklikda
joylashadi, lekin razmeri bir xil buladi. Sifilitik leykoderma shurlashmaydi va
kasalni bezovta kilmaydi.
Leykodermani uch xil turi ma'lum: dogsimon, tursimon, marmarsimon.
Dogsimon formasida – doglar bir-biridan aloxida joylashib, bir-biriga kushilmaydi.
Tursimon formasida – doglar bir-biri bilan kushilib tur xosil kiladi.
Marmarsimon formasida – ok doglar atrofidagi giperpigmentatsiya kamrok bilinadi
shuning uchun teri iflosga uxshab kurinadi.
Differentsiatsiya kilinganda – xazakam (yolgon) leykodermadan ajrata bilish
kerak. Bular asosan psoriaz, pushtirang temiratki, parapsoriaz va boshkalardan
keyingi ikkilamchi doglar.
Ikkilamchi zaxmning shillik kavatlarini jaroxatlanishi
Ikkilamchi
zaxmda ogiz bushligi, xalkum, tanglay va ayollar jinsiy organlarining
shillik kavatlarini xam jaroxatlaydi. Shillik kavatlarda kuyidagi sifilidlar uchraydi:
doglar (eritema), papula (eroziya, pustula (yara).
Shillik kavatdagi eritemalar – asosan rangi bilan shillik kavat rangidan uncha fark
kilmaydi, shuning uchun aniklash kiyin. Fakat badan bezlarida eritemali anginadan
18
fark kilib kasalni bezovta kilmaydi, chegarasi anik, rangi tuk-kizil, istima
chikmaydi va boshkalar.
Shillik kavatdagi papulali sifilid – shillik kavatda joylashgan papulalar kupincha
bir-biri bilan kushilib
katta blyashkalar xosil kiladi, tezda eroziyaga aylanadi,
ayrim vaktlarda yaraga aylanadi.
Papula bilan ovoz boylamlari jaroxatlansa ovoz bugilib koladi. Bunday kasallar
oilada atrofidagilarga juda xavfli buladi, chunki juda kup mikdorda eroziyalardan
ok spiroxeta ajraladi.
Shillik kavatdagi pustulali sifilid –
juda kam uchrab, zaxmning yomon sifatli
kechishini kursatadi. xosil bulgan yara zaxmni eslatmaydi, boshka yaralarga
uxshaydi. Fakat sifilisning boshka belgilariga karab diagnoz kuyiladi.
Dostları ilə paylaş: