Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Mavzu 5. Jamiyatning axborot manbai sifatida birlamchi hujjat oqimi (BHO)



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə6/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
сохавий

Mavzu 5. Jamiyatning axborot manbai sifatida birlamchi hujjat oqimi (BHO)
1.Hujjatlar kommunikatsiyasi tizimi
2. “Kitob-kitobxon” munosabati - bibliografik axborotni vujudga keltiruvchi omil

Birlamchi hujjat oqimi jamiyatning ajralmas funksional-muhim hodisasi sifatida. Ishlab chiqarish va axborot resurslarining birligi: jismoniy hajmning о‘sish sur’ati, ularning tarkibini о‘zgartirish darajasi, qiymat xususiyatlari, cheksiz о‘sish tendensiyalari. Hujjat oqimi dunyoni bilish uchun maxsus vosita sifatida. Hujjat oqimining bir usuli sifatida harakat qilish. Tarkibi о‘zgaruvchanligi. Hujjatlarni aks ettirishning selektivligi. Muayyan mavzuning hujjatli oqimida umumiy, maxsus va yagona. Turli maqsadli va о‘qiydigan maqsadlardagi asosiy hujjat oqimini shakllantirish. Iqtisodiy ijtimoiy va tashkiliy omillarning oqimning paydo bо‘lishi va shakllanishiga ta’siri. Hujjat oqimini shakllantirish manbalari. Nashriyotlar, ilmiy va о‘quv guruhlari. Idoraviy adabiyotlarni tayyorlashning о‘ziga xosligi. Biznes ma’lumotlarini tayyorlash. Hujjat oqimini о‘rganish usullari.


Bosma sо‘z, ya'ni kitob ijtimoiy taraqqiyotning muhim omilidir. Kitoblar о‘zida qadimda yashagan kishilar va zamondoshlarimizning bilim va tajribalari, aql-zakovatlari va ijodiy fikrlari hamda hayoliy orzularini aks ettiradi. Qisqasi, kitobda insoniyat aql-zakovatining yutuqlari aks ettiriladi.


Qadimda insonlar kitobsiz yashaganlar. Ular bir-birlari bilan og‘zaki fikr almashish bilan cheklanganlar. Jamiyat taraqqiyoti va tnson bilimining kengaya borishi tufayli oddiy sо‘z bilan fikr almashish kamlik qilgan. Kishilarda olgan bilimlari va tajribalarini bir-biriga uzatishning, avloddan-avlodga qoldirishning murakkabroq shaklini vujudga keltirish ehtiyoji tug‘ilgan.
Kishilar insoniyat bilimini saqlab qolish, tarqatish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bо‘lgan vositani - yozuvni, qо‘lyozma kitobni yaratdilar. Birinchi qо‘lyozma kitob va uning kitobxonlarini paydo bо‘lishi hujjatlar kommunikatsiyasi (aloqa yо‘llari) tizimining paydo bо‘lishini anglatadi.
Ammo qо‘lyozma kitob о‘zining noyobligi, ulkan moddiy qimmati va yetib borishi qiyin bо‘lganligi tufayli juda cheklangan holda bilim manbai vazifasini bajarar edi, xolos.
Kitob ishlab chiqarish va tarqatish usulini tubdan о‘zgartirish zarur edi. Bu о‘zgarishni kitob bosish ishi, ya'ni bosma kitobning yaratilishi kiritdi. Bosma kitobning vujudga kelishi ijtimoiy hayotning taqozosi edi.
Qо‘lyozma kitob, keyinchalik bosma kitob vujudga kelmaganda asrlar osha yig‘ilib borilgan moddiy boyliklar bizgacha yetib kelmagan bо‘lar edi. Bosma kitobning yaratilishi “kitob-kitobxon” tizimini vujudga keltirdi, ular hujjatlar aloqa yо‘llari tizimida bosh rolni egalladi. Lekin shuning bilan birga sotsial axborotni о‘zida aks ettirib boruvchi, turli usulda qayta ishlash, saqlash va tarqatish vositalari ham yaratila bordi. Natijada hujjatlar va axborot iste'molchilari muloqoti tizimida ularning asl xilma-xilligi ortadi. Hozirda bu tizim inson faoliyatining keng kо‘lamdagi, favqulodda murakkab tuzilishga ega bо‘lgan, keng tarqalgan va tabaqalashgan sohasi hisoblanadi. Uni kо‘rib chiqish uchun u bilan bog‘liq bо‘lgan asosiy tushunchalarning ta'rifini keltirish zarur.
1. Hujjat (H) - insoniyat yaratgan sotsial axborot manbai bо‘lib, saqlash va tarqatish vazifasini bajaradi.
2. Axborot iste'molchisi (talabchisi) - axborotdan turli (ilmiy, ishlab chiqarish, ijodiy, о‘quv va h.k.) maqsadlarda foydalanuvchi shaxs yoki guruh (jamoa).
3. Hujjatlar kommunikatsiyasi (hujjatlar axborot tarqatish - aloqa yо‘llari) jamiyatda hujjatlar yordamida axborotni tarqatish (yetkazish) usullari yoki jarayonlari.
4. Hujjatlar kommunikatsiyasi tizimi (hujjatlar va axborot iste'molchilari muloqoti tizimi) umuman jamiyatda hujjatlar mavjudligi va axborot iste'molchilariga ularni yetkazish tizimidir.
Keng axborotlar muloqoti tizimining kichik tizimi hisoblangan u sotsial axborotni tarqatuvchi sifatida hujjatlarni qidirish, analitik-sintetik qayta ishlash, saqlash, tarqatish va foydalanishni ta'minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, hujjatlar va axborot iste'molchilari muloqoti tizimi hamma hujjatlar, hujjatlashtirilgan axborotning iste'molchilari va ular о‘rtasidagi ichki va tashqi shart-sharoitlarga xos munosabatlarning majmuasidir.
Hujjatli axborot aloqa yо‘llari tizimi inson faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. Hozirgi kunda uning ahamiyati katta. Hujjatlar aloqa yо‘llari tizimiga maxsus bu tizimning mavjudligi va rivojlanishini ta'minlovchi, maxsus shu maqsad uchun tuzilgan qator ijtimoiy institutlar, jumladan, nashriyot-tahririyat ishi, kitob savdosi, kutubxonachilik ishi, arxiv ishi, ilmiy-axborot faoliyati va nihoyat, bibliografik faoliyat kiradi.
Shuni ta'kidlash kerakki, matbuot asari yuqori darajada insonning sotsial axborotni qabul qilishda fizik imkoniyatlari va ruhiy xususiyatlariga mos keladi va shu ma'noda ular tengi yо‘q. Shu sababli, fan-texnika taraqqiyoti axborotni hujjatli aks ettirishning uzoq muddatli yangi texnologiyalarini vujudga kelishi bilan о‘zgartirishlar kiritmasin, bosma asar hujjatlar aloqa yо‘llari tizimining eng asosiy tarkibiy qismi bо‘lgan, shunday va kelajakda ham shunday bо‘lib qoladi.
Kitob, jurnal, gazeta va axborotning boshqa hujjatli manbalari (hozirda, ayniqsa elektron hujjatlar) jahon bо‘yicha tо‘xtovsiz о‘smoqda. Bosma kitob taxminiy hisob bо‘yicha 1500 yili 30800 nomdagi (inkunabul) kitoblar, XYI asrda 285800, XYII asrda 972000 va h.k. 1908 yilda jahonda 10 378 500 nomdagi bosma kitob hisobga olingan. Hozirgi kunda jahonda chiqqan kitoblarning aniq hisobini olish qiyin, taxminiy ma'lumotlarga kо‘ra u 50-70 milliongacha nomga yetadi.
Shuningdek, jahon bо‘yicha chiqayotgan jurnal va gazetalarni ham aniq hisobini olish qiyin. Turli ma'lumotlarni umumlashtirib kо‘rilganda jahon bо‘yicha 70-80 ming nomda jurnal va davomli nashrlar, 50 minggacha kunlik gazetalar chiqarilar ekan. Hozirda insoniyat ega bо‘lgan matbuot asarlarining umumiy hajmi ulkan miqyosdadir. Shu bilan birga bizning axborotni qabul qilish imkoniyatlarimiz cheklangan.
Har kuni yuz betdan о‘qigan kitobxon bir yilda о‘rtacha 300 saxifalik kitobdan 120 tasini о‘qir ekan. Endi 40 ta tilni biladigan ximik-olim bir xaftada jahon bо‘yicha chiqayotgan ximiyaga oid ilmiy jurnallarni kо‘rishga 40 soat sarflasa, bunda u bir soatda 3 tadan maqola kо‘ra olsa, 50 yillik tinmay ishlashi natijasida u faqat shu sohaga oid bir yillik jurnallar tо‘plamini kо‘rib chiqishga ulgurar ekan. Ayni vaqtda bunday hujjatlar ichidan nimani va qanday о‘qish kerak, degan savol tug‘iladi. Inson qо‘liga tushgan hamma hujjatni biror bir tartibsiz о‘qishi ham mumkin emas. Akademik S.I.Vavilovning iborasi bilan aytganda “hozirgi zamon kishisi kutubxonalar gimalayi oldida qumlar orasidan oltin zarrasini qidirib topishi kerak bо‘lgan oltin qidiruvchidek ahvoldadir”.
Bu holatda u zarur axborot manbaini topish va aniq tanlashni a'minlovchi ixtitsosli yordamga muhtojdir. О‘z navbatida hujjat va iste'molchi о‘rtasida jamiyatda yig‘ilgan ulkan hujjatlar resurslarini samarali va oqilona foydalanishga ta'sir kо‘rsatuvchi maxsus vositachiga ehtiyoj seziladi. Shu vositachi bibliografiyadir .
Kitob-kitobxon” munosabati - bibliografik axborotni vujudga keltiruvchi omil
“Kitob-kitobxon” munosabati tahlil qilinganda kitob kitobxonga qarshi turadi, chunki kitobda inson ongida bо‘lmagan, lekin u о‘zlashtirib olishi mumkin va (yoki) zarur bо‘lgan axborot mavjud. Bu qarama-qarshilik mavjud ekan, “kitob-kitobxon” munosabati ham mavjud va saqlanadi. Kitobxon kitobni о‘qib bо‘lgach, ular orasidagi zarur aloqa yо‘qoladi, kitobning mazmuni kitobxon ongiga singiydi, u bilan tenglashadi.
Quyidagi sabablar “kitob-kitobxon” munosabatini vujudga keltiradi: 1-misol: oddiy “О‘zbekiston tarixi” maktab darsligini va shu sohada ishlayotgan olimni olaylik. Bu holda hujjat iste'molchi ongida bо‘lmagan axborotni aks ettirmagan va ular orasidagi darslikni о‘qib bо‘lgungacha bо‘lgan bir xillik yо‘q.
2-misol: kitobxonning qulida u tushunmaydigan tilda yozilgan kitob. Kitob kitobxonni qiziqtiradigan axbortni aks ettiradigan bо‘lsa ham u bu axborotni о‘zlashtira olmaydi.
3-misol: kitobning mazmuni tushunarsiz bо‘lganligi sababli ham kitobxon uni о‘qiy olmaydi.
Mana shu uch misol kitob va kitobxon о‘rtasida muvofiqlik yо‘qligini bildiradi. Lekin muvofiqlikning bunday yо‘qligi mutlaq, о‘tkinchidir. Olim bilan tarix darsligi orasida munosabat agar olim bu kitobni taqrizlash maqsadida undagi dalillarning ilmiyligini, tо‘liqligi, materialning bayon qilinish shakli nuqtai-nazaridan baho bermoqchi bо‘lgan holda paydo bо‘ladi. Xorijiy tildagi kitob bilan esa kitobni kitobxonning ona tiliga tarjima qilinganda yoki kitobxon bu tilni о‘rgangan holda paydo bо‘ladi. Mazmuni tushunarsiz kitob bilan kitobxon о‘rtasida ham kitobxon bu sohada eng yuqori ma'lumot darajasini egallab tushuna oladigan bо‘lgan holda munosabat paydo bо‘ladi.
О‘qish jarayoni axborotni qabul qilish jarayoni sifatida shaxs bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, uning kitobxonlik qiziqishlarini va imkoniyatlarini rivojlantiradi.
Demak, hujjat va iste'molchi о‘rtasidagi muvofiqlik bibliografik axborot nazariyasi uchun muhimdir. U hujjat har doim qandaydir iste'molchiga, ma'lum axborot talabchilari guruhiga qarshi turishini kо‘rsatadi. Ular orasidagi bu muvofiqlik “hujjat-axborot iste'molchisi” munosabatining paydo bо‘lishi va mavjudligining zarur shartidir.
Yuqoridagi munosabatlar har doim ham bevosita aloqa yо‘li bilan hal qilinmaydi, aks holda xech qanday vositachiga ehtiyoj bо‘lmas edi.
Hujjatlar aloqa yо‘llari tizimida zarur axborotni olishga tо‘siqlik qiladigan ichki sabablar - qarama-qarshiliklar mavjud bо‘ladi. Bu qarama-qarshiliklar, tо‘siqlar hujjatlar sonining kо‘pligi va turli-tumanligi, axborotning hujjatli manbalari ahamiyatining о‘sishi natijasida paydo bо‘ladi. Bu tо‘siqlar - makon, geografik, son, mazmun, sifat, til, qidirish-strategik, vaqt, iqtisodiy, korxona, nashriyot-tahririyat, kutubxona-bibliografik tо‘siqlaridir. Bu tо‘siqlar hujjatlar aloqa yо‘llari tizimining tartib-qoida asosida harakatlanishiga, rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi.
Shunday qilib, “hujjat-axborot iste'molchisi” munosabati о‘zining ichki xususiyatlariga kо‘ra hujjat va axborot iste'molchilari orasidagi muvofiqlikni amalga oshirish maqsadida о‘zida vujudga keladigan axborot tо‘siqlarini bartaraf etuvchi maxsus vositaga zaruratni keltirib chiqaradi.



Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin