Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Bibliografik axborotning paydo bо‘lishi va rivojlanishining asosiy yо‘nalishlari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə7/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
сохавий

Bibliografik axborotning paydo bо‘lishi va rivojlanishining asosiy yо‘nalishlari
Hujjatlar yaratilishi bilan jamiyat orasida keng tarqalib ketadi. Hujjatlar soni, turining kо‘payishi natijasida bu hujjatlarni uzoq muddat saqlash va foydalanilishini ta'minlash uchun birinchi navbatda insonning qiladigan ishi - bu shu hujjatlarni ma'lum bir joyda tо‘playdi.Aynan qadimgi kutubxonalar - hujjatlar aloqa yо‘llari tizimidagi dastlabki tarixiy ijtimoiy institutlar shu yо‘sinda paydo bо‘lgan.
Bibliografik axborot eramizdan avvalgi uch ming yillikda Qadimgi Shumerda vujudga kelgan. Shumer podsholigi kutubxonachilari katta yopiq qutilarda yoki savatlarda mixxat matnli loy tablichkalarni saqlaganlar.
Nippurdagi saroyda shunday loy tablichkalarning bir necha mingi topilgan. Shubhasiz, shuncha katta sonli tablichkalar ichidan keraklisini topish oson bо‘lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bu ahvoldan qutulish yо‘lini topdilar. Ular har bir quti yoki savatlarni shu quti yoki savatda saqlanayotgan hujjatlar rо‘yxati berilgan alohida tablichka, о‘ziga xos yorliq bilan ta'minladilar. Bu rо‘yxatlar о‘sha davr kutubxonalarida mavjud bо‘lgan hujjatlar mazmuni va tarkibi haqida tushuncha beruvchi va ularni qidirishni osonlashtiruvchi birinchi kutubxona kataloglari edi. Shunday qilib, Shumer kutubxonachisi bibliografik axborotning birinchi katalog shaklini kashf etdi.
Keyinchalik kataloglar yirik kutubxonalarning zarur vositalariga aylangan.
Eramizdan avvalgi VI asrda о‘sha davrda Ussuriya shoxi Ashurbanipalga qarashli Nineviya kutubxonasining katalogi bir necha о‘n minglab asarlar yig‘ilgan taraqqiy etgan kutubxonaning katalogi edi. U fondda о‘sha davrda ma'lum bо‘lgan fanning hamma sohalariga oid loydan jadvallari bо‘lgan. Bu katalogni kutubxonada ishlagan olimlar va xattotlar tuzganlar.
Qalimgi Misrning Edfu shahrida “Dom papirusa” (“Papirus uyi”) deb nomlangan kutubxona bо‘lgan. Biroq bu kutubxonaning bironta qо‘lyozmasi saqlanmagan. Kutubxonaning bizgacha saqlanib qolgan katalogidan uning fondi qanday tarkibda bо‘lganligini aytish mumkin. U katalog kutubxonaning tosh devorlaridan biriga о‘yib yozilgan. U ikki qismdan iborat sistemali katalog edi. Uning 1-qismi 12 qutining, 2-qismi esa 22 qutining mazmunini ochib bergan.
Ellinistik Misrning yirik kutubxonalaridan biri Aleksandriya kutubxonasi bо‘lib, о‘z davrida eng taraqqiy qilgan, millionga yaqin kо‘p tillardagi hujjatlarni о‘z ichiga olgan.
Eramizdan avvalgi SH asrda Aleksandriya kutubxonasining bosh kutubxonachisi, olim va shoir Kallimax “Fan sohalarining hammasida mashxur bо‘lgan kishilar (va ular yozgan asarlar) ning jadvali” (“Tablitsi tex, kto proslavilsya vo vsex oblastyax znaniy (i togo, chto oni napisali)” nomli adabiy-tarixiy va bibliografik asar yaratgan. U faqatgina sistemali katalog bо‘lmay, balki yana о‘sha davr grek adabiyoti ham unda tasvirlangan edi.
Qadimgi Gretsiyada ham eramizdan avvalgi VIasrda Aristotel “Didaskali” nomli bibliografik asarini yaratgan. Qadimgi Rimda mashhur shaxslar (olimlar, yozuvchilar, shoirlar, imperatorlar, lashkarboshilar) о‘z asarlari rо‘yxatini tuzganlar. Masalan, Sitseron va antik dunyo vrachi Galenlar.
Antik dunyoning yemirilishi bilan u yaratgan kitob madaniyati ham yemirildi, vayron bо‘ldi. Hujjatlar aloqa yо‘llari tizimi о‘zining boshlang‘ich davriga qaytdi.
XII asrda Yevropada universitetlar, ular qoshida esa kutubxonalar paydo bо‘ldi, ularda kitoblar tasvirlandi, eng yaxshi kitoblarning rо‘yxatlari va kataloglari tuzildi. О‘rta asrlar oxiriga kelib Yevropada qо‘lyozma kitoblar soni qadimgi dunyodagidan ham kо‘p edi.
Biroq, Yevropada hujjatlar muloqoti tizimidagi haqiqiy о‘zgarish bosma kitobning kashf qilinishidan keyin yuz berdi. Bu yangi tiklanig davriga tо‘g‘ri keldi. Antik dunyo madaniyati, inson bilimini aks ettirgan rivojlanishga yakun yasovchi yirik bibliografik asarlarga ehtiyoj paydo bо‘ldi. Bu borada Shveysariya olimi va bibliografi Konrad Gestner (1516-1565) tuzgan “Vseobshaya biblioteka” nomli yirik bibliografik asar diqqatga sazovordir. Gestner о‘sha davr jahon qо‘lyozma va bosma kitoblarining 20 foizga yaqinini bu bibliografiyasida hisobga olishga erishgan. Keyinchalik bironta bibliografik asarda hujjatlarni qamrab olishda bunchalik yuqori darajaga erishilmagan.
Xuddi shu davrda Yevropada bibliografik axborot tuzish va tarqatishning muhim vositasi bо‘lib qolgan yana bir jamoat instituti - kitob savdosi paydo bо‘ldi. 1564 yilda kuzgi Frankfurt kо‘rgazmasida birinchi marta kо‘rgazmaga sotish uchun qо‘yilgan kitoblarning yig‘ma katalogi paydo bо‘ldi, bu kitob savdosi bibliografiyasining birinchi manbaini vujudga kelishi edi.
Shunday qilib, hujjatlar va axborot iste'molchilari muloqoti tizimi mavjudligining dastlabki bosqichida bibliografik axborot paydo bо‘ldi va u ikki asosiy yо‘nalishda rivojlandi:
- Bibliografik axborotning katalog shakli (bu bir kutubxonaning fondi va unda hujjatlarning joylashgan о‘rni kо‘rsatilgan bо‘lsa),
- Bibliografik axborotning boshqa shakllari (bunda esa aniq bir fondda bibliografiyalanayotgan hujjatlarning saqlanish о‘rni bilan bog‘liq cheklanishning yо‘qligi bilan xarakterlanadi).
Bibliografik axborotning bibliografik vositachilikdagi о‘ziga xos xususiyati shundaki, bibliografik axborot rivojlanishida axborot iste'molchilariga hujjatning о‘zi emas, u haqidagi ma'lumot harakati tashkil qilinadi. Bu ma'lumotdan hujjatning о‘zisiz, alohida foydalanish mumkin. Shuning uchun ham bibliografik axborot sotsial axborotning alohida turi sifatida ikkilamchi - yordamchi (vositachi) hisoblanadi.

Axborot-bibliografiya faoliyatida umumjahon о‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrda bibliografiya jamoatchiligi orasida, axborot-bibliografiya faoliyatini tashkil etish, jarayonlari, metodikasi, texnologiyasida tub о‘zgarishlarni amalga oshirish zarur.


XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib bibliografiyaning tashkiliy tuzilishi avvalgi turg‘un shaklidan о‘zgardi. Bunda ilgarigi davlat bibliografiyasi markazlari bо‘lgan kitob palatalari faoliyati ham о‘zgardi.
Mustaqil Davlatlar hamdо‘stligi davlatlarida bu markaz faoliyati bir tomondan davlat kundalik bibliografiyasini rivojlantirishga (bu hozirgi kunda ham barcha bosma kundalik bibliografik ashrlarini chiqarish, ularning elektron versiyasini ham talablar bо‘yicha yetkazib berish bilan amalga oshirilmoqda), ikkinchi tomondan retrospektiv bibliografiya yо‘nalishiga qaratildi, ya’ni davlat bibliografiyasining retrospeksiyasini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Bu Rossiya, Belorus, Ukraina Respublikalari kitob palatalari faoliyatida yaqqol aks etdi.
Bizning respublikamizda esa О‘zbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi faoliyati bir muncha susaydi, ya’ni 1990-2000 yillardagi sust holat yanada jonlandi (susayish tomonga). 1990 yilga qadar bu palata respublikamiz hududida bosmadan chiqadigan barcha bosma mahsulotni turlari bо‘yicha davlat hisobini olib borar edi. Va bu asosida davlat bibliografik kо‘rsatkichlarini chiqarib, ular orqali davlatimiz hududida 1 oy, 1 kvartal, 1 yil davomida qanday kitoblar, vaqtli va davomli nashrlar, tasviriy nashrlar, musiqa-nota asarlari, kartografik materiallar, vaqtli nashrlar sahifalaridagi maqolalar, bibliografik qо‘llanmalar chop etilganligi haqida axborot berib borar edi.
Bu kо‘rsatkichlar kitobxon uchun juda muhim axborot manbalari bо‘lib, har qanday kitobxon о‘zini qiziqtirgan masala-muammo, mavzu, soha bо‘yicha qanday yangi hujjatlar yaratilganligi haqidagi m’lumotlarni ola olardi.
1991 yildan barcha jabhalarda bо‘lgani kabi bibliografiya sohasida ham iqtisodiy tomondan muammolar – mablag‘ yetishmasligi masalasi paydo bо‘lib, bu 1-navbatda davlat bibliografiyasi markazi bо‘lgan Kitob palatasi faoliyatiga keskin ta’sir kо‘rsatdi: 1-chidan, shtatdagi xodimlar soni qisqartirildi; 2-chida, buning natijasida oldindan chiqarilib kelingan kо‘rsatkichlar soni keskin kamaytirildi; 3-chidan, palata о‘z funksiyasi – bosma mahsuloting tо‘liq hisobini olish funksiyasini bajara olmay qoldi, negaki bosma mahsulot chiqaradiga barcha nashriyotlar va bosmaxonalar ham о‘z mahsulotini Kitob palatasiga majburiy nusxa sifatida muntazam bermay qо‘ydi; 4-chidan, tezkor axborot berish funksiyasini bajara olmay qoldi, chunki tayyorlangan bibliografik qо‘llanmalari mablag‘ yetishmasligi sababli о‘z vaqtida nashr qilinmay qolib keta boshladi; va nihoyat, 5-chidan, Kitob palatasi bosma mahsulotni tо‘liq yig‘a olmaganligi tufayli bosma matbuotning Davlat arxivini ham tо‘liq tashkil eta olmay qoldi.
1991 yilga qadar Kitob palatasi 8 ta solnoma, 1 ta yillik va 1 ta kvartallik, ya’ni tezkor kundalik davlat bibliografik kо‘rsatkichlarini; 1 ta kumulyativ (“Kitob yilnomasi”) kо‘rsatkichini chiqargan bо‘lsa, 1991 yildan faqat 3 ta solnomani о‘z ichiga olgan ”О‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi” ni chiqara boshladi. U ham katta kechikish bilan 2000 yilgacha chiqarib turildi. 2002 yil uchun 3 ta soni chiqdi va shunday sо‘ng uning bosma nashr holida chiqishi tо‘xtatildi.
Hozirda shu solnomaning elektron shakli tuzilmoqda. U ham yuqori tо‘liqlikda materiallarni qamrab olmaydi, sababini yuqorida aytdik.
Demak, 1991 yildan boshlab, ayniqsa 2001 yildan hozirgacha biz respublikamizda 1 yilda nechta kitob va kichik risolalar chiqdi, ular qaysi sohalar bо‘yicha va kimlarga mо‘ljallangan, shu 19 yil ichida jami qancha kitob chiqarilgani haqida tо‘liq ma’lumotni ololmaymiz.
Bu davlat bibliografiyasining tashkiliy holati.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin