Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə8/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
сохавий

Repertuar bibliografiya haqida hozirda gap ham bо‘lishi mumkin emas, chunki repertuar bibliografiya davlat bibliografik nashrlari asosida tuziladi. Davlat bibliografiyasi tо‘liq bо‘lmagach, qanday qilib hujjatning bir turini ma’lum о‘tgan yirik xronologik davr uchun tо‘liq hisobga olish mumkin. Soha bibliografiyasi ham shunday. Bibliografiya ishlarini olib boradigan keyingi yirik muassasa – bu kutubxonalardir. Umuman ularning faoliyati ham davlat bibliografik kо‘rsatkichlariga kо‘p tomonlama bog‘liq.
Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi kutubxonaga olinayotgan milliy nashrlarning milliy bibliografiyasini yaratish bо‘yicha ish olib boradi, biroq bu ish milliy bibliografiya tuzish talablariga tо‘liq mos emas.
Bu kutubxona о‘z foydalanuvchilariga ularning axborot ehtiyojlaridan kelib chiqib axborot-bibliografiya xizmati kо‘rsatadi. 1-chi navbatda kutubxona fondiga yangi olingan barcha kitoblarning katalogi – kо‘rsatkichini yarim yillik nashrlarda о‘zbek va rus tillaridagi kitoblarni alohida ajratgan holda nashr qiladi.
Hozirgi axborotlashtirish va kutubxonalar faoliyatida axborot texnologiyalarining qо‘llanilishi Milliy kutubxona faoliyatida ham namoyon bо‘lmoqda. Kutubxonada fondga yangi olingan adabiyotlarning elektron katalogi 1996 yildan tuzila boshlagan. U foydalauvchilar xizmatida 3ta bibliografiya bо‘limlari turli о‘lkashunoslik, shaxs kо‘rsatkichlarini bosma shaklda ham muntazam chiqarib boradi. Ulardan, Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “ Rо‘yi zamin sayqali”, Toshkent shahrining 2200 yilligiga “Toshkent 2200 yoshda” kо‘rsatkichlarini; Milliy kutubxonaning 140 yilligiga “Ma’naviyatning о‘lmas bо‘stoni” kо‘rsatkichi, har yilgi yillarning nomlanishi munosabati bilan ham shu yilga atalgan (masalan, “Yoshlar kamoli – yurt istiqboli”) bibliografik kо‘rsatkichlar tuzib nashrdan chiqaradi va h.k.
Respublikamizdagi Respublika davlat ilmiy-tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy qishloq xо‘jaligi kutubxonasi, О‘zR FA Asosiy kutubxonasi ham о‘z fondiga yangi olingan kitoblarning axborot byulletenlarini chiqaradi. U muassasalarning barchasida elektron katalog mavjud, uning yordamida shu katalog tuzila boshlangan davrdan hozirgacha kutubxona fondiga olingan kitoblar va boshqa hujjatlar haqida ma’lumot olish mumkin.
Universal ilmiy axborot-kutubxona muassasalarining keyingi bо‘g‘ini (MK dan keyingi) viloyat axborot-kutubxona markazlari (AKM) dir. Bu oldingi viloyat universal ilmiy kutubxonalar О‘zR Prezidentining 2006 yil 20 iyudagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil qilish tо‘g‘risida” gi Qarori bilan AKM ga aylantirilgan bu markazlar viloyatlar markazidagi eng yirik kutubxonachilik-bibliografik muassasalardir.
Bu markazlar shu viloyat markazi va viloyat bо‘yicha tushadigan viloyat hayotiga oid barcha sо‘roqlarni bibliografik qondirish vazifasini bajaradi. Buning uchun ularda yetarli imkoniyatlar – axborot-bibliografiya bо‘limi, uning shtatida mutaxassis xodimlari, kutubxonachilik-bibliografik resurslari mavjud. Bu markazlarda katta hajmdagi SBA, о‘lkashunoslik SBA, bibliografik resurslar (an’anaviy va elektron) yaratilgan. Ularning yordamida har qanday kitobxon, foydalanuvchi, tashkilot va muassasaning sо‘roqlari bajariladi.
Keyingi markazlar axborot-resurs markazlari (ARM) bо‘lib, ular hozirda OTM, о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari qoshida mavjud. Ular ham shu markaz joylashgan hudud doirasida shu joy aholisiga xizmat kо‘rsatadi. Faqat OTM ARM keng aholiga emas, shu OTM professor-о‘qituvchilari, xodimlari va talabalariga xizmat kо‘rsatadi. ARM lar AKM larga nisbatan kichikroq hajmda ish olib boradilar.
Maktab kutubxonalari (hozirda ARM ga aylantirilayotgan) ham о‘quvchi va о‘qituvchilarga axborot-bibliografiya xizmati kо‘rsatadi.
Bularning barchasi davlat tomonidan bibliografiya ishlarining rejali tashkil qilinishi hisoblanadi.
Bibliografiya ishlari nodavlat tashkilotlari tomonidan ham olib boriladi.
Jahon bо‘yicha shunday tashkilot bu - Xalqaro kutubxonalar va muassasalar assotsiatsiyasi Federatsiyasi (IFLA) bо‘lib, u 1927-29 yillarda tashkil etilgan.
Barcha sohalarda bо‘lgani kabi bibliografiyada ham uning munozarali, asoslanmagan masalalari ilmiy jihatdan ishlanadi.
Jahon bо‘yicha hozirgi kunda milliy bibliografiya yaratish muammosi juda dolzarb masala bо‘lib turibdi.
Yuqoridagi tashkilot IFLA ning har yilgi sessiyasida bu masala kо‘tariladi va alohida shо‘bada muhokama qiliadi.
IFLA ning tadbirlari doirasida 16 yildan buyon “Kutubxonalar va assotsiatsiyalar о‘zgarayotgan dunyoda: yangi texnologiyalar va hamkorlikning yangi shakllari” mavzusida “Qrim” xalqaro konferensiyasi bо‘lib о‘tadi. Unda jahonning kо‘plab davlatlaridan yirik kutubxonalar, assotsiatsiyalar, oliy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchi-olimlari, ilmiy-texnika axboroti markazlari va kitob palatalarining xodimlari, arxivlar, muzeylar xodimlari ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar.
Bizning О‘zbekistondan ham bu konferensiyada har yili bir necha mutaxassislar ishtirok etadilar. Masalan, bu yilgi konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasidan U.F.Karimov va U.O.Teshaboyeva; Urganch Davlat universiteti ARM rahbari X.Shixova ishtirok etdilar.
Xalqaro konferensiyada bibliografiya masalalarining muhokama qilinishi bu ilmiy ishlanish natijasini olib chiqish deganidir.
О‘zbekistonda umuman bu boradagi izlanishlar XX asrning 80-yillarida boshlangan. Ungacha ham ilmiy ishlar qilingan, biroq, ular kutubxonashunoslik yо‘nalishidagi ishlar edi.
1973 yilda SH.M.Shamsiyev “Vaqtli nashrlarni bibliografiyalash muammolari” mavzusida; 1974 yilda M.M.Turopov “О‘zbekiston bibliografiyasi” mavzusida; 1982 yilda A.V.Nosirova “Adaptatsiya qilingan adabiyotlar bibliografiyasi” mavzusida; 1983 yilda .P.Shumanova “Respublikashunoslik bibliografiyasi: tashkiliy-metodologik masalalari” mavzusida; O.G.Shabalina “” bolalar adabiyoti bibliografiyasi” mavzusida; M.K.Mirzaaxmedova “О‘zbek tarjima adabiyoti: nashr qilinishi va bibliografiyalanishi” mavzusida; 1986 yilda M.I.Vitenson “О‘zbekistonda yig‘ma kataloglarning tashkil qilinishi” mavzusida; 1987 yilda I.V.Dolgopolova “Adabtiv nashirlari xillari va turlari”; M.K. Mirzaxmedovaning “О‘zbekistonda tarjimonlik ishi va tarjima adabiyotlari tarixi” mavzusida; X.Mamatraimova “О‘lkashunoslik SBA mahalliy bibliografik resurslarning tarkibiy qismi sifatida” mavzusida; 1990 yilda T.D.Boytо‘rayev “О‘zbekistonda tarixiy- о‘lkashunoslik adabiyotlarining nashr qilinishi va bibliografiyalanishi” mavzusida; G‘.A.Narzullayev “О‘zbekistonda vaqtli nashrlarni bibliografiyalash muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar.
Demak, bizning yо‘nalishimiz bо‘yicha oxirgi dissertatsiya 19 yil oldin himoya qilinibdi ekan. Kutubxonashunoslik yо‘nalishi bо‘yicha ham qilinmagan edi, 2009 yilda B.I.G‘aniyeva nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Bibliografiya muammolari bо‘yicha monografiyalar, ilmiy maqolalar ham chop etilgan.
M.M.Turopovning “О‘zbekistonda bibliografiya ishining rivojlanishi” nomli; M.R.Rashidovaning “О‘zbek tabiiy ilmiy kitobi: nashr qilinishi va bibliografiyalanishi” nomli; M.K.Mirzaaxmedovaning “О‘zbek tarjima kitobi” nomli monografiyalarini olish mumkin.
Ilmiy maqolalar esa institutimiz tо‘plamlarida, Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasining an’anaviy tarzda bir necha yillardan buyon о‘tkazib kelayotgan “Betgerxonlik” seminari tо‘plamlarida; “Markaziy Osiyo” xalqaro konferensiyasi materiallari tо‘plamlarida; hamda ixtisoslik jurnalimiz “Kutubxona.Uz” sahifalarida о‘z aksini topmoqda.
Yeng asosiysi bibliografiya atamashunosligi, bibliografik tavsifning ishlanishi masalasi. Bu borada qator standartlar Sovet mustabid tuzumi davrida ishlangan edi. MDH davlatlari tomonidan hozirda davlatlararo standartlar ishlab chiqilib, foydalanilmoqda. Hozirda О‘zbekistonda bu yо‘nalishda qator standartlar ishlanmoqda. Ularning dastlabkisi tо‘zilib, tasdiqlanib, 2009 yil 20 apreldan amaliyotga joriy qilina boshlaganligidan xabaringiz bor (standartlashtirish fanidan о‘tganmiz).
Bibliografiya sohasidagi ilmiy masalalarlar fakultetimiz talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarida ham ishlanishiga tо‘g‘ri keladi.
Kelgusida: О‘zbekiston milliy bibliografiyasi, О‘zbekistonda milliy tildagi adabiyotlarni bibliografiyalash, ismlarning tanlanishi, Oktabr tо‘ntarishigacha bо‘lgan davr bosma mahsulotining bibliografiyasini yaratish, repertuar bibliografiya, elektron bibliografiyalarni yaratish, о‘lkashunoslik bibliografiyasining qator masalalari ilmiy ishlanishni, о‘z yechimini kutayotgan ilmiy muammolar hisoblanadi. Bunga albatta, fakultetimizni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislar о‘z hissalarini qо‘shadi, degan umiddamiz.
v). XXI asr jamiyat hayotiga “axborot asri” bо‘lib kirib keldi. Bu degan sо‘z bu asrda axborot shu qadar ulkan oqimga va massivga yetar ekanki, shaxs, kitobxon, foydalanuvchi undan tо‘liq foydalana olmas ekan (imkoniyatlari cheklanganligi sababli).
Jamiyat hayotiga kirib kelgan yangi axborot texnologiyasi – kompyuter mavjud bо‘lmagan va foydalanilmayotgan ish uchastkasini topish qiyi bо‘lib bormoqda. Ayniqsa, axborotni yig‘ish, uni jamlash, unga ishlov berish, uni saqlash va foydalanuvchiga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi axborot muassasalari – kutubxonalar, kitob palatalari, arxivlar, ilmiy-texnika axboroti organlari faoliyati bu yangi texnologiya tufayli mutlaqo boshqacha – faol, talab qilinadigan, samarali tus olib bormoqda.
XX asrdagi sohada yuzaga kelgan kamchilik va yо‘l qо‘yilgan xatolar – foydalanuvchilarning sotsial axborotga bо‘lgan ehtiyojini tо‘liq qondira olmay qolishi, axborot ehtiyojlari va axborot imkoniyatlari о‘rtasidagi tafovutlar, bibliografik mahsulotning son va sifat kо‘rsatkichlarini nomuvofiq holatdaligi, bibliografik faoliyatni tashkil etishdagi rejalilik susayganligi, bibliografik xizmat kо‘rsatish shakl va usullarining samarasi foydalanuvchilarning bibliografik madaniyatini oshirish darajasiga mos kelmay qolganligi, sohada amaliyot va nazariya о‘rtasidagi nomuvofiqlik kabilar bibliografiyani tashkil etish darajasi, bibliografik resurslardan oqilona foydalanish, ishda zarur sotsial natijalarga erishish, moddiy vositalardan yetarli foydalanishga tо‘sqinlik kabilarga olib keldi.
Mana shulardan xulosa qilgan holda bibliografiyaning vazifalari belgilanishi zarur.
О‘zbekiston Respublikasi bibliografiyasining vazifalari davlatimiz qomusi – О‘zR konstitusiyasi, Prezidentimizning axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish va ulardan keng foydalanish, axborot-kutubxonachilik sohasidagi chiqargan qarorlarida qо‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi:
1. Respublikamizing iqtisodiy, ilmiy-texnik, sotsial-siyosiy va madaniy taraqqiyoti mafaati yо‘lida BA bilan ta’minlash samaradorligii oshirish;
2. Sotsial va ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirishga, xalq xо‘jaligi, iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirishga yordam berish maqsadida bibliografik ehtiyojlarni shakllantirish va qondirishga erishish;
3. siyosiy tarbiyaviy faoliyat, ixtisosli va umummadaniy axborot ehtiyojlarini har tomonlama bibliografik ta’minlashda rejalilik, hamkorlik, hamjihatlikka erishish kabi masalalar.
Bular umumiy vazifalar, ularning har birini bajarishda alohida vazifalar belgilanadi. YA’ni:
• axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini davlat siyosati darajasida tashkil etish va yaxshilash;
• har bir axborot-kutubxona muassasasini yangi axborot-kommunikativ texnologiya qurilmalari bilan jihozlashga erishish va ulardan unumli foydalanishni yо‘lga qо‘yish;
• ular faoliyatida mavjud axborot-bibliografik resurslardan unumli foydalanishni ta’minlash maqsadida hamkorlik о‘rnatish, bu muassasalar konsorsiumini tashkil qilish;
• an’anaviy kutubxona-axborot-bibliografik resurslar bilan bir qatorda elektron resurslar yaratish ishini yо‘lga qо‘yish va rivojlantirish;
• foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlari va talablarini tо‘liq bajarishda о‘z imkoniyatlari bilan bir qatorda xalqaro axborot tizimi (Internet) va ichki lokal tarmoqlar (Intranet va Ziyonet) dan keng foydalanishni yо‘lga qо‘yish;
• axborot-kutubxona muassasasi ish jarayonlariga yangi axborot-kommunikativ texnologiyalarni keng joriy qilish bilan ish samaradorligini oshirishga erishish;
• har bir axborot-kutubxona muassasasining yig‘ma elektron katalog va boshqa elektron bibliografik resurslar yaratishda ishtirok etishiga erishish;
• axborot-bibliografiya masalalarini kо‘rib ishlab chiquvchi, boshqaruvchi maxsus bibliografik byuro tashkil etish;
• respublika davlat bibliografiyasini yо‘lga qо‘yish (О‘zR milliy kitob palatasi faoliyatini yaxshilash);
• axborot-bibliografiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarining holatini yaxshilash, ular natijalarini bibliografik faoliyatga keng tadbiq qilishni kengaytirish;
• mahalliy axborot-kutubxona muassasalarining о‘lkashunoslik yо‘nalishidagi faoliyatini jonlantirish va boshqalar .

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin