Kirxgofning ikkita qonuni elektr zanjirini to`liq holatini aniqlaydi va ularni hisoblashda asos bo`lib xizmat qiladi. Barcha elektr zanjirlari Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlariga (qoidalariga) bo`ysunadi.
a) Kirxgofning birinchi qonuni. Bu qonun elektr zanjiri toklari uchun umumiy bo`lib, ikki xil ta'riflanadi:
1) Elektr zanjirining istalgan tugunidagi toklarning algebraik yig`indisi nolga teng;
2) Elektr zanjirining istalgan tuguniga oqib keluvchi toklarning algebraik yig`indisi shu tugundan ketuvchi toklarning algebraik yig`indisiga teng.
Tugunga keluvchi toklarni musbat, tugundan ketuvchi toklarni manfiy deb olamiz. Birinchi ta'riflanishga asosan
Kirxgofning birinchi qonuni fizik jihatdan shuni bildiradiki,zanjirda zaryadlar harakati shunday bo`ladiki,ular tugunlarda to`planib qolmaydi.
b) Kirxgofning ikkinchi qonuni. Kirxgofning ikkinchi qonuni kuchlanishlar uchun umumiy qonun bo`lib, elektr zanjirining yopiq konturi uchun qo`llaniladi. Bu qonunni ham ikki xil ta'riflash mumkin:
b) Kirxgofning ikkinchi qonuni. Kirxgofning ikkinchi qonuni kuchlanishlar uchun umumiy qonun bo`lib, elektr zanjirining yopiq konturi uchun qo`llaniladi. Bu qonunni ham ikki xil ta'riflash mumkin:
1) Istalgan yopiq konturdagi kuchlanishlar tushuvining algebraik yig`indisi shu konturdagi EYUK larning algebraik yig`indisi teng:
Σ U R = Σ E
(Har bir yig`indi kontur yo`nalishiga mos bo`lsa musbati ishora bilan, agarda kontur yo`nalishiga teskari bo`lsa manfiy ishora bilan kiradi);
2) Kuchlanishlarning algebraik yig`indisi (kuchlanishlar tushuvi emas) yopiq kontur bo`ylab nolga teng.
Uk = 0
v) Elektr tokining musbat yunalishi. Aktiv qarshilik-elektr energiya iste'molchisi uchun quvvat (elektr energiyasini issiqlikka aylanish tezligi) musbat (nolga katta), agarda tok va kuchlanish tushuvi bir xil ishorada bo`lsa, ya'ni