Shuning uchun o`zgarmas tokda qarshiliklar uchun (umuman olganda istalgan iste'molchi uchun) tokning musbat yo`nalishi kuchlanishning musbat yo`nalishiga mos tushadi: musbatdan manfiyga, yuqori potentsialdan past potentsialga.
Misol. Chiziqli zanjirda (18-rasm) EYUK E1 ichki qarshiligi Rich1 bo`lgan avtomobil generatori hisoblanadi, E2 -akkumulyator, R1 va R2 -o`lchovchi simlar qarshiliklari R3 -avtomobil iste'molchisi. 18 -rasmda ko`rsatilgan sxemada yopiq kontur uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan hisoblab topilgan toklarni to`g`riligi tekshirilsin, agarda E1 = 14,4 V, E2 = 12 V, Rich1 = 0,01 Om, R1 =0.19 Om, R2 =0,2 Om , I1 =11 A, I2 =1 A.
Yechish: Konturni yo`nalishi berilmagani uchun soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha olamiz. Ikkinchi tugundan boshlab Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tenglamani yozamiz.
Yechish: Konturni yo`nalishi berilmagani uchun soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha olamiz. Ikkinchi tugundan boshlab Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tenglamani yozamiz.
E1 – E2 = Rich1 I1 + R1 I1 +R2 I2
EYUK E2 kontur yo`nalishiga qarshi bo`lgani uchun tenglamaga manfiy ishora bilan kiradi, I1 va I2 toklarni yo`nalishi kontur yo`nalishiga mos bo`lgani uchun kuchlanishlar tushuvlari musbat ishora bilan kiradi. Son qiymatlarini qo`yib, quyidagiga ega bo`lamiz.
Misol. Elektr zanjirida (18 -rasm), oldingi misolda ko`rilgan, R3 qarshilikda U12 kuchlanishni aniqlang.
Yechish: Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan 24312 kontur uchun, noma'lum kuchlanish tarmoq 12 uchun tenglama tuzamiz (yo`nalishini soat ko`rsatkichi bo`yicha olamiz).