Mavzu: Turli materiallardan svetafor maketini qurish-yasash
Reja:
1.Ish joyini to„g„ri tashkil qilish.
3.Kartondan modellar yasash haqida ma‟lumot berish.
4.Svetafor maketini qurish-yasash texnologiyasini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Modellar yasash haqida ma‟lumot berish.
Kartondan model yasash haqida tushunchalar berish. Svetafor maketini qurishyasash texnologiyasini tushuntirish.
Pedagogik vazifalari:
talabalarning kartondan modellar yasash haqidagi bilimlarini aniqlash;
kartondan modellar yasash haqida tushunchalar berish;
turli materiallardan svetofor maketini qurish-yasash texnologiyasini
tushuntirish;
Ta’lim usullari: Tushuntirish, savol-javob, amaliy ish, tushuntirish, taqdimot.
Ta’lim vositalari: Metodik qo„llanmalar, slaydlar, kartondan modellash ishidan
namunalar, bo„shagan gugurt qutisi, ko„rgazmalar, karton, kley, qaychi, qog„oz.
Mashg„ulotni boshlashdan oldin o„quvchilarning bilimlarini aniqlash va
fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Karton turlarini bilasizmi?
2. Kartonni modellashtirish texnologiyasi qanday?
3. Texnik modellashtirish nima?
4. Kartondan texnik modellashtirish ishining asosiy mazmuni?
5. Texnik modellashtirishning asosiy maqsadi nima?
Kartondan modellar yasashda quyidagi bilimlarga ega bo‘ladilar:
1.O„quvchilar model va maket haqida tasavvurga ega bo„ladilar.
2.Qo„l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar. Chunki ularning
har ikkalasi bir izchilikka asos qilib olingan.
3.O„quvchilar avval o„qituvchi yordamida, so„ngra mustaqil tarzda modelni yasay
bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini, qismlar o„lchovining birbiriga munosibligini o„rganishlari kerak.
4.Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligini aniqlay olishlari kerak.
5.Ish joyini to„g„ri tashkil etishlari kerak.
6.Belgilash, o„lchash, ishlov berish, yelimlash va pardozlash bosqichlarini
bajarishlari kerak.
7. O„zini-o„zi nazorat qilish va o„z mehnatini hisobga olishlari kerak.