Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja


Kartondan modellar yasashda quyidagi bilimlarga ega bo‘ladilar



Yüklə 147,4 Kb.
səhifə20/36
tarix13.05.2023
ölçüsü147,4 Kb.
#113225
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Mavzu Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil

Kartondan modellar yasashda quyidagi bilimlarga ega bo‘ladilar:
1.O„quvchilar model va maket haqida tasavvurga ega bo„ladilar.
2.Qo„l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar. Chunki ularning
har ikkalasi bir izchilikka asos qilib olingan.
3.O„quvchilar avval o„qituvchi yordamida, so„ngra mustaqil tarzda modelni yasay
bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini, qismlar o„lchovining birbiriga munosibligini o„rganishlari.
4.Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligini aniqlay olishlari.
5.Ish joyini jihozlashlari.
6.Belgilash, o„lchash, ishlov berish, yelimlash va pardozlash bosqichlarini
bajarishlari.
7. O„zini-o„zi nazorat qilish va o„z mehnatini hisobga olishlari kerak.
Kartondan ayiqcha modelini yasash bosqichlari
1.Ayiqcha modelini yasash uchun rangli karton tanlab olinadi
2.Rangli kartonga ayiqning tana qismi chiziladi.
3. Chizilgan shakl qirqib olinadi.
4.Ikkinchi kartonga uning qo„l va oyoqlari chiziladi
5. Chizilgan qo„llar qirqib olinadi
6. Tana qismiga qo„l va oyoqlarini biriktirish uchun teshik o„rni qalam yordamida
belgilanib, bigiz bilan teshib olinadi.
7.Tayyor bo„lgan qo„l va oyoqlarni tana qismi ustiga qo„yib bolt yordamida birbiriga mahkamlanadi.
8. Ayiqchani harakatlantirish uchun unga ip bog„lash kerak. Teshiklar o„rni qalam
bilan belgilanib, qo„yilgan belgilar ustidan bigiz bilan teshib olinadi.
9.Teshiklarning oldi tomonidan orqa tomoniga qaratib ip o„tkaziladi. Ip
o„yinchoqning markazidan bir-biriga bog„lanadi. Ipning uch qismiga tugma yoki
boshqa qattiq predmet mahkamlanadi.
10.Ipni birgalikda pastga qaratib torganda oyoq va qo„llar harakatlanishi kerak.
11.Ayiqcha o„yinchog„iga qo„shimcha bezak berish uchun uning og„iz va
ko„zlarini rangli qog„ozdan qirqiladi va yelimlanadi. Panjasi qismi chizib qo„yiladi.
Ayiqcha o„yinchog„i tayyor bo„ldi.

Yüklə 147,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin