Paralon – Suhniy yo’l bilan olinadigan material bo’lib, g’ovvak tuzilishga ega, usti
yumshoq, juda yengil, yaxshi bo’yaladi, suv tahsir etmaydi. Paralonni gazlamaga, qog’ozga va
ko’pgina materillarga yopishtirish mumkin.
Penoplast - Anchagina pishiq, juda yengil, oq rangdagi material.
Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda boshqalarda
foydalaniladi.
Linoleum – Qurilishda keng qo’llaniladi. Bu turli smolalar, alifmoy, maydalangan
po’kak, turli bo’yovchilar va boshqa materiallar aralashmasidanolingan suhniy materialdir.
Linoleumning qalinligi 2,5 mmdan 5 mmgacha bo’ladi.
Teksolit – ko’p qavatli gazlamadan katta bosimda presslanib tayyorlanadigan suhniy
plastmassa juda pishiq xususiyatga ega. Undan shesteryonka, roliklar, podshipniklar uchun
vkladishlar tayyorlanadi.
Ebonit – maxsus usulda ishlov berilgan rezina, Ebonitdan har xil turdagi elektr
asboblari tayyorlanadi, u sinuvchan, shunung uchun ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni
talab qiladi.
Yog’och –
eng ko’p tarqalgan materil bo’lib, o’quvchilar mashg’ulotlarda ko’p
tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari kerak.
ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo’ylab randalanadi.
Qoraqarag’ay– yaxshi ishlanadi, uning yog’ochi oq rang ba’zan sarg’ish bo’ladi.
Qoraqarag’ay tuzilishiga ko’ra qarag’aydan yumshoq va yengil. Biroq qoraqarag’ayda
butoqlar ko’p quriganda yorilib ketadi.
Qayin – Qarag’ayga nisbatan pishiqroq va og’irroq, biroq oson arralanadi va
randalanadi, qayin yoqimli qizg’ish tovlanuvchan oq-sariq rangda bo’ladi.