Rangli metallga – mis, alyumin, qo’rg’oshin, jez, qalay va boshqa metallar va
ularning qotishmalari kiradi.
Metall bilan ishlanadigan asboblar: Taxta qilingan metallni qirqishda maxsus tunuka
qaychilari kerak bo’ladi. Simni o’tkir ombir bilan folg’gani qaychi bilan qirqiladi.
Metallarni mustahkamlovchi va boshqa ishlarda bolg’a, egov kabi asboblar qo’llaniladi.
Metallga ishlov berishda xavfsizligi texnikasiqoidalariga rioya qilish zarur Sim bilan
ishlash. Turli xil narsalarni yasashda xilma-xil simlardan foydalanish mumkin. Sim to’qish
va o’rib olish uchun yaroqlidir. Qattiq po’lat yoki alyumin simdan texnik modellashda bir
qator detallarni yasashda foydalaniladi. Bu simdan arava, avtomobilg’ o’qlari, suv parragi,
o’yinchoqlar va shu kabilarni tayyorlashda foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan simlar
diametri 0,005 dan 17mm gacha bo’ladi. U asosan dumoloq kesimli bo’ladi, Biroq
kvadrat, olti qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shaklidagi simlar ham bo’ladi. Simlar turli
maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar, mixlar, eektrodlar, ingichka parma,
musiqa asboblari uchun torlar yasash va shu kabilardan foydalaniladi.
Plastmassalar. Plastmassalar suhniy olinadigan modda bo’lib, sanoatimiz
plastmassadan turli predmetlarni va kapron, neylon, organik oyna, paralon, polietilen va
shu kabi xilma-xil to’qimalarni ishlab chiqaradi.
Plastmassalar juda yengil va shu bilan birga bukiluvchan va elastikdir. Ayrim
plastmassalar o’ta mustahkam bo’lib issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi, kislotalarga
bordoshlidir. Plastmassaga ishlov berishda deyarli chiqindi bo’lmaydi. Mehnat tahlimi
amaliy mashhulotlarida topilishi oson bo’lgan plastmassalardan va ishlab chiqarish
chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: organik shisha, paralon, penoplast, linoleum, ebonit,
kapron, tekstolitdir
Organik shisha- Organik shisha oddiy shisha singari shaffof, ammo sinmaydigan
suhniy plastmassadir. Organik shishani aralash, egish va yelimlash mumkin. U turli ranglarga
bo’yaladi.