Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja


Eman – yog’ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og’ir, chiroyli jigar rangga ega. Tog`terak



Yüklə 147,4 Kb.
səhifə17/36
tarix13.05.2023
ölçüsü147,4 Kb.
#113225
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Mavzu Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mozaika
Eman – yog’ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og’ir, chiroyli jigar rangga ega.
Tog`terak – asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Yog’ochi yumshoq
anchagina yengil.
Jo’ka – yog’ochi yumshoq, aralash oson, pichoq bilan oson ishlanadi, darz
ketmaydi. Jo’kani yorish qiyin. Qarag’ay va qoraqarag’aydan yengil sarg’ish oq rangda.
Fanera – Yog’ochdan shponlar qilinadi, fanerani mana shu shponlar -yog’ochning
payraha qilingan yupqa qatlamlari yelimlab yasaladi.
Mozaika - buning uchun yupqa yog’och plastinkalardan tasvir yig’iladi va keyin ularni
asosga yelimlab, ustidan lak yoki politra beriladi.
Loy - Loy narsalar yasashdagi asosiy material hisoblanadi, chunki u istalgan joyda
topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan loyda boshqa narsalar tosh, qum va
shu kabilar bo’lmasligi kerak. Chunki ish qo’lda bajariladi. SHuning uchun ish
boshlashdan oldin loyni tekshirib ko’rish kerak.
Loy shirali va shirasiz bo’ladi. Shirasiz loyning tarkibida ko’p qum bo’lib, unda
yopishqoqlik xususiyati yomon bo’ladi. Loyni aralashmalardan tozalab, ustiga suv qo’yib,
5-6 soat saqlanadi. So’ngra suvi to’kib, qo’lga yopishmaydigan quyuqroq xamir holatiga
kelguncha yaxshilab ishlanadi.
Plastilin – narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U sunhiy plastik massa bo’lib,
loydan hech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi.

Plastilinning har xil –
usullari bor.

oddiy va murakkab turlari bo’lib uni tayyorlashni bir nechta

Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil bo’lguncha
aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanadigan massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha
qo’shiladi.
Ikkinchi variant – quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qo’shib,
qo’lga yopishmadigan quyuq massa hosil bo’lgancha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli
rangdagi quruq bo’yoq massasini qo’shib va puxta aralashtirib bo’yash mumkin.
Uchunchi variant - 1 qism to’prog’iga 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qo’lga
yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo’shib aralashtiriladi.
Mum – Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan ham foydalaniladi.
Mum tabiiy va suhniy turlari mavjud. Mum ancha qimmat turadi va undan mayda narsalar
yasaladi. Mum bilan ishlash qo’lay, u qo’rimaydi, suv bilan namlashni talab qilmaydi, darz
ketmaydi va undan yasalgan narsalar uzoq saqlanadi.
SAVOLLAR.
1. Mehnat darslarida metallning ahamimyati qanday.
2. Neogrnik moddalar qaerdan olinadi.
3. Yog’ochning turlari qanday.

Yüklə 147,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin