Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik — xalqaro ekologik ob’yektlardan universal, regional va ikki davlat o‘rtasida belgilangan xalqaro-huquqiy me’yorlardan oshirib foydalanish yoki ularni buzish orqali atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash orqali kelib chiqadigan va xalqaro huquq sub’yektlariga qo‘llaniladigan noqulay moddiy va siyosiy sharoitlarning majburiy kechinmasi yoki ularning yuridik jazoga tortilishi.
Yuridik javobgarlikning noqulay moddiy kechinmasi yoki moddiy javobgarligi deganda biz ekologik ziyon ko‘rgan davlatlarga yoki davlatlar yuridiksiyasida bo‘lmagan ekologik ob’yektlarga (xalqaro ekologik tashkilotlar orqali) yetkazilgan zararni moliyaviy (reparatsiya), natural holda (restutitsiya) yoki almashtirish (substitutsiya) orqali qoplashni tushunamiz.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikning moddiy qoplanishining «restoratsiya» usulini, ya’ni muayyan tabiiy ob’yektni yoki moddiy ob’yektni huquqbuzar sub’yekt tomonidan to‘liq tiklab berish sanksiyasini qo‘llash ham mumkin. Masalan, tuproq unumdorligini tiklash, suvni tozalab berish yoki eroziya oqibatida buzilgan binoni xalqaro huquq sub’yekti tomonidan tiklab berilishi.
Milliy ekologik javobgarlikdan xalqaro ekologik javobgarlikning asosiy farqi ularda qo‘llaniladigan sanksiyalardadir. Xalqaro huquq sub’yektlarini ozodlikdan mahrum qilish, kam ish haqi to‘lanadigan vazifaga tushirib qo‘yish, mol-mulkini musodara qilish, ma’muriy jazoga tortish imkoniyati bo‘lmaganligi uchun ham jazo sanksiyalarining o‘zgacha turlarini qo‘llashni taqozo qiladi.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikda aybdorlarga nisbatan noqulay siyosiy kechinmalarni qo‘llash sanksiyasi ham mavjud. Jazo turi xalqaro tashkilotlar yoki ularning sudlov organlarining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Aybdor deb topilgan xalqaro sub’yekt xalqaro tashkilotlar safidan chiqariladi yoki ularga nisbatan turli ko‘rinishdagi yoki shakldagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, harbiy, ekologik «boykot» e’lon qilinadi. Bunga yaqqol misol qilib BMТning Iroq Respublikasiga nisbatan bir necha yil mobaynida qo‘llanilgan iqtisodiy «boykot»ini olsak bo‘ladi. 2000-yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga qarashli «Volga-Don» mazut tashuvchi daryo kemasi Bosfor bo‘g‘ozida Iroq xom ashyosini olib ketayotganda ushlandi va yoqilg‘i konfiskatsiya qilindi hamda kema qarashli kompaniyaga katta jarima solindi. Iroq Respublikasi urushni targ‘ib qilish va yadro qurolini yaratish orqali tabiatga va inson hayotiga tajovuz qilayotgan harakatlari uchun u xalqaro Gaaga sudi qarori bilan siyosiy sanksiyaga tortildi. Ammo yurisprudensiyada qo‘llaniladigan asosiy prinsiplardan biri «Huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrarligi» xalqaro-ekologik javobgarlikda hanuzgacha to‘lig‘icha qo‘llanilmayapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Eng nufuzli xalqaro sudlov organi —