Iyul inqirozi. 5-iyul Germaniya imperiyasi Serbiya bilan urush boʻlsa Avstriya-Vengriyani qoʻllab-quvvatlashishi haqida rasmiy xabar berdi. Saraevodagi qotillikni ular Yevropada urush boshlanishi uchun bahona qilib ishlatishdilar.
23-iyul Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talabalar qoʻyilgan ultimatum yubordi. Bu ultimatumda oʻnta talabalar bor edi va ultimatumni bajarish uchun 48 soat berildi. Serbiya hukumati ultimatuming faqat birgina talabiga, yaʼni suiqasd yuzasidan oʻtkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermadi. Bundan keying Avstriya Serbiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
25-iyul kuni Serbiya safarbarlikni eʼlon qildi, bu Avstriya-Vengriya yuborilgan ultimtumga javob boʻldi.
26-iyul kuni Avstriya-Vengriya ham safarbarlikni boshladi, Rossiya va Serbiya chegaralarida qoʻshinlar yuborildi.
28-iyul Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush eʼlon qildi va Serbiya chegaralarini bosin oʻtdi. Belgrad shahrida Avstriya-Vengriya ogʻir artilleriya bilan otishni boshladi. Rossiya Serbiyani bosib olishlariga yoʻl qoʻlmaydigani haqida eʼlon qildi.
29-iyul Nikolay II Vilgelm IIga telegram yubordi, u yerda „Avstriya-Serbiya mojarosini Gaaga konferensiyasi hal qilishsin“ degan taklif yuborildi. Vilgelm II bu telegramaga javob bermadi.
29-iyul Germaniya armiyasida taʼtil bekor qilindi.
30-iyul kuni Fransiyada qisman safarbarlik boshlandi.
31-iyul kuni Rossiya imperiyasida hamma armiya qoʻshinlari safarbarligi boshlandi.
Shu kuni yoq Germaniyada „urush ahvoli“ haqida eʼlon qilindi. Germaniya Rossiyaga ultimatum yobordi: armiyaga chaqirishni toʻxtatish, yoki Germaniya Rossiyaga urush eʼlon qiladi. Fransiya, Avstriya-Vengriya va Germaniya umumiy safarbarlikni eʼlon qildilar. Germaniya oʻz qoʻshinini Fransiya va Belgiya chegaralariga yuboradi.
Ertalab 1-avgust kuni Angliya bosh vaziri Edward Grey Germaniya bilan Rossiya oʻrtasida urush boʻlsa, Angliya aralashmasligi haqida Germaniya elchisiga soʻz berdi, faqatgina Fransiyaga urush eʼlon qilinmasa [11]. Bundan uch kun oldin 28-iyul kuni Germaniya kayzeri Angliyaga fransuz hududlarini bosib olmaydiganini aytgan edi, faqatgina u urushga aralashmasa. Grey 30-iyul kuni bu „sharmandalik taklifni“ Jamoalar palatasida" rad qildi[12].
1-avgust kuni Germaniya Rossiyaga urush eʼlon qildi, shu kuni yoq nemis armiyasi Lyuksemburgga kirib boradi.
2-avgust kuni Germaniya Lyuksemburgni toʻliq bosib oldi. Belgiyaga nemis qoʻshinlarini Fransiya chegarasiga qoʻyib yuborishi haqida ultimatum qoʻyadi. Bu taklifga 12 soat berildi.
3-avgust kuni Germaniya Fransiyaga urush eʼlon qildi, uni „Germaniyaga uyushtirilgan hujum va havo bombardirovkasi“ va „Belgiya neytraliteti buzilganligi“da aybdor qildi.
3-avgust kuni Belgiya Germaniya ultimatumiga qarshi chiqdi.
4-avgust kuni Germaniya qoʻshinlari Belgiyaga kirib bordilar. Belgiya qirolli Albert davlatlardan yordam soʻradi, Belgiya neytralitetiga kafolat berganlardan. London Berlinga ultimatum yubordi: Belgiyaga bostirib kirishni toʻxtatish haqida, boʻlmasam Angliya Germaniyaga urush eʼlon qiladi. Ultimatum taklifi oʻtib boʻlgandan soʻng Birlashgan Qirolli Germaniyaga urush eʼlon qiladi va Fransiyaga yordam tarifida qoʻshinlarini yubordi.
6-avgust kuni Avstriya-Vengriya Rossiyaga urush eʼlon qildi.
Urush 1914-yili ikki frontga bolindi. Asosiy urush voqealari Fransiya va Rossiya hududlarida, yana Balqon (Serbiyada), Kavkaz, Yaqin Sharqda boʻldi (1914-yildan boshlab), Evropa mamlakatlarining mustamlakalarida — Afrika, Xitoy va Okeaniyada ham boʻldi. 1914-yili hamma urushda qatnashgan mamlakatlar urushni nechadir oy ichida hujum orqali tugatmoqchi edi, ammo ular urush bunchalikga soʻzilib ketishini bilmagan edi.3
Urush boshlanishiga oyid dushmanlarning strategik rejalari.Germaniya urush boshlanishida yaxshigina tayyorgarlik koʻrgan edi, u Shliffen rejasi bilan Fransiyani darhol bosib olishi kerak edi, oldidan Rossiya safarbarlik qilmasidan va oʻz qoʻshinlari chegaraga yubormasidan oldin. Hujum Belgiya hududian rejalashtirilgan edi (bu bilan Fransiya kuchlaridan oʻtsa boʻlar edi), Parijni oldindan 39 kun ichida olish kerak edi. Qisqa qilib etganda bu reja Vilgelim II bilan aytilgan edi: „Bizning tushligimiz Parijda bʻoladi, nonushtaniz esa — Sankt-Peterburgda“. 1906-yili bu reja oʻzgartirilgan edi (Germaniya bosh shtab generali kenja Moltke rahbarligida) va bu rejada unchalik koʻp oʻzgarishliklar boʻlmadi — Asosiy qoʻshinlarni bar bir ham Sharq frontida qoldirish kerak edi, Belgiya orqali hujum qilish, ammo urushga aralashmaydigan Niderlandiyaga tegmash kerak edi.
Fransiya esa oʻz harbiy doktrinasini (17-Reja deb nom olgan) Elzas-Lotaringiya ozod qilinishidan boshlanishi kerak edi. Fransuzlar Germaniya asosiy kuchlari Elzasga qarshi boʻladi deb kutgan edilar.
Germaniya harbiy kuchlar Belgiya bostirib kirishi.4-avgust kuni Shliffen rejasiga koʻra Germaniya qoʻshini Belgiya chegarasidan oʻtdi va uning ichkarisiga qarab yoʻl oldi. Belgiya armiyasi nemis armiyasidan oʻn baravar kamroq edi va ular toʻsatdan nemis armiyasiga qarshi chiqdilar, ammo hujumchilarni toʻxtatib qololmadi. Germaniya armiyasi Belgiya qalʼalaridan oʻtdi va ularni toʻsib oldi: Lej (16-avgust kuni boy berildi, Lej hujumi), Namur qalʼasi (25-avgust kuni boy berildi, Namur qamali) va Antverpen qalʼasi (9-oktabr kuni boy berildi), — Germaniya armiyasi Belgiya armiyasini haydab yurdilar va 20-avgustda Bryusselni bosib oldilar, shu kuni yoq ular ingliz-fransuz kuchlariga toʻqnashdilar. Belgiya hukumati Fransiyaning shimolda joylashgan Havr shahriga qochdilar. Belgiya qiroli I Albert (Belgiya qiroli) hujum qila oladigan harbiylar bilan Antverpen qalʻasini himoya qildi (Antverpen qamalini koʻring).
Germaniya Belgiyaga urush eʼlon qilmay bosib bordi, buni Germaniya bosh shtab rahbari kichik Moltke zarurati kerak emasligini aytdi: „Urush eʼlon qilish keragi yoʻqdir, sababi hukumat rahbariyati boʻlayatgan voqealarni tushunadi[13]“
Fransiya qoʻmondonligiga Belgiyaga bostirib kirish kutilmaganlik boʻldi. Ammo fransuzlar oʻz qoʻshinlar yuborishni tashkil qiloldi, nemislar rejasidan koʻra tezroq buni qiloldilar.
Elzas va Lataringi voqealari.7-avgust kuni fransuz kuchlarining 1-chi va 2-chi armiyasi Elzasga hujum uyushtirdilar, 14-avgustda esa Lotaringiyaga. Bu hujum fransuzlar uchun juda muhum edi, sababi Elzas-Lotaringiya hududi Germaniya tomonidan Fransiya-Prussiya urushida magʻlubiyatdan soʻng 1871-yili torib olingan edi. Fransiya armiyasi Germaniya hududiga kirib bordi, ular Saarbryukken (Lotaringiya operatsiyasini koʻring) va Myulhauzen (Myulhauzen jangini koʻring). Bundan tashqari Belgiyada nemis armiyasi hujum qilyotganda, fransuz armiyasining bir qismi u yerga tomon borishga majbur boʻldilar.
Davom etilgan javob zarbalaridan keying, fransuzlar avgustning oxirida chekinishga majbur boldilar, ular Germaniyada bosib olgan va ozgina Fransiya hudularini qoldirdilar.
Chegara jangi.20-avgust kuni ingliz-fransuz va nemis qoʻshinlari Fransiya-Belgiya chegaraliga yaqinlashdilar. Chegarada jang boshlandi. Fransiya qoʻmondonligi urush boshlanishida Germaniya qoʻshinlari Belgiyaga bostirib kirishishini kutmagan edi, shu sababdan asosiy Fransiya qoʻshin kuchlari Elzas bilan chegarada toʻplangan edi. Germaniya armiyasi Belgiyada tajovuzligidan soʻng, fransuzlar qoʻshinlarni nemislar tarafiga oʻpirilish uchun yuborishni boshladilar, lekin nemislar qoʻshiniga yaqinlashgan vaqtda, ittifoqdoshlar qoʻshinlari tartibsizlik hoʻlatida boʻlgan edi. Fransuzlar va britanlar uchta alohida qarama qatnashsiz qoʻshin guruhlari bilan urushni boshlashga majbur boʻldilar. Belgiya hududida, Monsda, Britaniya ekspedtsion korpusi joylashgan edi, undan sharqiy-janub tarafda, Sharleruada 5-chi fransuz armiyasi bor edi. Ardennalarda Fransiya, Belgiya va Lyuksemburg chegarasi atrofida 3-chi va 4-chi fransuz armiyalari bor edi. Hamma uch ingliz-fransuz guruh qoʻshinlari juda oʻgir magʻlubiyatga uchradilar. (Mons urushi, Sharlerua urushi, Ardenna operatsiyasi (1914)ni qarang). 250 ming atrofida odamlarni yoʻqotgandan soʻng, nemislar shimoldan katta front bilan Fransiyaga bostirib kirishdilar, asosiy zarbani gʻarbda, Parijdan aylanib oʻtishda amalga oshirdilar, shu tariqa fransuz armiyasini qurshovga oldilar.
Germaniya armiyalari jadal olgʻa yurdilar. Angliya qoʻshinlari qirgʻoq tomonga chekindilar. Fransiya qoʻmondonligi Parijni nemislardan ushlab qolishni hisoblamadi va potaxtni berishga tayyorgarlik koʻrdi, hamma qoʻshinlarni esa Sena daryosidan uzoqlikga yubordilar. 2-sentabr kuni Fransiya hukumati Bordoga qochdilar. Shahar mudofaasini general Gallieni boshqardi. Avgust oyida fransuz armiyasi magʻlubiyatga uchragandan soʻng, qoʻmondonlik qilgan general Joffra tezlikda oʻzini yomon koʻrsatgan generallarni almashtirishishga kirishdi (hammasidan 30 %gacha); fransuz generalitetini yangilash va yoshartirish keyinchalik juda yaxshi baholandi.
Marn janggi.Germaniya armiyasini Parijni bosib olish va fransuz armiyasini qoʻrshovga ololmadi, sababi nemis armiyasining kuchi yetmadi va ular operatsiyani tugata olmadilar. Qoʻshinlar yuz kilometr janglarni bosib oʻtib juda ham charchadilar, aloqa yoʻllari choʻzilib ketdi, flanglarni va yangi paydo boʻlgan teshiklarni bekitish uchun hech narsa yoʻq edi, zaxiralar tugadi, u yoqqa, bu yoqqa fransuzlarni xaydash qiyinroq boʻldi, shu sababdan qoʻmondon bu taklifga kelishdi: fon Klyukning 1-chi qoʻshini yon tomon hiyla bajariyotganda, ular frontda hujumni qisartishlari va fransuz qoʻshinini Parijda aylanib oʻtish paytida chuqur oʻrab olmasliklari kerak edi, yaʼni Fransiya poytaxtining sharqida shimolroq tomoniga burilib va fransuz armiyasiga kuchli hujum qilishlari kerak edi. Parijning sharq shimolroq tomoniga burilayotganda, nemislar oʻzining qoʻshinini fransuzlar guruhiga orqa tomondan zarba qilish uchun yubordilar, fransuz armiyasi Parijni himoya qilayotgan edilar. Oʻng tomondagi qoʻshinni bekitish bilan orqa tomondan hech nima yoʻq edi. Ikkita korpus va ot diviziyalari boshidan guruh hujum qilishlari uchun moʻljalangan edi, ammo ular Sharqiy Prussiyaga Germaniya 8-chi qoʻshiniga yordam berishlari kerak edi, sababi ular magʻlubiyatga uchramoqda edi. Bundan tashqari Germaniya qoʻmondonligi borayotgan vaqtida oʻz hiylasiga muqarar edi: Parijga yetmasdan turib, raqibning harakatsizligiga ishonib qoʻshinlar sharq tomonga burildilar. Fransiya qoʻmondonligi kechiktirilmasdan Germaniya armiyasiga bekitilmagan qoʻshinlarga hujum uyushtirdilar. Shunday qilib Marnda birinchi jang boshlandi, ittifoqchilar oʻz foydasiga jangovar jarayonlarni amalga oshiroldilar, frontda Germaniya qoʻshinlarini Verdendan Amengacha 50-100 kilometrga magʻlub qiloldilar. Marndagi urush juda shiddatli boʻlgan edi, ammo uzoq davom etdi. Asosiy janglar 5-sentabr kuni boshlandi, 9-sentabr kuni esa Germaniya armiyasi magʻlubiyatga uchrashishi aniq bolgan edi, 12 —13 sentabr kunlari nemis armiyalari Ena va Vel daryosi chegaralariga chekinishi tugadi. Chekinish haqidagi buyruqni tushunishlik bilan kutib olindi. Natijasida, shu vaqtgacha birinchi marotaba urush harakatlari nemis armiyasida magʻlubiyatlikga uchrashganidan soʻng, ular umidsizlik va tushkunlik ahvolida edi. [14] Marndagi jang hamma taraflar uchun juda katta ruhiy ahamiyatni bildirar edi. Fransuzlar uchun nemislar ustidan birinchi gʻalaba boʻldi, ular Fransiya-Prussiya urushida magʻlubiyatga uchraganlaridan soʻng, bu ustunlikni bildirar edi. Marndagi urushdan soʻng Fransiyada taslimchilik kayfiyatlari pasaydi. Inglizlar oʻz armiyasi yetarli kuchlikga egamasligini tushundilar va keyinchalik oʻz yollanishlarini Evropada harbiy kuchlarini koʻpaytirishga kirishdilar va jangovar tayorgaligini kuchaytirdilar. Germaniyaning Fransiyani tez vaqtda tor mor qilish rejalari barbod boʻldi; boshchilik qilgan bosh shtab generali Moltke Falkenxayn bilan almashtirildi. General Joffra esa Fransiyada katta obroʻga ega boʻldi. Marndagi jang Fransiyadagi boʻlib oʻtgan voqealar orasida eng tengsiz voqealardan biri boʻldi, bindan keying ingliz-fransuz qoʻshinlari chekishni boshladilar, front stabillashdi, raqiblarning kuchlari esa tenglashdi.
„Dengizga qochish“. Flandriyadagi jang.Marndagi jang „Dengizga qochish“ jarayoniga oʻtdi. Yoʻllanib ikkala armiya bir birini yon boshidan oʻrab olishishiga harakat qilgan edi, buni deb front chizigʻida tutashishligiga olib keldi, Shimoliy dengizga tarqalib. Bu armiyaning harakatlari yalpoq, aholi zich, yoʻllar toʻyingan va temir yoʻllari ochiq joyda joylashgan edi, shuning uchun ular odatdan tashqari safarbarlik bilan farqlanar edi; toʻqnashuvlar front stabillashi bilan tugaganda, ikkala tomon oʻz qoʻshinlarini shimol tomonga, dengiz tarafga tez koʻchirishar edilar va janglar qaytadan keyingi bosqichda davom boʻlar edi. Birinchi bosqichda (sentabr oyining ikkinchi yarimida) janglar Uaza va Somma daryo boʻylarida boʻlib oʻtdi, keying, ikkinchi bosqichda esa (29-sentabr — 9-oktabr), janglar Skarp daryosining yaqinida boʻldi (Arras jangi (1914) koʻring); uchinchi bosqichda urush Lillda boʻldi (10 — 15 oktabr), Izer daryosida (18 — 20 oktabr), Iprada (30-oktabr — 15-noyabr). 9-oktabr kuni Belgiya armiyasining qarshinligining oxirgi marta magʻlub boʻldilar — Antverpen, majaqlangan Belgiya qoʻshinlari ingliz-fransuz qoʻshinlariga qoʻshildilar, chetdagi shimoliy vaziyatni frontda egalab. 15-noyabrga kelib Parij va Shimoliy dengiz boʻshligida ikkala tomon tarafidan qoʻshinlar toʻlib ketdi, front stabillashdi, nemislarning kirib keluvchi imkoniyatlari tugamoqda edi va ikkala tomonlar vaziyatli jangga oʻtdilar. Antantaning ahamiyatli yutugʻini portlarni ushlab olganini etsa boʻladi, Angliya bilan qulay dengiz xabarlari uchun (avvalo Kale bilan)
Tomonlarning 1914-yilgi vaziyatlari.1914-yilning oxiriga kelib Germaniya Belgiyani deyarli toʻliq bosib oldi. Front Ostende qirgʻogʻida boshlangan edi va toʻgri Iprning janub tomoniga yoʻllangan edi. Shunday qilib Antantada faqatgina Flandriyaning Ipr shahri bilan bir qismi qoldi, Lill nemislarga berildi. Keyin front Arrasdan Nuayongacha yoʻllangan edi (nemislar foydasiga), Langa sharq tomoniga qayirildi (fransuzlar foydasiga), keyin Suassonning shimol tarafiga (fransuzlar uchun). Bu yerda front Parijga yondashgan edi (taxminan 70 km) va bu yerdan Reyms orqali (fransuzlar foydasiga) Sharq tomonga yoʻllangan edilar va Verden mustahkamlangan tumanidan oʻtar edi. Fransuzlar yoʻqotgan hududlar duk shaklida 380 —400 km front uzunligida edi, chuqurligi eng keng joyda edi, 100 —130 km urushdan oldingi Fransiya chegaralari Parij tomonida. Bundan keying, Nansi tumanida, 1914-yilda boʻlgan mintaqada faol jang harakatlari tugagan edi, front keyinchalik Fransiya va Germaniya chegaralarida yoʻllangan edi. Neytral Shveysariya va Italiya (hozircha) urushda qatnashmagan.
Fransiyada 1914-yili boʻlgan urush harakatlarining yakuni.Bu harakatlar oʻzining joʻshqinligi bilan farq qilar edi. Yirik armiyalar ikkala tomondan faol va tez ustalik bilan harakat qilar edilar, bunga toʻyingan yollar tumanlarda tasir qildi. Qoʻshinlarning joylanishi yalpi frontni har doim ham hosil qilmas edi, qoʻshinlar uzoq vaqtli mudofaa chiziqlarini barpo qilmas edilar. 1914-yilning noyabriga kelib stabill chiziq fronti buklanishni boshladi. Ikkala tomonham oʻzining hujumkorlik vaziyatini yoʻqotdilar, xadaqlar va sim toʻsiqlar qurishishiga kirishdilar, ular har doim ishlatilishishiga kerak edi. Urush vaziyat fazosiga kirdi. Sababi Gʻarbiy frontning uzunligi (Shimoliy dengizdan Shveysariyagacha) 700 kmni tashkil etdi, qoʻshinlar zichligi esa Gʻarbiy frontdan koʻra u yerdan anchagina koʻp edi. Bu kampaniyaing xususiyati shiddatli harbiy harakatlar faqatgina frontning shimoliy yarimida boʻlgani edi (Verden mustahkamlangan tumanidan shimolroq), ikkala taraflar asosiy kuchlarini bir joyga toʻpladilar. Verden fronti va undan janubroq ikkala tarafdan ikkinchi darajali boʻlib hisoblanar edi. Fransuzlar yoʻqotgan hududlar (Pikardiya markazi boʻlib hisoblangan) juda zich va seraholi boʻlgan, bamisoli qishloq uy jaliliga va industial qarashiga nisbatan. 11-noyabr kuni Langenmark jangida nemislar hujum qilishdi, bu hujum oʻzi bilan jamoatchilikni hayron qoldirib, bemaʼnligini va odam umrini mensimaslik koʻrsatgan edi, ingliz pulyemotlari qisimlari tajribasiz yosh odamlardan olingan edi — studentlar va ishchilar. Shundan keying bosh qomondonlar shunga oʻxshash tartiblarni qaytarishni boshladilar, askarlar esa shu urushda „pushka goʻshti“ kabi koʻrinishga olindi.
1915-yilga kelib urushayotgan davlatlar urushdan oldin uyushtirilgan rejalari boy berganini anladilar, — urush juda uzoq choʻzilib ketdi. Germaniya Belgiyani deyarli toʻliq bosib olib va Fransiyaning ayrim qismini bosib olsa ham, — uning asosiy maqsadi — fransuzlarni jadal gʻolib qilish rejasi bajarib boʻlmasligi aniq boʻldi. Antantaga ham, Markaziy davlatlarga ham odamzod koʻrmagan urushni boshlashi kerak boʻldi — holsizlantiradigan, uzoq boʻladigan va odamlarni va iqtisodiyatni total safarbaligini majburiyatiga olib keldi. Urushdan oldingi yigʻilgan oʻq-dorilar faqatgina 1914-yilning oxirigacha yetdi va ularning ishlab chiqarishini tezda qoʻyish zarur boʻldi. 1914-yildagi ogʻir artilletiyalarning, Germaniyadan tashqari ahamiyatligini koʻrasatdi, urushdan oldin ularga baho berilamagan edi. Urush pozitsiyaga oʻtish munosabati bilan injener-sapyor askarlarning ahamiyati kuchaydi. Shundan tashqari urush qoʻrgʻonlarning nozikligini koʻrsatdi, ular dala askarlarigina boʻlsa mudofaa boʻlishi aniq boʻldi.[15]
Germaniyaning urushda muvaffaqiyatsizligi yana bir sabab boʻlgan edi — Italiya, Uchlik ittifoqining uchinchi aʼzosi, Germaniya va Avstro-Mojariston tomonida urushishdan bosh tortdi.
Sharqiy front."Rus bugʻli yaxmalagi" oʻz ostidan german armiyasini koʻtarmoqda — shunday qilib 1914-yilda fransuzlar koʻrganlar. Shu vaqtning pochta markasi
Sharqiy frontda urush 2(15)-avgustda boshlangan, nemis qoʻshinlari Kalishni bosib olgandan soʻng.
3 (16)-avgustda Chenstoxova bosib olindi.
Sharqiy-Prussiya operatsiyasi. 4 (17)-avgust rus armiyasi Sharqiy Prussiyaga hujum qilib chegaradan oʻtdi. 1-chi armiya Königsberg tomon sharqdan Mazur koʻllariga harakatni boshladi, 2-chi armiya — ulardan gʻarbdan. Birinchi haftada rus armiyalarining harakatlari omadli boʻlgan edi, 7 (20)-avgustda boʻlib oʻtgan Gumbinnen-Goldap jangi rus armiyasi foydasiga tugadi. Ammo rus armiyalari frontda qoʻmondonlarning boʻlib oʻtgan xatolari sabab gʻalaba samaralaridan foydalana olmadilar, ular vaziyatni xato baholashgan. 1-chi rus armiyasi hujum qilishni toʻxtatdilar, bu haqida radioefirda ochiq eʼlon qilingan edi, va nemislar oʻz kuchini 2-chi rus armiyasiga jala etdilar. 13—17 (26-30)-avgust 2-chi armiya Aleksandr Samsonov Vasilyevich general Samsonov juda achinarli magʻlubiyatga uchradi, olti korpusdan ikkitasi aylanib olindi va asirlikka olindi. Nemis anʼansida bu voqealarni Tannenberg jangi deb nomlanadi. Shundan keying 1-chi rus armiyasi nemis armiyasi tomonidan aylanib olish xavfi boʻlgani sababli, oʻzining boshlangʻich pozitsiyasiga janglar bilan qaytdi, va qaytish 3 (16)-sentabr yakunlandi. Frontning komadiri Jilinskiy oʻz lavozimidan olindi. 1-chi armiyani qoʻmondonlik qilgan general Rennenkampf harakatlari omadsiz deb hisoblandi, bu oʻz mobaynida birinchi epizod boʻlib, nemis faniliyasi bilan boʻlgan generallarga ishonchizlikni olib keldi. Nemis anʼanalarida ushbu voqealar urush mobaynida ulugʻ gʻalaba boʻlib hisoblanib, shu yerda katta Tannenberg memoriali qurildi, keyinchalik shu yerda feldmarshal Gendenburg koʻmildi.
Galitsiyda jangi. 5 (18)-avgustda boshlangan boʻlib, rus armiyalarining harakatlangan kuchlari (5ta armiya) va ersgersog Fridrix qoʻmondonligida toʻrtda avstro-mojar armiyalari oʻrtasidagi miqyosi boʻyicha eng yirik harakatlangan kuchlar boʻlib hisoblanadi. Lvov markaziga hujumga ega boʻlib, rus armiyalari katta frontga (450 — 500 km) hujumga oʻtishdilar. Katta armiyalarning uzun boʻlgan frontda jang harakatlari koʻp mustaqil boʻlgan operatsiyalarga boʻlinib ketdi, ular hujum qilish kabi boʻlsa ham, chekinishlar ham ikki tomondan boʻldi.
Avstriyaning yug tomondagi chegarasida harakatlar rus armiyalari uchun nomuvofiq boʻlib keldi (Lyublin-Holmsk operatsiyasi). 19—20 avgustga (1-2 sentabrga) kelib rus qoʻshinlari Polsha podshohligiga chekinishdilar, Lyublin va Helmga. Ruslarning hujumi 6 (19)-avgustda boshlandi va tezda oʻpirildi. Birinchi chekinishdan soʻng avstro-mojar armiylari Zolotaya Lipa va Gnilaya Lipa daryolari yonglarida keskin toʻsqinliklar koʻrsatdi. Ruslar 21-avgustda (3-sentabrda) Lvovni bosib olishdi, 22-avgustda (4-sentabrda) esa [[Galich (Ivano-Frankovsk viloyati|Galichni). 31-avgustgacha (12-sentabrgacha) avstro-mojar armiyalari Lvovni qaytarib olish hujumlarini toʻxtatmadilar, hujumlar gʻarb va janubiy-shardan 30—50 km boʻlgan masofada boʻlib oʻtdi (Gorodok — Rava-Ruska), ammo ular rus armiyasining toliq gʻalabasi bilan yakunlandi. 11 (29)-sentabrdan Avstriya armiyasining umumiy chekinishi boshlandi (koʻproq qochishga oʻxshar edi, sababi ruslardan chekinishi arzimas edi). Rus armiyasi yuqori hujum surʻatini saqlab, qisqa vaqtda juda katta va ahamiyatli boʻlgan Sharqiy Galitsiya va Bukovinaning ayrim qismnini bosib oldi. 13 (26)-sentabrga kelib front gʻarbiy Lvovda, 120—150 boʻlgan masofada mustahkamlandi. Kuchli Avstriyaning Pshemisl qoʻrgʻoni rus armiyasining qamaliga tushdi (Pshemisl qamalini qarang).
Ushbu gʻalaba Rossiyada shod-xurramlikni olib keldi. Galitsiyani bosib loish Rossiyada istilo kabi emas, Rusning tarixiy yerlarini qaytarish kabi qabul qilindi (Galitsiya general-gubernatorligini qarang). Avstro-Mojariston oʻz armiyasining kuchligi ishonchi yoʻqotdi va keyinchalik Germaniyasiz katta operatsiyalarga tushishni tavvakal qilmadi.
Varshava boʻrtigʻida harbiy harakatlar. Urushdan oldingi Rossiyaning Germaniya va Avstro-Mojariston bilan chegaralari qiyin tuzulgan edi, chegaraning oʻrtasi (Varshava boʻrtigʻi) keskin gʻarbga berilgan edi. Ayon ikkala tomon ham urushda frontni tekislashga kirishdilar —— ruslar Sharqiy Prussiyaning shimolida, janubda esa Galitsiyani „gʻijimni“ toʻgʻirlashishga kirishib, hujum qilishga harakat qilishdilar, bu vaqtda Germaniya esa Varshavaning markaziga hujum qilishni boshlab, „boʻrtigʻni“ tekislasjga kirishdi. Lekin nemislar Varshava boʻrtigʻiga shimoldan hujum qilishni xatarli deb hisoblashdilar va oʻz kuchlarini janubga, Galitsiya tomonga yoʻnaltirdilar.
15 (28)-sentabrda nemislar hujumi bilan Varshava-Ivangorod operatsiyasi boshlandi. Hujum shimoliy-sharqdan olib borildi, oʻz maqsadida Varshava va Ivangorod qoʻrgʻonini bosib olish boʻlgan edi. 30-sentabrda (12-oktabrda) nemislar Varshavagacha yetib olishdilar va Visla daryosining chegarasini kesib oʻtishdilar. Shidatli boʻlgan hujumlar boshlandi, koʻproq omadlik rus armiysaning tomonida boʻldi. 7 (20)-oktabrda rus qoʻshinlari Visla daryosini kechib oʻtishni boshladilar, 14 (27)-oktabrda esa Germaniya armiyasi umumiy chekinishni boshladi. 28-oktabrga (26-noyabrga) kelib, Germaniya qoʻshinlari, natijalar olib kelmagandan soʻng, oʻzining dastlabki oʻrniga qaytdi.
29-oktabrdan (11-noyabrdan) nemislar urushdan oldingi dastlabki oʻrnidan qaytadan shimoliy-gʻarb tomon hujumni boshladilar (Lodz operatsiyasi).4
Dostları ilə paylaş: |