Sharqiy frontdagi holat. 1914 yil ikkita yirik jang – Sharqiy Prussiya operatsiyasi va Galitsiya jangi bo‘lib o‘tdi. Bu janglar paytida rus armiyasi Avstriya-Vengriya qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi. Bundan xavotirga tushgan Germaniya 1915 yilning boshida G‘arbdagi asosiy kuchlarini Sharqiy frontga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. 1915 yil 2 may kuni Germaniya armiyasi Sharqiy frontda hujumga o‘tib, ruslarning himoya chizig‘ini yorib o‘tdi. 1915 yilning iyul oyida nemis qo‘shinlari Latviya va Polshaga hujum boshladi. Avgust oyida Varshava zabt etildi. Shundan so‘ng Sharqiy frontda pozitsion janglar boshlandi.
Kimyoviy qurol.1915 yilning boshida G‘arbiy frontda ham faol hujum harakatlari boshlandi. Janglar, asosan, Ipr daryosi yaqinida bo‘lib o‘tdi. Bu yerga nemislar ehtiyotkorlik bilan ko‘plab gaz to‘ldirilgan ballonlarni olib kelib, front bo‘ylab 6 kilometr masofaga joylashtirib chiqdi. Ballonlarda nafasni bo‘g‘uvchi gaz – xlor bo‘lgan. Nemislar qulay fursatni kutib, 22 aprel kuni ingliz va fransuz qo‘shinlari tomonga shamol esgan vaqtda o‘zlari himoya niqobini taqib, gaz ballonlarining jo‘mragini ochdi. Atrofga yashil-sariq rangli tuman tarqala boshladi. Gaz hujumi oqibatida dushman tomondan 15 ming askar zaharlanib, shulardan 5 ming nafari vafot etdi.2
1.2 Avstriya-Vengriyaning birinchi jahon urushiga kirishi XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropaning eng qudratli davlatlaridan biri, aholi soni boʻyicha ikkinchi yirik Yevropa davlati edi. Avstriya-Vengriya butun Bolqon yarim orolini qamrab olgan keng geosiyosiy manfaatlarga ega edi. Aynan Rossiya va Avstriya-Vengriya manfaatlari to'g'ridan-to'g'ri to'qnash kelgan Bolqon yarim orolida ta'sir doiralari uchun imperialistik kurash oxir-oqibat Birinchi jahon urushiga aylangan harbiy mojaroga olib keldi.
Urushning rasmiy sababi Saraevo voqealari sabab boʻlgan, bu yerda 1914-yili 28-iyun kuni oʻn toʻqqiz yoshli serbiyalik millatchi, student Gavrilo Princip tomonidan Avstriya-Vengriya imperiyasi taxti vorisi Franz Ferdinand va uning rafiqasi Sophie Chotek oʻldirilgan.
Birinchi jahon urushida qatnashgan mamlakatlar ikkita harbiy-siyosiy guruhga boʻlingan:
Toʻrtlar ittifoqi: Germaniya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi va Bolgariya Qirolligi.
Antanta: Rossiya imperiyasi, Fransuz Respublikasi, Britaniya imperiyasi.
Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi. Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar edi. Urushga 74 mln. ga yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. kishi oʻldirildi, 20 mln kishi esa yarador bʻoldi. Bundan tashqari, juda koʻp kishilar kasallik va ochlikdan oʻlib ketdi. Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirokchilari boʻlgan davlatlar oʻz milliy boyliklarining uchdan bir qismini yoʻqotdilar.
Birinchi jahon urushi tufayli Rossiya imperiyasida Fevral va Oktabr inqiloblari va Germaniya imperiyasida Noyabr inqilobi boʻlib oʻtdi. Rossiya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi va Germaniya imperiyasi urush tufayli yoʻq boʻldi.
Pastroqdagi jadvalda davlatlar urush eʼlon qilgan vaqtlari koʻrsatilgan. Sariq tusda diplomatik aloqalar uzilganini bildiradi, aslida urush eʼlon qilinganini emas.