Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari
1.Bob. Jamiyat ma’naviy barqarorligini ta’minlashda axboriy tahdidlardan himoyalashning nazariy asoslari
1.1.Yoshlarni axboriy tahdidlardan himoyalashning huquqiy-g‘oyaviy asoslari Bugun axborot har qanday jamiyat, millat taqdiri va kelajagini o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘lgan kuchli vositaga aylanib bormoqda. Turli mintaqalarda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarda tomonlar o‘zining haq ekanini isbotlash maqsadida turli vosita va usullardan foydalangan holda axborot tarqatishga, jamoatchilik, xalqaro tashkilotlarni o‘z manfaatlari sari og‘dirishga urinmoqda. Shu bois, yurtimiz yoshlarini sog’ligi va ma’naviy olamini buzishga qaratilgan turli ko’rinishdagi zararli axborotlardan himoyalashning milliy va xuquqiy mezonlarni ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Aytish lozimki, bu sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar diqqatga sazovordir. Jumladan, 2017 yil sentyabr oyida qabul qilingan “Bolalarni ularni sog‘ligiga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Konunda bolalarga zarar etkazuvchi axborot turlari keng va atroflicha tahlil etilgan. Bolalarni uz xayoti va salomatligiga xavf soladigan xatti-xarakatlarni sodir etishga undaydigan, ularda narkotik vositalar, alkogolli va tamaki maxsulotlarini iste’mol kilish, kimor uyinlarida ishtirok etish istagini paydo kiladigan axborot tarkatilishi tulik man etilgan. Oilaviy kadriyatlarni inkor etadigan, turli nokonuniy xatti-xarakatlar, shafkatsizlik, jismoniy va ruxiy zuravonlik, jamiyatga karshi boshka xatti-xarakatlarni oklaydigan axborot tarkatilishi takiklangan.
Konunda bosma shakldagi, zararli axborotdan iborat maxsulotning bolalar kirishi mumkin bulgan joylarda fakat zich uralgan idishlarda tarkatilishi belgilangan. Bolalar sogligiga zarar etkazuvchi axborot maxsulotining bolalar uchun muljallangan ta’lim, tibbiyot, sanatoriy-kurort, jismoniy tarbiya va sport, madaniyat va soglomlashtirish muassasalarida tarkatilishiga yul kuyilmaydi5.
Konunda axborot maxsuloti ekspertizasini utkazish va bolalar orasida takiklangan axborot maxsulotlari reestrini yuritish shartlari, tartibi urnatilmokda. Ushbu Reestrni tuzish va uni yuritish Uzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Konunning dolzarbligi Uzbekiston axolisining 35 foizi yoki 11,2 million nafari 18 yoshga tulmagan shaxslardan iborat ekani bilan asoslanadi. Axborotni tarqatishdan oldin uni ishlab chiqaruvchi va (yoki) tarqatuvchi uni yoshga doir tasnifini aniqlashi kerak bo‘ladi. Buning uchun O‘Zbekiston matbuot va axborot agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Ushbu Qonunning 16-moddasida bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsulotlariga quyidagilar kirishi belgilangan:
-“bolalarni o‘z hayoti va (yoki) salomatligiga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etish, shu jumladan sog‘lig‘iga zarar etkazish, o‘z joniga qasd qilishga va shu harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan;
-bolalarda narkotik vositalar, psixotrop moddalar yoki ularning aql – iroda faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi boshqa moddalar, alkogolli va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki boshqa ko‘rinishdagi noijtimoiy harakatlar bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;
-insonlar yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va (yoki) shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoxud oqlaydigan yoki zo‘ravonlik xatti-harakatlarini sodir etishga undaydigan;
-oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, jinsiy buzuqlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onalar va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
-noqonuniy xatti-harakatni oqlaydigan va qonunbuzilishini sodir etishga undaydigan;
jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga undaydigan, haqoratli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;
-pornografiya xususiyatiga ega axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotlari;
-noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) natijasida jabrlangan bola, jumladan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘zining, ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto va videotasvirlari, tug‘ilgan kuni, ovozi yozilgan audiotasma, doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi, o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risida, bunday bola shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga yordam beradigan boshqa axborotlar”6.
Darhaqiqat, bolalari sog‘lom yurtgina qudratli bo‘ladi. Bu g‘oya bugun hayotimizni mazmuni aylanib, islohotlarda o‘z ifodasini topmoqda. YUrtni, elni qudratli ko‘rishni istasak, bolalarni bunday zararli ta’sir va tahdidlardan asray olishimiz kerak.
Aytish lozimki, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilinishi, bugun mamlakatimizda ushbu sohada yig‘ilib qolgan quyidagi masalalarni echishga qaratilgan: