Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə4/13
tarix28.04.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#104228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi.
- xorijiy va mahalliy adabiyotlardan kelib chiqqan holda axborot tahdidi tushunchasining mazmunini tahlil qilish;
-dunyo miqyosida axborot tahdidining g‘oyaviy-mafkuraviy ildizlarini yoritish;
- axborot-psixologik tahlil nuqtai-nazardan globallashuv sharotida axborot tahdidining namoyon bo‘lish shakllarini aniqlash;
- milliy g‘oya - axborot tahdidini bartaraf etuvchi muhim omil ekanligini ilmiy talqin qilish;
- yoshlarni axborot tahdidlaridan himoya qilishda ma’naviy tarbiyaning o‘rnini asoslash;
- O‘zbekistonning axborot tahdidini bartaraf etishga oid davlat siyosatining ilmiy-amaliy ahamiyatini aniqlashga doir ilmiy xulosa va aniq amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Malakaviy bitiruv ishida keltirilgan xulosalar axborot tahdidining maqsadlari, vositalari va shakllarini g‘oyaviy-mafkuraviyjihatlarini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilishzamonaviy g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar shakllanayotgan hozirgi sharoitda bu muammoni o‘ziga xos o‘rni borligini asoslash, uning ilmiy ahamiyatini belgilaydi. Tadqiqotda keltirilgan materiallar ba’zi ilmiy xulosalar, istiqboldagi malakaviy bitiruv ishi ishlari va tadqiqotlar uchun muayyan asos bo‘lishi mumkin.
Malakaviy bitiruv ishining materiallaridan oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistr va aspirantlar uchun “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”, “Milliy g‘oya: O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”, “Diniy eksterimizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”, “Ma’naviyat asoslari” kabi predmetlarni o‘qitishda amaliy manba sifatida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Kirish, besh faslni o‘z ichiga olgan 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida muammoning kelib chiqish sabalari, oqibatlari va ularga qarshi kurash yo‘llari tahlil etilgan va tegishli xulosalar ishlab chiqilgan.
Fikrimizcha, ushbu bitiruv malakaviy ishi bu sohaga qiziquvchi barcha o‘quvchilarga, ayniqsa, endigina hayotga kirib kelayotgan yosh avlodni “axborot xaos”i ta’siriga tushib qolishdan saqlashda amaliy ko‘makdosh bo‘ladi. Shunki, “yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun”4 xizmat qilish, haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan har bir vatandoshimiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin