Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari


Virtual olam tahdidi – yoshlar “axborot axloqi”ni shakllantirish zaruratining omili sifatida



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə9/13
tarix28.04.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#104228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari

2.2. Virtual olam tahdidi – yoshlar “axborot axloqi”ni shakllantirish zaruratining omili sifatida
Bugun insoniyat fan-texnika taraqqiyotining eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davrida yashayotganligi bilan ham faxrlanadi, ham sarosimaga tushadi. Garchi insoniyat ushbu voqelikka ulkan aql-idrok va salohiyat orqali erishgan bo‘lsada, ulardagi moddiylik xususiyati birlamchi mohiyatga ega bo‘lgani uchun, bugun bir qancha muammolarni yuzaga chiqara boshladi. SHu ma’noda, bugun insoniyat ushbu sohada vujudga kelgan salbiy holatni yumshatish uchun “insoniylik” mezonlariga asoslangan yangicha texnokratik20 qadriyatlar tizimini ishlab chiqishi zarur.
Bizningcha, SHarq jamiyatlarida an’anaviy qadriyatlarning ustunligi, mustahkamligi fan-texnika yutuqlari ta’sirida paydo bo‘layotgan yangicha qadriyatlarni, voqelikdagi ijtimoiy xulq-atvor bilan murosada rivojlanishini ta’minlaydi. Zamonaviy jamiyatlarda esa ITI jamiyat moddiy taraqqiyotiga xizmat qilib, ma’naviy munosabatlarni o‘z soyasida qoldirmoqda. Xususan Evropadagi diniy reformatsiyalar, renessans davri, keyinroq sanoat to‘ntarish inqilobi ushbu voqelik uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qadriyatlarni siqib chiqara boshladi. Masalan dastlab texnikaning rivojlanishi qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish sanoatini inqirozga olib keldi, bu esa ushbu sohada band aholini qashshoqlashuviga, hatto voqelikka nisbatan keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi (Ludchilar harakatini eslang!). Bu jarayon bugungi kunga kelib birmuncha jiddiy tus oldi. “O‘tgan asrning 80-90 yillarida AQSH po‘lat eritish kompaniyalarida, ishlab chiqarish ko‘lami o‘zgarmagani holda, ishchilar soni olti barobar, “Jeneral Elektrik” kompaniyasida uch barobar kamaygan”21 bo‘lsa, bugungi kunga kelib umumjahon moliyaviy krizisi tufayli bu raqamlarni kundan-kunga oshayotgani zamonaviy jamiyatlardagi texnika taraqqiyoti insoniyatni ijtimoiy-ma’naviy hayotdan uzoqlashuviga, aniqrog‘i, fan-texnika rivoji odamzotni saodatga emas, balki manfaatlar yo‘lida o‘zaro muxolif tomonlar shakllanishiga xizmat qilmoqda. To‘g‘ri ijtimoiy farovonlikka erishish uchun fan-texnika rivoji suv va havodek zarur. Lekin ushbu taraqqiyotning ma’naviy va atrof muhitga salbiy ta’sirini hech ham oqlab bo‘lmaydi.
Texnokratik qadriyatlarning tarkibiy qismlaridan biri virtual (lot. virtualis – mumkin bo‘l gan, muayyan shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishi mumkin yoki zarur) olam qadriyatlaridir. Ushbu qadriyatlar avvalo, virtual imkoniyatlar va shakllar dunyosida paydo bo‘ladi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi axborotlarni uzatishga moslangan texnologiyalarning ijtimoiy-ma’naviy hayotning turli sohalariga shiddat bilan kirib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Qadriyatlarning makon bilan bog‘liq xususiyatlari ITI ta’sirida yo‘qolib bormoqda, bu esa etnik birlik madaniyatlarini universallashuviga, an’anaviy qadriyatlari va namunali ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini zaiflashuviga sabab bo‘lmoqda.
San’at, fan va ijtimoiy hayotning tegishli sohalariga texnologiya ta’siri natijasida butunlay o‘zgacha dunyo - Virtual olam vujudga kelmoqda. Bu olamdagi narsa va hodisalar rivoji o‘ziga xos tarzda virtual tafakkurdagi insonlar jamoasini hamda qadriyatlarini shakllantiradi. Inson qachonki o‘zini virtual olamning ajralmas qismi sifatida his eta boshlasa, undagi narsa va hodisalar qadriyatga aylana boradi. Bizningcha, virtual olam tushunchasini tadqiqotimiz maqsadiga yaqinroq tahlili – real hayotda mavjud narsa va hodisalarni kompyuter grafikasi vositasida bo‘rttirib, xayoliy qayta shakllantirish yoki ob’ektiv borliqni sub’ektivlashtirishdir. Virtual olam ham tabiiy olam singari makon, vaqt, mavjudlik, yo‘qlik kabi qonuniyatlarga ega. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u real olamni o‘z imkoniyatlari doirasida tasavvur etishi, o‘zgartirishi, oq yoki qora rangda tasvirlashi mumkin, ya’ni u haqiqiy mustaqillikka ega. Ayni paytda, “barcha boshqa realliklar bilan ulardan ontologik jihatdan mustaqil bo‘la turib o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin, aktual, ya’ni uni tug‘diruvchi reallik faol bo‘lgunga qadar mavjud bo‘ladi”22. Virtual olamda ehtimollik, ideallik, loyihalashtirish, insoniy yoki hayvoniy qiyofa tanlash erkinligi, takrorlash, taqlid kabi barcha imkoniyatlar sub’ektning ixtiyorida bo‘ladi. Bu yerda real olamdagi barcha narsa va hodisalar faqat in’ikos etadi. Bu olam “tasvirlar dunyosi”dir.
Virtual olam ijodkori va yaratuvchisi shubhasiz inson va uning tafakkuridir. Inson bu jarayonda real voqelikka qaraganda birmuncha erkin va keng imkoniyatlarga egadir. Virtual voqelikda inson faoliyatiga to‘siq bo‘luvchi omillarning yo‘qligi, inson ongida mavjud bo‘lgan salbiy holatlarni erkin amalga oshirishga imkon beradi. Bu voqelikda aloqa imkoniyatlarining o‘sishi individning jamiyatdan ajralib qolishiga, ijtimoiy taraqqiyotdagi bo‘hronlar esa noinsoniy mayllarning rivojiga olib keladi. Bu olamda inson kundalik hayotida amalga oshira olmaydigan katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu unga har qanday ko‘rinishdagi tasavvurlarini moddiylashtirish uchun sharoit yaratadi. Sub’ektiv mazmundagi yangi qadriyatlar paydo bo‘ladi, ular bu olam uchun ahamiyatli, eng muhimi ularni amalga oshirish mumkin. Inson bu olam ichiga kirib borgani sari dunyoqarashi, turmush-tarzi, qiziqishlari o‘zgarib o‘ziga xos qadriyatlar tizimi shakllanadi va ular inson ma’naviy ongini yuksaltiradi yoki zaiflashtiradi.
Aloqa vositalarining takomillashuvi hosilasi sifatida - Net-o‘yinlari paydo bo‘ldi. Internet makoni darvozasi keng ochilgan, u ma’naviy qadriyatlar dunyosini shiddat bilan o‘zgartirib, qayta qurmoqda, insonning virtual olam asiriga aylanishi o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirib, masofali muloqot orqali o‘z “Men”ini namoyon qilishga bo‘lgan ehtiyojini to‘laligicha qondirishga yordam beradi. Albatta virtual olamdagi voqelik real olamdan qiziqroq va afzaldir. Bugun ushbu hodisa aksariyat odamlar uchun muammo va tashvishlarga to‘la haqiqiy olamdan voz kechtirish (vaqtincha) omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Virtual olamda inson faoliyati chegaralari keng bo‘lib, dunyo jiddiy to‘siq sifatida yo‘q bo‘ladi, chunki bu olamda hammasini yangidan boshlash, ya’ni bemalol “xato” qilish mumkin bo‘lib, o‘z faoliyati oqibati uchun hech kim yoki hech narsa oldida javobgar bo‘lmaydi. Real olamdagi eng oliy qadriyat – inson hayoti bu olamda umuman qadr-qimmatga ega emas. CHunki oddiygina “qayta yuklash” imkoniyati virtual olamni o‘ziga xosligini tushunish uchun etarli.
Virtual imkoniyatlar va shakllar dunyosida ikki turli asos mavjud, ular Internet asiriga aylanish jarayonida faol namoyon bo‘ladi va inson qadriyatlari dunyosiga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Virtual olamning yana bir o‘ziga xosligi insonlar o‘rtasidagi muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirganidir. Bu tanishish, muloqot qilish, aloqalarni o‘rnatish, do‘stlashish, xatto sevishni soddalashtiradi, chunki bunda virtual muloqot ishtirokchilari bir-birini ko‘rmasligi, zaif tomonlarini yashirishi mumkin. Bularning barchasi muloqot qiluvchilarda ruhiy qulaylik va himoyalanganlik hissini tug‘diradi, psixoterapevtik ta’sirga ega, insonga o‘z-o‘zini, xohish-istaklarini tushunib etishiga yordam beradi, dam olish va ijodiy qobiliyatlarni namoyish etish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishga ko‘maklashadi, shuningdek qadriyatlar tangligi davrida ruhiy moslashishning oddiy va hammabop usullaridan biridir.
Virtual olamda shakllangan qadriyatlar tizimi inson turmush-tarzi va faoliyatiga salbiy ta’sirlari quyidagilarda ko‘rinadi:
birinchidan, ushbu olam “asiri”ga aylangan inson ongida voqelik zerikarli, rangsiz ko‘rinadi va ekzistensial muammolar echimini hayollar dunyosidan izlaydi, shuningdek giyohvandlikning “kimyoviy bo‘lmagan” ko‘rinishiga tobe bo‘ladi;
ikkinchidan, muayyan o‘yin qahramoniga, boshqaruvchisiga aylangan shaxs ma’naviy qiyofasi bir necha “qatlamlarga ajralishi” mumkin, ya’ni bir shaxs o‘yin davomida hohlagan jins, yosh, e’tiqod yoki guruh ko‘rinishida mavjud bo‘la oladi. Ma’lum ma’noda ushbu fikrlar biz yashab turgan olamga ham tegishli bo‘lib, inson o‘z hayoti va faoliyati davomida bir necha qiyofada (masalan oilada hukmron erkak, ish joyida tobe xodim) namoyon bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Bu jarayonda “Men” va “virtual Men” kategoriyalari qanday o‘zaro ta’sirga kirishadi? Bizningcha, voqelik bilan aloqaning uzilishi natijasida ontogenezda qadriyatlarga asoslangan munosabatlar asosiy belgilarining bir yoshdan boshqasiga siljishi sodir bo‘ladi. Bu qadriyatlardagi vorisiylik tamoyilini buzilishiga va inson hayotida qadriyatli nomutanosiblikni yuzaga keltiradi, chunki, “o‘yin qadriyati maktabgacha bolalarning qadriyatlar ierarxiyasining dominantasi bo‘lib xizmat qiladi. Katta yoshdagi bolalar va kattalarda qadriyatlar ierarxiyasiga boshqa dominanta - qadriyatlarga asoslangan o‘zlikni anglash, o‘z hayoti ma’nosini mustaqil tarzda aniqlashga intilish - xosdir”23.
Virtual olam o‘z “asir”iga boshqalarga tobe bo‘lmasdan huzur-halovatda yashash, o‘zini turli xil yo‘llar bilan doimo xursand qilib yurish imkoniyatini beradi. Bu “erkinlik” to‘laqonli muloqot qilish imkoniyatini yo‘qotishga olib keladi, “axborot uzatish” bundan mustasno. Virtual dunyo asiriga tushish turli ijtimoiy nizolarga, qadriyatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. “Bizning kelajagimiz, agar u bor bo‘lsa, bugungi texnologik jarayonlarga munosabatimizga bog‘liq. Hamon biz jadal rivojlanayotgan texnologiyalarga bog‘liq ekanmiz, insoniyat jamiyatidan “post insoniyat” jamiyatiga o‘tish dinamikasini yaxshi anglab etishimiz darkor. Ayniqsa tuzoq qaerda joylashganini, muqarra o‘limga olib borishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni payqay bilishimiz zarur”24.
Umumlashtirib aytganda, ijtimoiy rivojlanish jarayonida qadriyatlar o‘zgaradi, mukammalashadi. O‘tmishda insoniyat uchun qadrli bo‘lgan narsa va hodisalar bugun qadriyat bo‘lmasligi mumkin, kelajakda esa yangi qadriyatlar paydo bo‘lishi bilan bir qatorda o‘tmishdagi qadriyatlarga “qaytish” mumkin. Bugun aksiologiya sohasi o‘z rivojini yangi bosqichida turibdi. Katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan axborot va aloqa texnologiyalari hozirda nafaqat insoniyatni o‘zaro yaqinlashuvini tezlashtirmoqda, balki qadriyatlar tizimi modernizatsiyasiga sharoit yaratmoqda. Bu jarayonlar tadqiqi quyidagicha xulosa beradi: insoniyat - ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari va eng yangi axborot inqilobi ko‘rinishida - hozirgi zamon aksiosferasi doirasida yangi qadriyatlarning vujudga kelishini kuzatmoqda.
YAngi axborot makoni umumplanetar ongda chuqur aksiologik o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Insoniyat shu kungacha e’zozlab, qadrlab kelgan an’ana va urf-odatlar virtual olam qadriyatlari oldida ko‘p holatlarda ojiz qolmoqda. Xususan virtual makonda shakllanayotgan qadriyatlar tizimi insoniyat tomonidan yuqori tezlikda qabul qilinibgina qolmasdan, balki haqiqiy olamga ma’naviy hayot bag‘ishlab turgan an’anaviy qadriyatlarga qarshi kurash usuliga aylanib, oila, unumli faoliyat (ish), ijtimoiy mas’uliyat, jamoaviylikdan uzoqlashishga olib kelmoqda.Eng achinarlisi, bugun insoniyat virtual olam zararlari xaqida bila turib, unga kundan-kunga bog‘lanib qolayotganligidir. Taniqli mutaxassis Aydarbek Tulepov “Internetga in qurgan o‘rgimchaklar” nomli risolasida virtual olam bugun yoshlarimizga ko‘rsatayotgan ta’sirini real misollar bilan asoslab, agar bugun yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirmasak quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantiradi:

  • Elektromagnit to‘lqinlaridan nurlanish. Bu holat bolalar uchun ikki barobar xavflidir. Bola miya faoliyati buzilishi va immuniteti susayishi bilan bog‘liq endokrin kasalliklarga moyil bo‘lib qoladi. Hatto onkologik xastaliklarga chalinishi ham mumkin;

  • Farzand ruhiy zo‘riqish ostida qoladi.Virtual olamga “kirib ketgan” bola hech narsani eshitmaydi, ko‘rmaydi, hamma narsani unutadi. Bunday paytda uning ruhiyati kuchli hayajon ta’sirida bo‘ladi;

  • Ayniqsa ma’naviy zarar bedavo xastalikdir. Bola go‘yo plastilinga o‘xshaydi. Chetdan olayotgan axborotlari ta’sirida uning qarashlari turli o‘zgarishlarga uchraydi. Internetga bog‘langan bolalar, tabiiyki, asosiy ma’lumotni virtual olamdan oladi. Bolalarning noutbuk yoki kompyuterlardan bilim olishi, aql o‘stiruvchi o‘yinlar o‘ynashi yoki kitob o‘qish uchun foydalanishi juda kam uchraydigan holat. Odatda, u ota-onasi, o‘qituvchilari real hayotda qaytaradigan, ma’naviy to‘siq bo‘ladigan axborotlarni egallashga intiladi. Internetdan oqib kirgan buzuqlik, axloqsizlik bolaning ongiga qattiq o‘rnashib qoladi;

  • Kitobga, o‘qishga qiziqish uning onggidan siqib chiqariladi. Uning bilimlilik, savodxonlik darajasi tushib ketadi, dunyoqarashi o‘yinlar, ijtimoiy tarmoqlar va virtual muloqotlar bilangina cheklanib qoladi. Bola o‘ylashni to‘xtadi, chunki u istagan narsasini internetdan topib olaveradi;

  • Bolada atrofdagi odamlar bilan muloqot ehtiyoji yo‘qoladi. Real dunyo ikkinchi o‘ringa tushib qoladi. Hayotdagi do‘stlar va yaqinlar ijtimoiy tarmoqlardagi yangi minglab do‘stlar va rasmlar oldida ahamiyatini yo‘qotadi;

  • Bolaning odamlar bilan muomala qilish layoqati so‘nadi. Internetda o‘zini “qahramon” his etadigan bola hayotda ikkita gapni bir-biriga qovushtira olmaydi, odamovi bo‘lib qoladi, tengqurlariga aralashib ketolmaydi. Barcha axloqiy qadriyatlar uning uchun ma’nosini yo‘qotib, o‘rniga shaloq til, jazodan cho‘chimaslik, mas’uliyatsizlik hissi va tuban istaklar shakllanadi, kuch oladi. Intilishlar so‘nadi.Bulardan ham xavflisi, bolaning behayolikni, buzg‘unchi diniy oqimlar g‘oyalarini yoki millatchilikni targ‘ib etuvchi saytlar ta’siriga tushib qolishidir.

  • Bolaning ko‘rish qobiliyati juda tezlik bilan pasayib ketadi. Kattagina, sifatli monitordagi tasvirlarni yaxshi ilg‘ay olmaslikdan shikoyat qiladi.Dastlab, ko‘z qizarishi va og‘rishi, keyin esa ko‘rish qobiliyatining susayishi kuzatiladi;

  • Kamharakat hayot tarzi bola umurtqa pog‘onasi va mushaklarining risoladagidek rivojlanmasligi natijasida bukrilik, osteoxondroz, “bilak tunneli” sindromi kasalliklariga sabab bo‘ladi;

  • Tez toliqish holati kuchayib, serzardalik va g‘azab kuchayadi.Tananing kasalliklarga qarshi kurashi susayib ketadi;

  • Boshi muntazam og‘riydigan, uyqusi ko‘p buziladigan, kutilmaganda boshi aylanadigan va ko‘z oldi qorong‘ilashuvi tez-tez kuzatiladigan bo‘lib qoladi;

  • Yurak qon-tomir tizimining faoliyati buziladi;

  • Bo‘yin sohasining zo‘riqishi sababli miyada qon yaxshi aylanmaydi va uning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji keragicha qondirilmaydi;

  • Zo‘ravonlik, fahsh va shafqatsizlik aks ettirilgan kompyuter o‘yinlari bolalarni badjahl va shafqatsiz qiladi, ularda kibr, boshqalarni nazar-pisand qilmaslik, salbiy hissiyotlarga erk berish kabi xatarli illatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi25.

Xulosa shuki, insonlar ongi va qalbi uchun katta kurashlar kechayotgan globallashuv davrida yuksak ma’naviyat, odob-axloq tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish dolzarb vazifadir. Uni bu jarayonda ayniqsa, yoshlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim, agar bugun biz ular bilan shug‘ullanmasak, “boshqalar” shug‘ullanishi aniq. Vaqt, imkoniyat boy berilsa, keyin kech bo‘lishi tayin. Virtual olamda buzg‘unchi kuchlar targ‘ib etayotgan illatlar ta’siriga qarshi kurashda xalqimiz xulq-atvori xamda an’anaviy qadriyatlari: diyonat, poklik, halollik, insoniylik, hayo va iffat kabi fazilatlarimizdan unumli foydalanishimiz lozim. Ushbu qadriyatlarni yosh avlod qalbi va shuuriga chuqur singdirish barobarida ularni har xil zaharlovchi unsurlar yomonligidan asrashda sustkashlikka aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Demak bugun eng muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni an’anaviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi, Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni har xil buzg‘unchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etish, munosib himoya etishdan iboratdir



Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin