Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari


Bob. Mamlakatimiz yoshlarida “axborot axloqi”ni shakllantirishning zamonaviy usul va vositalari



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə8/13
tarix28.04.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#104228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari

2. Bob. Mamlakatimiz yoshlarida “axborot axloqi”ni shakllantirishning zamonaviy usul va vositalari
2.1. Yoshlar axloqiga xavf soluvchi axboriy tahdidlarning shakllari


Bugun yosh avlod tarbiyasi xar qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ITI inqilobi ta’sirida shakllanayotgan yangicha muhit ijtimoiy jarayonlarni ham yangicha talqin etishga majbur qilmoqda. Xususan yosh avlod tarbiyasiga ta’sir etuvchi vositalar ham o‘zgarib bormoqda. Bu holat bugungi avlodni ajdodlarga munosib etib tarbiyalash estafetasida uzilish bo‘lishiga olib kelmaslik zarur. Eng xatarlisi, yoshlar tarbiyasiga televizor, qo‘l telefoni, kompyuter o‘yinlarining ta’siri kuchayib bormoqda. To‘g‘ri, oynai jahonda sharqona qadriyatlar aks etgan turli mazmundagi multfilm va seriallar ko‘paygan. Lekin shu bilan birga g‘arb turmush-tarzi va tafakkurini targ‘ib etuvchi zamonaviy multfilmlar ham havola etilmoqda. Ushbu multfilmlarning ba’zilari bolalarda milliy-ma’naviy qadriyatlarga bepisandlik, loqaydlikni shakllantirmoqda. Bizningcha, zamonaviy (g‘arb) multfilmlardagi milliy mentalitetimizga xos bo‘lmagan jihatlarini alohida tadqiq etish zarur. Bu masalaga butun ilmiy jamoatchilikni e’tiborini qaratish lozim. CHunki bu kechiktirib bo‘lmas vazifadir. SHu o‘rinda zamonaviy (g‘arb) multfilmlarning ayrim tashvishli jihatlariga to‘htalsak:
Birinchidan, zamonaviy (g‘arb) multfilmlar asosan jangari mavzularda. Ularning qahramoni qandaydir noma’lum, tabiatda uchramaydigan maxluq bo‘lib, unda real hayotda uchramaydigan voqealar aks etadi. Bu esa bolalarda o‘z “qahramon”ini real olamdan emas, balki qandaydir “yo‘qlik”dan izlashga undaydi, uni xayolparast qilib qo‘yadi.
Ikkinchidan, zamonaviy (g‘arb) multfilmlarda tomoshabinni jalb etish maqsadida qo‘rqinchli qiyofadagi qahramon va vahshiylik aks etgan sahnalardan keng foydalaniladi. Bu esa bolalarda berahmlik, shafqatsizlik kabi illatlarni yuzaga keltiradi.
Uchinchidan, zamonaviy (g‘arb) multfilmlarda sharm, hayo, andisha kabi milliy qadriyatlarni zaiflashtirishni maqsad qilgan, axloqsizlikni targ‘ib etuvchi sahnalar ham oz emas. Bu esa oqibatda axloqsizlikni madaniyat deb qabul qilishga olib keladi;
To‘rtinchidan, zamonaviy (g‘arb) multfilmlarning ba’zilarida individualizm g‘oyasi ilgari suriladi. Multfilm “qahramon”i ko‘pincha o‘z shaxsiy manfaatlari doirasida fikrlaydi va yashaydi. Ularda “qahramon”ning ota-ona va aka-ukasiga mehr-oqibat tuyg‘ulari oshkor etilmaydi;
Beshinchidan, zamonaviy (g‘arb) multfilmlar “qahramon”i biror maqsadga etishida “maqsad – vositani oqlaydi” tamoyiliga rioya qiladi. Bu esa bolalarda xudbinlikni shakllantiradi;
Oltinchidan, zamonaviy (g‘arb) multfilmlarning “qahramoni” auditoriyaga “xamma narsani pul bilan hal etish mumkin” degan g‘oyani singdirishga harakat qiladi. Bu esa bola ongida “qadr”dan “qiymat” ustun ekan degan xulosa qilishga sabab bo‘ladi.
Xullas, zamonaviy multfilmlarni milliy mentalitet va qadriyatlarimizga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlarini sanashda yana davom etish mumkin. Multfilmlar yosh avlod ongi va qalbidagi ezgu hissiyotlarni tarbiyalovchi qudratga egaligini hisobga olsak, ushbu masala ahamiyati yanada ravshanroq ko‘rinadi.
Bugun yoshlarimiz ma’naviy ongini zaiflashtirishda nafaqat zamonaviy multfilmlar, balki kompyuter o‘yinlarini ham salbiy ta’siri juda katta bo‘lmoqda. Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli virtual mukofotchalarni, yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Bunday ball va yutuqlar “sodiq “ o‘yinchilar orasida sotiladi. Bunday ishga ayamay pul sarflanadi. Masalan “projekt entropiya” o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSH dollari evaziga virtual orol sotib oldi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar bor. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, komyuter ekranidagina xolos. Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqatsizlarcha o‘ldirish, qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli sahnalar nafaqat yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Snayper” kabi o‘yinlarga berilganlarning ba’zilari keyinchalik haqiqiy qotilga aylanishgani fikrimiz dalilidir. 2002 yili Amerikalik Shon Villi ismli 21 yoshli yigit o‘zini-o‘zi peshonasidan otib o‘ldirdi. Aniqlanishicha u “EverQuest nomli kompyuter o‘yiniga mukkasidan ketgan ekan. Uning o‘sha o‘yinda yutqazib, yiqqan ballari va mukofotlaridan ajralganiga chidayolmay o‘z joiiga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi. 2004 yili Buyuk Britaniyada 17 yoshli Uorren Leblan 14 yoshli Stefan Pakirning joniga qasd qildi. Sud jarayonida ayblanuvchi “Manhunt” kompyuter o‘yini ta’siriga tushib qolganini aytdi.16 Aynan shu va shu kabi voqealardan keyin olimlar, tadqiqotchilar kompyuter o‘yinlarinig salbiy ta’sirlariga e’tibor qarata boshladilar.
Yaponiyadagi Nihon universiteti ijtimoiy va tabiiy fanlar kolleji professori Akio Mori 6 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan kompyuter o‘yinlari ishqibozlarini o‘rganib chiqdi. Kuzatishlar, tajribalar shuni ko‘rsatdiki mukkasidan ketgan geymerlar ko‘pincha, asablari tarangligi, fikrlarini jamlab ololmayotgani, atrofdagilar bilan muloqotga kirisha bilmayotganidan shikoyat qiladi. O‘yin paytida odamning faqat ko‘rish va xayoliy xarakatga ma’sul asablari faoliyatda bo‘ladi. Bu esa fikrlash faoliyatining susayishiga olib keladi. Bosh miyaning hissiyotlar va ijodiy qobiliyatga javob beradigan old qismi virtual o‘yinlar paytida deyarli ishlamaydi. Bunday o‘yinlarning kamida 80% qahramonlari o‘ta shafqatsiz. Bu holat o‘z-o‘zidan bola ongiga virtual salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Virtual o‘yinning qahramoni bolaning yaqin kishisiga “do‘sti” ga aylanadi. Turli xil janglardan va qiyinchiliklardan, ana o‘sha “yaqin kishi” sini tirik olib o‘tish uchun, o‘sha bola qanchadan-qancha “qon to‘kadi”, qanchadan-qancha “shafqatsizliklar” qiladi. To‘g‘ri, bularning bari virtual olamda sodir bo‘lyapti, lekin keyinchalik mana shu bolaning xech narsadan tap tortmaydigan, loqayd va sovuqqon, beshafqat insonga aylanib qolishi hech gap emas. Kompyuter o‘yinlari, ayniqsa, 10-16 yoshli bolalalr ongiga tez va oson salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Tan olamizmi yo‘qmi, bizga beozorgina bo‘lib ko‘ringan ana shu kompyuter o‘yinlari katta g‘oyaviy urushlarning eng muhim qurollaridan biridir. 2011 yilnnig yakuni hisob –kitoblariga ko‘ra, kompyuter o‘yinlari orasidan kelgan daromad Amerika kino sanoatini ham ortda qoldirgan. Xo‘sh, nimaning hisobiga? Sizu-bizning, bolalarimizning tagi puch qiziqishlari hisobiga.
Xullas, yuqoridagi kabi axborot tahdidi shakllarining inson ongi va qalbiga ta’siri bir qator illatlar: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik va bo2sshqalarni yuzaga keltiradi. Jamiyatshunos Sherri Terkl o‘zining “Birgalikdagi yolg‘izlik” kitobida: “Ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlar barcha insoniylikni yo‘q qilayotgan axmoqlikning yangi shaklidir”, deya o‘rinli ta’kidlaydi. Jumladan axloqiy buzuqlik eng tuban insoniy faoliyat bo‘lib, u asta-sekin ”erkin munosabatdan” “bir jinsli insonlar o‘rtasida nikoh tuzishgacha” bo‘lgan asosiy bosqichlarga ko‘tariladi. U yoshlarni ma’naviy jihatdan aynitib, minglab yillardan bo‘yon ardoqlanib kelinayotgan sharqona muhabbat an’anasi o‘rniga zinokorlikni taqdim etadi. Masalan, “bugunki kunda AQSHning 30 % ayollari nikohga kirgunga qadar kamida ikki marta bola oldiradilar. SHuningdek qizlar ham shu ruhda tarbiya topmoqda. Aksariyat saylovchilar bu kabi turmush-tarziga halaqit beruvchi har qanday siyosatga qarshi ovoz berishadi”17. Umuman oilaviy buzuqlik dastavval oilaga daxl qiladi, keyin esa u nasl pokligiga putur etkazadi. Vaholanki, bizda oila muqaddasligi, nasl pokligi masalasi muhim qadriyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi”18. Bu o‘z navbatida oilada sog‘lom turmush-tarzining nechog‘liq ado qilinishiga uzviy daxldordir. Ming afsuski, kontrabanda yo‘li bilan yurtimizga kirib kelgan shahvoniy filmlar, turli pornografiyalar vositasida axloqiy buzuqlik targ‘ib qilinmoqda. Shu ma’noda bunday “mahsulotlarni” turli “qora yo‘l”lar bilan olib kirishga intilayotgan shaxslarni faqat boylik orttirish qiziqtiradi, xolos.
Zo‘ravonlik illati mohiyatan insonning inson ustidan o‘z hukmronligini o‘tkazishni anglatadi. Zo‘ravonlik shaxs xuquqini poymol qilib, uning ongida hayvoniylik his-tuyg‘ularini va xususiyatlarini tarkib toptiradi. U bugungi kunda filmlar, kompyuter o‘yinlari va turli internetdagi qo‘llanmalar vositasida targ‘ib qilinmoqda. Bular orasida ayniqsa, dahshatli kinolar nafaqat internet saytlarini, balki katta kino ekranlarini ham egallab borayotganligi tashvishli holdir. An’anaviy va milliy madaniyat sohiblari – sog‘lom fikrli odamlarning fikricha, zo‘ravonlik g‘oyalarini tarqatishdan maqsad ba’zi gegemon davlatlarning kuchsizroq davlatlarga nisbatan o‘tkazadigan siyosati uchun muhit va asos yaratishdan iboratdir19. Unga ko‘ra, muayyan bir davlatga zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlar izchillik bilan kiritib boriladi va tabiiyki, bu mahsulotlarni ishlab chiqargan davlat nomi reklamalar ko‘rinishida targ‘ib qilinadi. Natijada, bu mahsulotlarni, “iste’mol” qiluvchilar ongida bu davlatning qudrati shakllanadi, unga “kuchli davlat” sifatida tasavvur qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Demak, zo‘ravonlik nafaqat shaxsni ma’naviy axloqiy jihatdan aynitadi, balki qaysidir bir davlatning boshqa bir davlat ustidan ustivorligi uchun ham shart-sharoitlar hozirlaydi.
Bugun yurtimizda internetdan foydalanuvchilar soni o‘n million nafarga etib qoldi. Mamlakatimiz uz. Domenida 16 mingga yaqin veb-sayt faoliyat olib bormoqda. Ularning 200 dan ortig‘i ommaviy axborot vositasi sifatida ruyhatga olingan. Internetning ta’sir kuchi ko‘p hollarda ma’lumotlarning tezkorligi, ko‘tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlari taklif etilishiga bog‘liq. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Zamonaviy axborot maydonidagi harakat shunchalar tig‘iz, shunchalar tezkorki, endi ilgaridagidek: “Ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q”, deb beparvo o‘tirib bo‘lmaydi. Mana shu shart-sharoitlarning barchasi ham ma’naviyat, milliy mafkuraning ahamiyatini yanada kuchaytiradi. ...Bugungi kunda g‘oyani, fikrni taqiq bilan, ma’muriy choralar bilan engib bo‘lmaydi. “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”. Internet orqali amalga oshiriladigan, katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqni ko‘pincha o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinning o‘zi sezmay qoladi. Bunda g‘oyaviy ta’sir yo‘naltirilgan mamlakatlar aholisining hohish-istaklari, tabiati, mavjud muammolari jiddiy o‘rganilgan holda, asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga, ularning boshqaruvchilik ahamiyatini kamaytirishga yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga qaratiladi. Bugungi kunda buzg‘unchi oqimlarning g‘oyalarini targ‘ib qilishda internetdan asosiy qurol sifatida foydalanmoqdalar. So‘nggi yillarda qo‘poruvchi tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib-tashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda qo‘poruvchilar foydalanadigan 7000 dan ortiq internet saytlari bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday internet saytlari to‘satdan paydo bo‘ladi, vaqt o‘tgach yo‘qoladi, mazmunini o‘zgartirimagan holda, nomlanishi va ro‘yxatdan o‘tish manzilini tez-tez o‘zgartirib turadi. Bugun yoshlar axborot ximoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, har qanday xabarning mohiyatini tushunishi, zararidan saqlana olishi zarur. Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki u axborotni eshitar ekan, hech bo‘lmaganda “Bu axborotni kim uzatyapti?”, “Nima uchun uzatyapti?” va “Qanday maqsadda uzatyapti?” degan savollarni o‘z-o‘ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak. Shundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi olinadi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish, milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga hurmatni kuchaytirish zararli xabar, ma’lumotlarga qarshi o‘ziga xos qalqon bo‘ladi, shaxs dunyoqarashi va xulqida sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, odamzod ishonchga, e’tiqodga tayanib yashaydi. Binobarin, uning e’tiqodi ham o‘zi kabi hurmatga, e’zozga loyiqdir. Ongu tafakkurga tahdiddek vijdonsizlik, sof e’tiqodli kishilar qalbiga tajovuz qilishni ko‘zlagan kimsalarning internet orqali tarqatayotgan fikrlari soxtalikka, yuzakilikka va g‘arazli manfaatga asoslangan, shu bois bunday hatti-harakatni hech qanday yo‘l bilan oqlab bo‘lmaydi



Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin