Moddiy qadriyatlar – Moddiy qadriyatlar jumlasiga inson mehnati natijasida yaratilgan moddiy dunyo predmetlari, Shuningdek o‘tmish madaniy merosi predmetlari kiradi. Moddiy qadriyatlar – bu tabiiy ne’matlar, mehnat mahsullarining iste’mol qiymati, ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ne’matlar, tarixiy voqealar, madaniy meros, axloqiy ezgulik, go‘zalik mezonlarigani qanoatlantiruvchi estetik hodisalar, diniy ibodat predmetlari yoki o‘zining muayyan ramziy ifodasini topgan diniy g‘oyalar va sh.k. Moddiy qadriyatlar ongda emas, balki odamlar hayot faoliyatida amal qiluvchi muayyan narsalar, hodisalar dunyosida mavjud bo‘ladi.
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar – bu ijtimoiy va siyosiy hodisalar, voqealar, siyosiy aktlar va harakatlarning qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qatoriga, odatda, siyosiy va ijtimoiy harakatlarda mujassamlashgan ijtimoiy imtiyozlar, Shuningdek jamiyatning ravnaq topishi, xalqlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikning mustahkamlanishiga ko‘maklashuvchi tarixiy voqealarning progressiv ahamiyati kiradi.
Ma’naviy qadriyatlar – bu Ma’naviy qadriyatlar qatoriga baxt-saodat, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, huquqiylik va nohuquqiylik, tarixning mazmuni va insonning vazifasi va hokazolar haqidagi me’yoriy tasavvurlar ko‘rinishida ifodalangan ijtimoiy ideallar, mo‘ljallar va baholar, me’yorlar va taqiqlar, harakat prinsiplari kiradi.
Individual yoki shaxsga doir qadriyat – bu narsa, hodisa, g‘oyaning muayyan inson uchun qadriyat sifatidagi ahamiyati. Har qanday qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra individualdir, zero narsa, hodisa, g‘oyani faqat insongina baholashga qodir. Shaxsiy qadriyatlar ta’lim va tarbiya, individ hayot tajribasini to‘plashi jarayonida shakllanadi Shaxsiy qadriyatlar individning ehtiyojlari va manfaatlari ta’sirida vujudga keladi. Ular kishilarning mayllari, didlari, odatlari, bilim darajasi va boshqa individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Umuminsoniy qadriyatlar – bu narsalar, hodisalar, g‘oyalarning jahon hamjamiyati uchun qadriyat sifatidagi ahamiyatidir.
Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida o‘z holicha emas, balki vujudga kelgan qadriyatlarga munosabatlar tizimi zaminida muhim o‘rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |