Mavzu: Axloqiy kategoriyalar va me’yorlar. Reja: Axloqning mazmun va mohiyati



Yüklə 31,1 Kb.
səhifə5/8
tarix25.04.2023
ölçüsü31,1 Kb.
#102528
1   2   3   4   5   6   7   8
2-topshiriq

Nafosat falsafasi va Pedagogika. Estetikaning pedagogika bilan aloqasi tarbiya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, muxtor qismlarga bo’lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o’quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo’yicha olib borilayotgan estetik tarbiya muammolarini o’rganadi. Nafosat falsafasi esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug’ilganidan boshlab to o’lgunigacha bosib o’tadigan bosqichlar uchun umumiy bo’lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko’radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo’lsa, nafosat falsafasi uning strategiyasidir.
Nafosat falsafasi va Semiotika.Nafosat falsafasi semiotika–belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan bilan ham aloqador. Chunki san’at asari belgilar orqali namoyon bo’ladi. Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya’ni semantik va pragmatik axborotni o’zida mujassam qilgan san’at asari o’sha axborotni etkazib berishga ham mo’ljallangan. Ana shu san’atning belgi bilan bog’liq tomonini, kommunikativ-vositachilik jihatini semiotika o’rganadi. Ayni paytda, nafosat falsafisida tuzilmali-semiotik nafosatshunoslik deb ataladigan nazariya ham mavjud. Unda san’at maxsus til yoki belgilar tizimi, alohida san’at asari esa ana shu tizim belgisi yoki o’sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Zero bunda belgi san’at asarini idrok etuvchiga uni etkazib beruvchi hodisa tarzida o’rganiladi.
Mavzu: San’at estetikasining turlari.
Reja:
1. San’at va Falsafa.
2. San’at estetikasi.
San’at va Falsafa. Falsafa bilan san’at mohiyat nuqtai nazaridan bir-biriga o’xshash. Avvalo buni ularning tadqiq usulida ko’rish mumkin. Falsafa voqelikning faqat bir qisminigina ajratib o’rganadigan fandan farqli o’laroq, u olamni yaxlitligicha olib tekshiradi. San’at ham xuddi shunday: olam yaxlitligini badiiy qiyofa yaxlitligida ifodalaydi, voqelikni butunisicha badiiy tadqiq etadi. Xullas, har ikkisining ildizi asotirlarga – miflarga borib taqaladi: dastlab dunyoning yaxlit manzarasini ko’rish uchun “tasavvur o’yini”dan foydalangan qadimgi odam, asta-sekin bu yaxlitlikni “tafakkur o’yini” vositasida mushohada qilishga o’tgani shubha tug’dirmaydi deb o’ylaymiz.
San’at estetikaning tadqiqot ob’ekti sifatida o’ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo’rtib ko’zga tashlanadi. Shunga ko’ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o’zini o’ziga ko’rsatuvchi ulkan ko’zgu vazifasini o’taydi. U insonni o’rgatadi, da’vat etadi, go’zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko’makchisi, etakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo’lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan esa, san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o’zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi.
Estetika – falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o’z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. Shu bois tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go’zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozitsiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me’morlik san’atiga tadbiq etib bo’lmaydi.
Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san’at asariga yondashuvida ko’rish mumkin. Ma’lumki, har bir san’atshunoslik ilmi o’z tadqiqot ob’ektiga uch tomonlama – nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo’lgan badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositalarini o’rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy-badiiy jarayonlar orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa adabiy-badiiy ijodning zamonaviy jarayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham, tasviriy san’atda ham, boshqa san’at turlarida ham shunday. Estetikada esa tadqiqot ob’ektiga yondashuv uch emas, birgina – nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham nazariyaga bo’ysundiriladi. To’g’ri, «estetika tarixi» degan ibora va shu nomda kurslar o’qitiladi. Lekin bu nom, ibora shartli tarzda qo’llaniladi. Chunki, u fan tarixi emas, balki tarixan davrlarga bo’lingan estetik nazariyalar tahlilidir.

Yüklə 31,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin