Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


-mavzu. Iqtisodiyotda zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta’minoti



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə17/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

4-mavzu. Iqtisodiyotda zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta’minoti
Reja:
1. Zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta’minoti haqida tushuncha
2. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining rivojlanish tendentsiyalari
3. 3D texnologiyalariga asoslangan texnik vositalar
4. Zamonaviy mobil qurilmalar va ularning bugungi kunda iqtisodiyotda tutgan o‘rni


Tayanch so’z va iboralar: avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, rivojlanish tendentsiyasi, elektron hisoblash mashinasi, mikrosxemalar, integral sxemalar, yacheyka, shaxsiy kompyuterlar, Tizimli blok, Mikroprotsessor.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti o’z ichiga axborotni kiritish va qayta ishlash uchun mo’ljallangan kompyuter texnikasi, axborotlarni uzatish hamda almashishni ta'minlovchi aloqa kommunikatsiya asbob-uskunalari, axborotni qayta ishlovchi mutaxassislarni ishini avtomatlashtirishga mo'ljallangan tashkiliy texnik vositalarini oladi.
Kompyuter texnikasining rivojlanish tendentsiyasi. Kompyuter texnikasining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganishdan oldin kompyuter o’zi nima degan savolga javob berishimiz lozim bo’ladi. Kompyuter bu inglizcha so’zdan olingan bo’lib hisoblagich degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham birinchi islab chiqilgan kompyuter texnikasini hisoblash texnikasi deb atashgan. Yillar davomida kompyuter texnikasi shakllanib borayotgan soha hisoblanadi. Jumladan 1623 yili nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan hisoblash mashinasi yaratildi. 1645 yili buyuk frantsuz matematigi Blez Paskal uzining hisoblash mashinasini yaratdi. Paskalning mashinasi boyi 30 - 40 sm, eni 15 sm, balandligi 10 sm bolgan jez qutichadan iborat b o’lib, qo’shish va ayirish amallarini bajarar edi. 1673 yil nemis matematigi Gotfrid Leybnits 4, ya’ni Slonimskiy tomonidan 4 arifmetik amalni bajaradigan va ildiz chiqaradigan hisoblash mashinasi yaratildi.
1623 yildan boshlab kompyuter texnikasi asta-sekin rivojlanib, hozirgi kunda murakkab tizimga ega bo’lgan vositaga aylandi. Fan va texnikada qilingan yutuqlar natijasida 1946 yilda birinchi “ENIAK” nomli elektron hisoblash mashinasi yaratildi. AQShdagi Pensilvaniya universitetida amerikalik olim Dj. Neyman (1903-1957) axborotlarni saqlash imkoniga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasini yaratdi. Bu kompyuter 18.000 ta elektron lampadan tuzilgan bo’lib, 30 tonna og’irlikka ega va 150 m2 xonani egallagan. 1951 yili Rossiyalik olim Lebedev rahbarligida elektron hisoblash mashinasi yaratilgan. U o’zining rivojlanish tarixini 50-yillar boshlaridan boshlab, to hozirgi kunlarga qadar bir necha avlodlarni o’z boshidan o’tkazdi:
1-avlod - elektron lampalar asosida;
2-avlod - yarim o’tkazgichli diod va triod, tranzistorlar asosida;
3-avlod - integral mikrosxemalar;
4-avlod - katta integral sxemalar;
5-avlod - juda katta integral sxemalar.
Hozirgi kunda kompyuterlardan foydalanish nafaqat hisoblash sohasida, balki boshqa sohalarda ham ulardan foydalanishning yangi shakllarini ishlab chiqishni taqoza etadi.
Kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida ajoyib mo’jizalar yaratilayotgani sir bo’lmay qoldi. Kelajakni uningsiz tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan - kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylanmoqda.
Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo’lish mumkin: katta kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer), bloknot (notebook) kompyuterlar.
Uning ko’rinishi oddiy. U quyidagi asosiy qurilmalardan iborat:

Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin