Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja


Fikrim izcha, ushbu ruboiy Bobur Mirzo ijodining 1512-yilga qadar



Yüklə 122 Kb.
səhifə10/15
tarix19.10.2023
ölçüsü122 Kb.
#157126
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.


Fikrim izcha, ushbu ruboiy Bobur Mirzo ijodining 1512-yilga qadar
bo'lgan davriga taalluqli. Chunki u hali bu yillarda Movarounnahrdan
butkul ko'ngul uzmagan edi. Uchinchi yurishning muvaffaqiyatsizligi
uning shirin orzularini chil-parchin qildi. Shundan keyin uning yuragida
o'z sarhadlarini Hindistonga qarab kengaytirish orzusi makon tutdi.
Ba’zan shoir misralarida umidsizlikning ko'zga tashlanishi ham o'sha
murakkab ruhiy isyonlaming mevasidir.

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Barcha urinishlari zoye ketgan shoir o'lim to'shagidagi so'nggi
nafasida ham yurtining bir tilim qovunini qo'msab, ochiq ko'z bilan
foniy dunyo bilan vidolashgan. Yurt va yurtdoshlari diydori bu jahongashta
Vatan fidoyisi uchun hamon qiyomat qarzdir.
Istiqlol sharofati tufayli Bobur Mirzo shaxsi va ma’naviy olami qasrida
ham xush havolar esdi. Zug'um va zo'ravonlik chekindi. Ulug' shoir va
sarkarda haqida erkin gapirish bizga nasib qildi. Bu boradagi armonlar
ushala boshladi. Buyuk davlat va ma’naviyat arbobi tavalludining 510
yillik to'yi tantanalari bu yo'ldagi ulkan umidli qadamdir. Shu munosabat
bilan Andijonda uning mahobatli haykali o‘matildi. Yuksakda, ot ustida
o'tiigan bu zoti mukarram ona yurt jamoliga suqlanib, to'yib-to'yib boqish
sharafiga erishdi. Yurtdoshlari azim bir bog‘ Ьафо qilib, uning bir
go‘shasida Bobur Mirzoning ramziy qabrini o'matdilar. Asliga qaytgan
(tuproqdan bunyod bo‘lib, tuproqqa aylangan) shoir muqaddas Vatan
bag‘rida erkalanib orom olmoqda. Suronli hayotini ezgulikka baxshida
etgan insonga uning nashidasi ikki chandon bo'lib qaytdi.
Bobur Mirzo she’riyatidagi muallifning yuksak badiiy salohiyatini
ko‘z-ko‘z qilib turuvchi janrlardan biri tuyuqdir. Shoir an’anaviy tuyuq
janrida ijod qilish bilan cheklanib qolmay, uning to'rt misrasi ham
tajnisli qofiyadan tarkib topgan, tajnis radif o'mida qo'llangan, tajnisdan
oldin hojib mavjud bo'lgan, shuningdek, qit’a shaklidagi tuyuqlami
yaratdi. O'shalardan birini tahlil jarayoniga tortishga harakat qilamiz:

Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin