Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda (hijriy 888-yil muharram oyining 2-kuni) Farg'ona viloyatini idora qilayotgan temuriy hukmdor Umarshayx Mirzo xonadonida dunyoga keldi. Ma’lumotlarga ko'ra, Zahiriddin Muhammad ism ini yosh shahzoda uchun o'sha davrdagi M ovarounnahrning atoqli ulam olaridan bo'lgan X o ja Nosiriddin Ubaydulloh Ahror Valiy tanlagan. Keyinchalik chig'atoylar arabcha «Zahiriddin» so'zini talaffijz etishga qiynalganliklari bois otaonasi uni Bobur deb ataydigan bo'lib qolishgan. Shunday qilib, rasmiy hujjatlarda ulug' shoir, adib va hukmdor nomi Zahiriddin Muhammad Bobur tarzida qo'llana boshlangan (Erskin U . Bobur Hindistonda. Toshkent, 1995, 8-9-betlar). Umarshayx Mirzo Sulton Sohibqiron Am ir Temuiga to'rtinchi avlod-evara sanaladi. Uning shajarasi: Umarshayx M irzo—Abusaid M irzo— Mironshoh M irzo—Sohibqiron Am ir Temur. Bobuming onasi Qutlug' Nigorxonim o'zbeklashgan mo'g'ul turklariga mansub bo'lgan Toshkent hokimi Yunusxonning qizidir. Umarshayx Mirzo temuriy hukmdorlar orasida toj-taxt kurashlari keskinlashgan bir davrda Faig'ona viloyatini idora qildi va bu kurashda faol ishtirok etdi. Pokiza e’tiqodli, Hazrat Xoja Ubaydulloga irodati bor, ravon savodli bu temuriyzoda Bobuming ma’lumotiga ko'ra: «Xamsatayn ( Nizomiy va Dehlaviy «Xamsa»larini — R .V., H .E) va masnaviy kitoblami va tarixlami o'qub edi. Aksar «Shohnoma» o'qur edi. Tab’i nazmi bor edi, vale she’rg'a parvo qilmas edi» (10-bet). Tabiatida «hamisha mulkgirlik dag'dag'asi bor» bo'lgan Umarshayx Mirzo yurttalablik da’vosi bilan Samarqandga bir necha bor yurish qiladi. Faig'ona viloyatining osmonida urush bulutlari qalqib yuigan damlarda fojiali vafot etadi. Bu voqea 1494-yilda sodir bo'ldi. Umarshayx Miizoning akasi Sulton Ahmad M irzo va Toshkent hokim i Mahmudxon (Umarshayxning qaynog'asi va Sulton Ahmadning kuyovi) o'zaro ittifoq tuzib Faig'ona viloyatiga yurish boshlaydi. «Bobumoma»da Sulton Mahmud va Sulton Ahmadning «Um arshayx M irzoning badmaoshlig‘idin mutazarrir» (qo‘polligidan zarar) ko‘iganliklari bunday harakatning sababi sifatida keltiriladi. Axsi qal’asi (Axsikat) Um arshayx M irzo saltanatida Andijondan keyin ikkinchi mavqega ega bo'lgan qal’a bo'lib, podshoh ko'p vaqtini o'sha yerda o'tkazar edi. «Bobumoma»da Umarshayx Mirzoning fojiali vafoti haqida quyidagilar qayd etiladi: «... Bu asnoda g'arib voqea dast berdi, mazkur bo'lub edikim, Axsi qo'rg'oni baland jar ustida voqe’ bo'lubtur, imoratlar jar yoqasida erdi. Ushbu tarixda dushanba kuni ramazon oyining to'rtida Umarshayx Mirzo kabutar va kabutarxona bila uchub, shunqor bo'ldi. O'ttiz to'qquz yoshar erdi» (9-bet). Taomilga ko'ra, Faig'ona viloyatining taxti to'ng'ich o'g'il Bobur Miizoga topshirildi. Shunday qilib, Bobur Mirzo «Tengri taolo inoyati bilan va chahoryori bosafolaming himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining beshida tarix sakkiz yuz to'qson to'qquzda Faig'ona viloyatida o'n ikki yoshda podshoh bo'ldum»,-deya e’tirof etadi. Yosh hukmdor mamlakatni idora eta boshlagan davr nihoyatda tahlikali edi. Unga awal otasining yaqin beklaridan Shayx Mazidbek, keyinchalik Boboquli Bobo Alibek bek atka sifatida tayinlanadi. Bobur Alloh inoyati va beklaming rahnamoligida Faig'ona viloyatida o'z idora taizini saqlab qoladi. O'ratepa, Xo'jand, M aig'ilonni zabt etib Quvaga yaqinlashgan Sulton Ahmad qo'shinlari kutilmaganda katta talofat ko'radilar. «Biri bukim, - talofat sabablarini bayon etadi «Bobumoma» muallifi, - Quboning botqoqlik qora suyi bor, ko'prigidin o'zga yerdin kechib bo'lmas, qalin cherik kelib ko'prukda tiqUib, qalin ot va teva bu qora suvga yiqilib zoye’ bo'ldi. Uch — to'rt yil mundin burunroq C hir suyining guzarida ulug' shikast topib edilar, bu voqea andin yod berib, cherik eliga vahmi g'olib bo'ldi. Yana biri bukim, ul fursatga andoq ot o'lati bo'ldikim, tavila-tavila otlar yiqilib o'la kirishdi» (18-bet). Qo'shini to'zigan, ustiga-ustak katta talofat ko'igan Sulton Ahmad sulh tuzib, Samarqandga qaytishga majbur bo'ladi. Quva voqeasidan so'ng xastalanib qolgan Samarqand hukmdori O'ratepada vafot etadi. Sulton Mahmudning esa Axsining qamal qilishi natija bermay, u ham orqaga qaytishga majbur bo'ladi. Bu jang yosh taxt sohibi Bobuming birinchi va juda muhim g'alabasi edi. Bobur Mirzoning mamlakatda osoyishtalikni barqaror qilish uchun juda ko'p ter to'kishiga to'g'ri keladi. U mahalliy hukmdorlaming o'zboshimchalikka yuz burishlari avjiga chiqqan davrda Faig'ona viloyatini idora qilmoqda edi. Bunday boshboshdoqchilik taxt sohibi hayoti uchun ham nihoyatda tahlika solardi. Bobuming ukasi Jahongir Mirzoni shoh qilish maqsadida fitna uyushtiigan Hasan Y a ’qub boshchiligidagi beklar unga qarshi suiqasd uyushtirishdi. Bobur va uning tarafdorlari sa’y - harakati bilan fitna o'z vaqtida fosh etildi, qo‘lga olingan isyonchi beklar jazolandi. Yovuz niyati amalga oshmaganidan alamzada bo'lgan Hasan Y a ’qub Samarqand sari yo‘1 oladi. Biroq qabih maqsadi yana xuruj qilib Axsi tomon kelganida, Qo‘qon yaqinida vafot etadi. Bobur Mirzo katta va notinch viloyatni boshqarish uchun Andijon atrofidagi shaharlarda bir necha marotaba yurishlar qilishga majbur bo‘ladi. 1495-yilda Sulton Ahmad o'mida bir muddat hukmronlik qilgan ukasi Sulton Mahmud vafotidan so'ng, uning o'g'illari M as’ud, Boysung'ur Mirzo, Sulton A li o'rtasida Samarqand taxti uchun o'zaro urushlar boshlanadi. Sulton A li Samarqandni egallaganda, bu urush alangalari yanada yolqinlana boshlaydi. Bobur M irzo ham ulug' sohibqiron Amir Temur poytaxtini qo'lga kiritish ilinjida Samarqand tomon lashkar tortadi. Bu payt Sulton Mas’ud Mirzo Shahrisabzni o'z idorasi ostiga olib, Samarqandga tahdid sola boshlagan edi. Hisor va Qunduzdan Sulton Husayn Mirzo qo'shinining xavfi ham mavjud edi. Uch-to'rt oy uch tarafdan Samarqandga qarshi hujum uyushtirilgach, Sulton A li nomidan Xoja Yahyo kelib, ittifoq va hamjihatlikdan so'z ochadi va Bobur Mirzo bilan o'zaro kelishuvga erishadi. Biroq oradan ko'p vaqt o'tmay, Samarqand taxtini Boysung'ur Mirzo qo'lga kiritadi. 1497-yilda Bobur Mirzo mingga yaqin qo'shini bilan Samarqandni qo'lga kiritish uchun jangga otlanadi. Shahar у yetti oy qamal qilinadi. Boysung'ur Mirzo Shayboniyxondan madad kutadi, biroq Shayboniy qo'shinlarining yordami besamar ketadi. Natijada shahar hukmdori Qunduzga Xusravshohdan panoh izlab ketishga majbur bo'ladi. Bobur M irzoni Samarqand shahri ulug'lari, beklar mamnuniyat bilan qarshi oladilar. «Bobumoma»da mualUf bu voqeani iflixor bilan quyidagicha bayon etadi: «Rabiulawal oyining avoxirida (1497-yil noyabr) kelib arkta Bo'stonsarog'a tushtum. Tengri taoloning inoyati bila Samarqand shahri va viloti muyassar va musaxxar bo'ldi» (43-bet). Sharqning eng yirik, boy va mashhur shaharlaridan biri bo'lgan Samarqandning qo'lga kiritilishi yosh hukm dorni nihoyatda sevintiradi. U keyinchalik «Bobumoma»da bu azim shahaming tabiati-yu masjid va madrasalarini, Ulug'bek Mirzo barpo etgan rasadxona-yu saroy va maqbaralami ehtiros bilan tasvirlaydi. Afsuski, Bobur Mirzoning sevinchi uzoqqa cho'zilmaydi. Y yetti oy qamal ichida qolgan shahar nihoyatda xarob holda edi. Ozuqa zahiralari tugagan, dehqonchilik o'zaro urushlar natijasida izdan chiqqan, shahar aholisi aftoda bo'lib qolgan edi. Yosh hukmdor bu ahvoldan qutilish choralarini qanchalik izlamasin, biror maqbul tadbimi amalga oshirish imkondan tashqari edi. Bobur M irzo qo'shinlari Samarqanddan hech qanday o'lja qo'lga kirita olm aydi. A w alo, hukmdoming o'zi xalqni talashga mone’lik qiladi. Oqibatda oziq-ovqat tanqisligi seziladi, shuningdek, askarlar uylarini sog'ina boshlaydilar.
2.1.Shoirning ruboiy va tuyuqlari tahlili.
Bobur Mirzo devonida Sharq she’riyatining g'azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard, muammo kabi janrlarida ijod etilgan she’rlar jamlangan. Ular orasida g'azal, ruboiy, tuyuq janrida ijod etilgan she’rlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shoiming nazmiy asarlari, jumladan, g'azallarida an’anaviy ishq mavzui yetakchilik qiladi. Ijodkoming ma’shuqa ta’rif-tavsifi, hijron iztiroblari, visol umidi, she’r qahramonining turli ruhiy holatlari tasviriga bag'ishlangan oshiqona g'azallarida m uallif sohir musawir yanglig' she’rxon ko'z o'ngida turli manzaralami namoyon eta oladi. Undagi so'z sehri, misralaming quyma va ravonligi, uslubning soddaligi, o'quvchiga badiiy zavq bag'ishlaydi. Jumladan, Bobur Mirzo ishq balosining har dam jafo keltirishini ta’kidlagani holda, undan ayri tusholmasligini quyidagicha badiiylashtiradi: Baloi ishqki, har dam manga jafoyedur, Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur. «Ajab baloye» tarzida ta’riflangan ishq she’r qahramonining taqdirida bitilgani bois uni hijron iztiroblari bilan qarshilantiradi. Bu iztiroblaming nihoyatda mubolag'ali tasviri ma’shuqa ishqida o'rtanayotgan oshiqning ruhiy holatini yanada teranroq idrok etishga imkon yaratadi: