Yoz fasli, yor vasli, do'stlam ing suhbati, She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. Yoz faslida chog'ir ichmakning o'zga holi bor, Kimga bu nash’a muyassar bo'lsa, bordur davlati. Ishq dardini chekib, har kimki topsa vasli yor, U l zamon o'lg'ay unut yuz y ilg 'i hijron shiddati. Do'stlam ing subbatida ne xush o'lg'ay bahsi she’r, To bilingay har kishining tab’i biria holati. G ar bu ishni muvofiq topsang uch vaqt ila, M undin ortuq bo'lm ag'ay, Bobur, jahonning ishrati. LafF-u nashr badiiy san’atidan mahorat bilan foydalanish Bobur Mirzo she’riyatidagi yetakchi uslubiy jilolardan biridir. Yuqoridagi g'azalning matlaida laff-u nashri nomurattab qo'llanganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Undagi tartibning o'zgaiganligi birinchi misrada keltirilgan tushunchalaiga ikkinchi misrada o'mi almashgan holda hukm chiqarilganligidir. «Yor vasli» bilan «ishq dardi» orasida mutanosiblik mavjud bo'lsa, «yoz fasli»ga «she’r bahsi»dan ko'ra «bodaning kayfiyati» uyg'unroqdir. Zero, yoz yigitlik ramzi bo'lsa, «bodaning kayfiyati» undan masrurlik, shodlanishni ifodalaydi. «Do'stlaming suhbati» esa «she’r bahsi» bilan qiziydi. Shoir g'azalning beshinchi baytida ayni fikiga urg'u beiganligi ham mulohazalarimizni quwatlaydi. Eng muhim xulosa g'azal maqtaida o'z ifodasini topgan: Aytilgan uch ish uch vaqtda muvofiq topilsa, jahonning ishrati bundan ortiq bo'lmaydi. Ko'rinadiki, g'azalda hayotsevarlik, insonparvarlik g'oyalari yetakchilik qiladi. Borliq go'zalligidan bahra olish, umrning takrorlanmas qimmatli onlarini shod-u xurramlik bilan do'stlar davrasida o'tkazish g'azaldagi uch tayanch fikr sifatida namoyon bo'ladi. Do'stlar davrasi bilimdonlik maydoni hisoblangan she’r bahsi bilan yanada farahli ekanligi, ishq dardida o'rtanib mahbuba vasliga vosil bo'lish oliy saodat sanalishi baytlar bag'riga singgan olijanob g'oyalaidir. Bobur Mirzo g'azaliyoti rang-barang mavzularda ijod etilganligi, unda muallifning samimiy hislari va taassurotlari ravon uslubda badiiy ifodalanganligi bilan nihoyatda qimmatlidir. G'azallardagi boburona uslub unda tasvir etilgan mavzuni she’rxon ko'z o'ngida aniq gavdalanishiga imkon yaratadi. Eng muhimi, ulaming badiiy jihatdan mukammalligidir. Bobur M irzo badiiy jihatdan barkam ol g'azallari bilan A lisher Navoiydan keyin o'zbek g'azalchiligi taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdi. 12.4. Shoim ing ruboiy va tuyuqlari tahlili Bobur M iizo she’riyatida ruboiy janrida bitilgan asarlar ham alohida ahamiyatga mohk. Sharq mumtoz adabiyotida asosan ilohiy-irfoniy, ijtim oiy-siyosiy mohiyat kasb etgan ruboiy jamming mavzu doirasi keyinchalik ancha kengayib bordi. Turkiy adabiyotda Alisher Navoiy o'zining ruboiylari bilan bu janrda rang-barang mavzuda ijod qilish mumkinligini amalda isbotlagan bo'lsa, Bobur Mirzo shu an’anani yanada ravnaq topishida o'z hissasini qo'shdi. Shoiming ruboiylari g'azallarida kuzatilgani kabi sodda va ravon uslubda ijod etilgan. Ijodkor g'azallarining aksariyati oshiqona mavzuda bitilgan va ularda o'm i bilan shoiming hasbi holiga murojaat etilgan bo'lsa, ruboiylarida shoiming ko'rgan-kechirganlari, taijim ai holi, vatan sog'inchi va hijron iztiroblari mavzui yetakchiiik qiladi. Shuningdek, shoir orifona, oshiqona, axloqiyta’lim iy mohiyat kasb etuvchi ruboiylaming ham muallifidir. Bobur M irzo she’riyatida Allohga solih banda bo'lish umidi balqib tuigan, uning rizoligiga erishishdek ulug‘ saodatga musharraf bo'lish orzusi ufuigan hamda ulug' Tangrining buyukligini vasf etuvchi ruboiylar mavjud. Jumladan, quyidagi ruboiy Bobur Mirzoning hayot sinovlaridan o'tgan bukilmas irodasi Allohning rizoligiga erishish yo'lida ham benazir ekanligini dalillaydi: