Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja


Yog'lig'ingkim , jon bila men xastadurmen zor anga



Yüklə 122 Kb.
səhifə4/15
tarix19.10.2023
ölçüsü122 Kb.
#157126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.


Yog'lig'ingkim , jon bila men xastadurmen zor anga,
Xasta jonlar rishtasidindur magar bar tor anga.
Evrulur boshingg'a-vu goho yuzungga yuz qo'yar,
Bu jihatdin ot emish gulpech-u gah gulzor anga.
B ir chamandur sahnikim, bo'lg'ay binafsha sarbasar,
Tegrasi gulzordurkim, bo'lm ag'ay b ir xor anga.
Y og'lig'ing tokim, yuz-u ko'zungga tegmish bordurur,
Yuz maningdek zor-u yuz ming men kibi bemor anga.
Ey ko'ngul, yuz рога qilsa yor tiyg'i, g'am yema,
Lutf etib gar bogiar o'Isa yog'lig'ini yor anga.
Ko'nglum istar yog'lig'ingni, balki andin bir nasim,
Yetsa Boburg'a erur jon biria minnatdor anga.

Shoir g'azalining matlasidanoq Sharq, jumladan, o'zbek ayollarining
nafosat-u nazokati timsoli bo'lgan yog'lig' —ro'molcha tavsifini unga maftun
bo'lgan she’r qahramonining holati bilan yondosh tasvirlaydi. Ro'molcha
—qiyiq xasta jonlaming toridan to'qilgani bois she’r qahramoni uning
bemori-yu zoriga aylangan. Ijodkor bir-biriga daxli bo'lmagan voqeylik
o'rtasida aloqadorlik borligiga o'quvchini ishontiradi. Shu tariqa, ma’shuqa
boshidagi yog'lig' oddiylikdan xalos bo'lib, muqaddaslik kasb etadi. Uning
bu sifati jon iplari uni to'qishda tor bo‘lganligida namoyon bo‘ladi.
Shunday mavzu va mazmundagi g'azal Alisher Navoiyning «Favoyid ulkibar» devonida 373-raqami ostida berilgan. «Yog'lig'in, eykim, tUarsen,
igna mujgonimni qil, Naqsh etarda tori oning rishtai jonimni qil» matlai
bilan ibtido topuvchi bu g'azal bilan Bobur Mirzo she’ri o'rtasida talay
mushtarakliklar ko'zga tashlanadi (Bu haqda yana qarang: Vohidov R.
Qiyiqcha bir bahona. «Buxoro universiteti ilmiy axborotlari». 2004,4-son,
2-4-betlar). Yog'liqqa jon baxsh etilgani uchun (uning torlari-jon rishtalari)
u ma’shuqa boshida tinim bilmay evriladi. Ba’zan seviklining boshiga, ba’zan
esa go'zal yuziga yuz qo'yadi. Shu bois uning nomi goh «gulpech», goh
«gulzor»dir. Shoir yog'lig'ning turli rangdagi gullar bilan nafis
bezatilganligini uning ma’shuqa yuziga yuz qo'yishi, yoming visoliga erishishi
bilan aloqadorlikda tasvir etadi. Natijada ma’shuqa va uning ro'molchasi
go'zalligining bir-biri bilan chambarchas bog'liqligi tasviri she’rxon ko'ngliga
o‘zgacha zavq-u shavq olib kiradi. Ijodkor yana yog'lig' tavsifiga uig'u berib,
o'sha zavq-u shavqning yanada yolqinlashib borishiga zamin hozirlaydi.
Uning sahni bir chaman, boshdan-oyoq binafshazor, chekkalari gulzor
bo'lsa ham, unda biron bir tikan ko'rinmaydi. Ana shunday beqiyos nafislik
namunasi bo'lgan yog'lig'ning go'zal ma’shuqaning yuz-u ko'ziga tegib
turishi she’r qahramoniga o'xshash yuz oshiqni zor-u, yuz-ming oshiqni
bemor qiladi. Bobur Mirzo she’riyatiga xos bo'lgan yetakchi uslubiy
jilolardan biri kutilmaganda tajnis badiiy san’ati vositasida so'z o'yini hosil
qilish g'azalning tahlil jarayoniga tortilgan mazkur beshinchi baytida ham
qo'llangan. Baytning dastlabki misrasida shoir «yuz» so'zini ma’shuqa uzvi
ma’nosida qo'llagan bo'lsa, ikkinchi satrda esa uning raqam ma’nosidan
foydalanilgan. O'mida qo'llanilgan badiiy san’at jozibasi she’rxon ehtirosini
yanada ko'tarilishiga sabab bo'lgan. Keyingi baytda she’r qahramoni ko'ngliga
murojaat qilinadi: «Yoming jafo tiyg'i seni yuz рога qilsa ham g'am yema,
vaqti kelib, yor lutf ko'rsatsa, o'sha jarohatlami go'zal yog'lig'i bilan
bog'lasa, hammasi unut bo'ladi». Go'zallikka oshufta ko'ngilning uning
visoliga yetish umidi bir lahza bo'lsin so'nmaydi. Maqtadagi xulosa shunday
mulohaza yuritishga imkon beradi. Unda tasvirlanishicha, ko'ngil yog'lig'ni
istaydi, Bobur uchun undan esgan bir nasim ham ldfoya, u shunga
munosib ko'rilsa, joni bilan minnatdor bo'lardi.
G'azalda yor va yog'lig' go'zalligi, oshiqning iztirob-u xursandchiligi,
uning orzu-niyatlari shu qadar nafis-u nozik did bilan ifodalanganki,
she’rxon ko'z o'ngida ham mahbuba go'zalligi gavdalanadi, ham oshiqning
ichki tug'yonlarini qalbdan his etish imkoniyati hosil bo'ladi. She’ming
ravon uslubda, turkiy g'azaliyotda keng qo‘llangan vazn (ram ali
musammani mahzuf— foilotun foilotun foilotun foilun)da bitilganligi
(Alisher Navoiyning yuqorida eslatilgan g'azali ham aynan shu vazndadir)
uni qayta-qayta o'qishga undaydi. Shoiming oshiqona g‘azallariga xos bo'lgan
bu fazilat uning muallifining yuksak salohiyat sohibi ekanligidan dalolat
beradi. Shuningdek, Bobur Mirzo Alisher Navoiyning «Koshki» radifli
g‘azaliga yozgan tazmin-g‘azali («Ko'rmagay erdim jam oli olam aro
koshki» misrasi bilan boshlanuvchi) va boshqa adabiy ta’sir asosida vujudga
kelgan she’rlari haqida ham shunday fikmi aytish mumkin.
Bobur M irzo she’riyatida hayotning achchiq-chuchugini tatib
ko'rgan hukmdor shoirning taassurotlari: g'alabadan m asrurlik,
qarindoshlaming pand berib qo'yishidan shikoyat, borliq go'zalligidan
zavqlanish, ona-vatandan judolik va uni qo'msash tuyg‘ulari bilan
bitilgan, shuningdek, pand-nasihat ruhida yozilgan g'azallar ko'plab
uchraydi. Shoir ijodining ilk bosqichlarida yaratilgan g'azallarida ham
yuqorida e’tirof etilgan mavzulardan bahs etiladi. Jumladan, Am ir
Temuming poytaxti bo'lgan Samarqanddek azim shahami ikki marotaba
qo'lga kiritib, ikki marotaba Shayboniyxondek kuchli g'anim ixtiyoriga
topshirish iztirobi, atrofdagi temuriy hukmdorlar, shuningdek, mo'g'ul
tog'alarining layoqatsizligidan yakkalanib qolish azobi hamda Andijon
taxtidan ham ajralib sarsonlikda kechgan kunlar alam i shoirning
«Topmadim» radifli g'azalida o'z ifodasini topgan. Yosh qalamkash va
hukmdor taqdiming bunday achchiq «hazili» ko'ngliga juda qattiq ta’sir
etganligini g'azal matlasidayoq ayon qiladi:

Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin