Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja


Bu olam aro ajab alam lar ko'rdum



Yüklə 122 Kb.
səhifə13/15
tarix19.10.2023
ölçüsü122 Kb.
#157126
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.


Bu olam aro ajab alam lar ko'rdum,
Olam elldin turfa sitam lar ko'rdum .
H ar 1dm bu «Vaqoye»ni o'qur, bilg'aykim ,
Ne ranj-u ne mehnat-u ne g'am lar ko'rdum .

Bobur Mirzo esdaliklari keyinchalik «Voqeoti Boburiy», «Tuzuki
Boburiy», «Tavorixi Boburiy», «Boburiya» tarzda atalib, nihoyat,
«Bobumoma» nomi bilan shuhrat qozondi. Jahondagi eng nodir memuar
namunasi sifatida e’tirof etilgan bu noyob durdonaning yozilishi tarixi haqida
turli xil fikrlar bildirilgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar Bobur M iizo dastlabki
yillardan boshlab o'z saiguzashtlari va turli xil tarixiy voqealami xotira
daftarlarida aks ettirib boigan va keyinchalik hayotining Hindiston davrida
«Bobumoma»ni yozgan, degan fikmi ilgari suradilar. Taniqli adabiyotshunos,
akademik B. Valiyxo'jayev «Bobumoma»ning yozilish sanasi 925-hijriy —
15 18 -15 19-yildan boshlanib, keyingi yillarda sodir bo' lgan voqealar tarixiylik
tamoyiliga ko'ra ketma-ket yozib borilganligini keltirilgan asosli dalillaiga
tayanib e’tirof etadi. Shuningdek, olim «Bobumoma»da hijriy 910, 9 15-
924, 927-93 l-yillardagi, ya’ni 16 yillik voqealar bayonining uchramasligim
mavjud qo'lyozmalardagi kamchiliklar sifatida emas, balki muallifhing o'ziga
xos uslubi sifatida baholaydi. Shu bois tadqiqotchi «Bobumoma»dagi 16 yilga
tegishli bo'lgan voqealar bayonining uchramasligini asaming yaxlitligiga
katta ta’sir ko'rsatmaydi, deya ta’kidlaydi (Qarang: O'zbek adabiyoti tarixi. 5
tomlik, 2-tom, Toshkent: «Fan», 1978, 64-77-betlar. Valiyxo'jayev B.
Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002, 290-297-betlar).
«Bobumoma» o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan nasr namunasidir. Unda
ma’lum bir sanaga oid muhim bir voqea hikoya qilinadi, so'ng voqea
sodir bo'lgan joy (viloyat, shahar)ga tavsif beriladi. Uning geografik o'm i,
o'simlik va hayvonot dunyosi, xalqining urf-odatlari, yirik inshootlari
o'quvchiga tanishtiriladi. Bo'lib o'tgan voqeaning asosiy ishtirokchilari
xususida asarda mufassal ma’lumot keltiriladi. Chunonchi, muallif ulaming
tug'ilgan yili, nasl-nasabi, shakl-u shamoyili, xulq-atvori, urushlari,
viloyati, avlodi, xotinlari, umarosi haqida bilganlarini bayon qiladi. Shu
tariqa o'quvchi asaming bosh qahramonlari boshidan kechiigan jang-u
jadallami ko'z o'ngidan o'tkara boshlaydi. Asaming sodda va ravon uslubda
yozilganligi kitobxonni voqealar girdobiga chorlaydi. U X V — X V I asrdagi
Muvarounnahr-u Xuroson, Afg'oniston-u Hindistondagi ko'plab tarixiy
shaxslar, bu mamlakatlardagi turli viloyatlaming tabiati, shaharlari va
ulardagi memoriy yodgorliklar, asar muallifining jang-u jadallardagi
ruhiy holati bilan bir qatorda, uning bunyodkorlik faoliyati, ilm -u ijodi
bilan yaqindan tanishadi. Shunday qilib, «Bobumoma»da, eng awalo,
ancha muallifning hayotiga doir mufassal tarzdagi qaydlar hamda Husayn
Boyqaro, U m arshayx M irzo , Sulton Ahm ad M irzo , Sulton
Mahm udxon, Shayboniyxon, Xusravshoh, Badiuzzam on M irzo,
Muzaffar Mirzo , Mo'min Mirzo singari katta-kichik toj-u taxt egalari,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muhammad Solih, Kamoliddin
Binoiy, Behzod, Mirak naqqosh, Husayn Udiy singari adabiyot va san’at
arboblari haqida atroflicha hikoya qilinadi.
«Bobumoma» madaniy hayotga doir keltirilgan dalillaming mohiyati
va ilmiy qimmati nuqtai nazaridan g'oyat muhim bo'lib, bevosita shu
vazifani zimmasiga olgan tazkiralar bilan bemalol iaqobat qila olishga qodir
asarlardandir. Mazkur asar, eng awalo, o'z muallifining qamrovli faoliyati
va ijodiyoti haqida mukammal tasawur hosil qila olishi bilan qadrlidir.
Asarda tarixiy shaxs, sarkarda, davlat va jamoat arbobi Bobur Mirzo bilan
bir safda yetuk olim, donishmand adabiyotshunos, zukko tanqidchi va
zabardast shoir qiyofasidagi Bobur Mirzo ham harakat qiladi, qadam
tashlaydi. Bobur Mirzoda tajassumini topgan badiiyatga ixlos va ishtiyoq,
baland iqtidor va she’riy salohiyat asaming umumiy ruhiga o'z ta’sirini
o'tkazib, muhrini bosgan. Uning mutolaasi bilan mashg'ul bo'lgan kitobxon
sahifalardagi har bir lavha tasvirida buni yorqin his etadi.
Fikrim izcha, asar ta’sir kuchini baland ko'taigan, uning serzavq
va o'qishliligini ta’min etgan omillardan biri ham ana shu fikriy teranlik,
yuksak hissiyot va shoirona zavqdir. Bobur Mirzo qonida jo'shib turgan
she’riyatga bo'lgan baland mehr uni, hatto mag'lubiyat va ruhiy
tushkunlik chulg'agan damlarda ham tark etmaydi. Aksincha, unga madad
va dalda beradi, so'lg'in kayfiyatini ko'taradi, umid va ishonch sari
boshlaydi. Zabardast adibdagi mana shu ikki qarama-qarshi qutb talvasasi
«Bobumoma»da o'chmas iz qoldirgan.
Asam ing 150 1 —150 2-y illa r voqealari bayoni qism idan o'sha
tushkunlik, ruhiy qiynalish azob-iztiroblari aks etgan mana bu mo'jaz
parchani olib ko'raylik:
«Bizga qurbon iydi Shohruhiyada bo'ldi. Betavaqquf o'tub, xon
qoshig'a Toshkantga bordim. Bu ruboiyni aytib edim. M a’lum qofiyasida
taraddudim bor edi, ul mahalda she’r mustalahotig'a muncha tatabbu’
qilmaydur edim. Xon xushta’b kishi edi, she’r aytur edi, agarchi saru somonlik g'azali kamroq edi, bu ruboiyni xonga o'tkarib, taraddudimni
arz qildim. Ko'ngul tingudek shofiy javob topmadirh... Ruboiy budur:


Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin