2-§.Teng bog‘lovchilar gap bo‘laklari va sodda gaplarni teng munosabatda bog‘laydi. Ular quyidagicha turlarga bo‘linadi: 1) biriktiruv; 2) zidlov; 3) ayiruv; 4) inkor bog‘lovchilar.
1. Biriktiruv bog‘lovchilarva, hamda so‘zlaridan iborat bo‘lib, ular gapning uyushiq bo‘laklarini yoki sodda gaplarni o‘zaro bog‘laydi.
Vabog‘lovchisi qo‘shma gan tarkibidagi sodda gaplarni bir-
biriga bog‘laganda: a) o‘zi bog‘lagan sodda gaplarda ifoda qilingan ish-hrakat, voqea va hodisalarning bir vaqtda bo‘lganini ko‘rsatadi: Soy g‘o’villab oqar va uning suvi qirg’oqda o‘sgan o‘tlarni silkitar edi. (O.); b) ish-harakatning ketma-ket bo‘lganini ko‘rsatadi: Bahor keldi va daraxtlar gullay boshladi.
Hamda bog‘lovchisi sodda gaplar va uyushgan bo‘laklarni o‘zaro teng munosabatda bog‘laydi.Uyushgan bo‘laklarning oxirgisidan oldin kelganda, uyushgan bo‘laklar orasidagi tenglikni ko‘rsatish bilan birga, oxirgi uyushgan bo‘lakni ajratib ham ko‘rsatadi: Anvar, Qodir, G‘olib hamda Ruxsoralar guruhimiz a’lochilaridir.
Rahbariy adabiyotlar ro’yxati Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil,
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlashyurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil,
Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident i lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi.- Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2016.
Karimov I.A. Ozbekiston XXI asr bosagasida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., Ozbekiston, 1997.
Asosiy adabiyotlar ro’yxati 1. Abdurahmonov G 1., Shukurov Sh. O 'zbek tilining tarixiy grammatikasi. -Toshkent, 2009.