Mavzu: bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni ko’zatishning ahamiyati



Yüklə 323,1 Kb.
səhifə3/10
tarix11.07.2023
ölçüsü323,1 Kb.
#136319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni ko’zatishning ahamiyati. Ba’zi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar hali tevarakatrofni ko’zatishni, uni mo'ljal olishni yaxshi o'zlashtira olmagan bo'lishlari ham mumkin bo'ladi. Masalan: o 'z uylariga borishni bilmaydi. Lekin, aksincha bog'da bolalar bilan u o'ynaladigan o'yinlarning kamchiligi, mashg'ulotlar va boshqa ko'pgina bolalar ijodi tevarak-atrof bilan bog'liq. Masalan: Boshlang'ich sinf (1-sinf) o'quvchisidan talab qilinadigan narsalardan biri-daftar yoki kitob varaqlarning farq qila bilishi. O 'ng varaq, chap varaq va h.k. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni aslida tevarak-atrof bilan tanishtirishning bu borasi shu bet yoki varag'idagi chizilgan, aks etgan rasmlar yordamida tushuntiriladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tevarak-atrofni bilishda ega bo'lgan barcha bilimlarini puxtalash, uni ko’zatish, mo'ljal olish malakalari hamda uni belgilay olishlari kabi ko'nikmalarini mustahkamlash va tevarak-atrofhaqida o'z fikrlarini to'la bildira oladigan terminlarning bolada yaxshi o'zlashtirilishini o 'z vaqtida ta'minlab borish zarur. Bu bilim malaka va ko'nikmalarning barchasi 1-sinf o'quvchisining materialini muvaffaqiyatli o'zlashtirishdagi yutug'i bo'lib hisoblanadi. Tevarak atrofni anglashda psixo-fiziologik mexanizmga ham bog'liqdir, u nison ongidagi ko‘rish,eshitish. so'zlash. eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg'ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak atrofhaqidagi lug'atlarining boyib boi'ishi. Ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet eliarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab. sekin-asta tevarak-atrofii o'rgatishda, umumiy tushunchalami ikkinchi signal sistemasiga bog'lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.Tevarak-atrofni idrok qilish biror bir mo4jal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya’ni tanasining tomonlari bilan m o‘ljal qiladi. Bog‘cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so'zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o‘ngra. Yosh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo‘lib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali m o‘ljalga oladi. Keyinroq borib so’nga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda ifodalashdir ya’ni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o‘ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘Iadi, qaysiki bu tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga. Shunday qilib bog‘cha yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi davridir. Bola qanday qilib bundan foydalanadi? Ko’zatishlardan shu narsa ayon bo‘Idiki yuqorida degan so‘zda bola — boshi to’rgan tomonni, pastda esa — oyoqlari to’rgan joyni, oldinda — yo’zi tomonni, orqasida esa — orqasini, o‘ngda — o'ng qo‘li qaepda bo‘lsa o‘sha tomonni, chapda — chap qo‘li qayerda bo‘lsa o'sha yerni idrok qilgan. O cz tanasi bo'yicha tevarak — atrofni idrok qilish bu boshlang;ich idrok bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy tomonlarni 3 ta guruhi, qaysiki odam tanasining turli qismlari bo‘vicha eng birinchi bo'lib yuqori farqlanadi. Bunda bola. tanasi vertikal holatida aniqlaydi. Qolganlari esa kechroq aniqlanadi va farqlanadi bola tomonidan. Bola tomonlarining juft, qarama qarshi tomonlarini guruhini o'zlashtirsa ham, hali u uning aniqligida yanglishadi. Bolalar uchun asosiy qiyinchiliklar o’ng va chapni ajratishdir. Ko’zatishlardan bola bu qarama-qarshi tomonlarni asta-sekin egallab boradi. qaysiki ularni tajribalari orqali egallab boradilar. Bilimlarni m ustahkam lash uchun o'yinlar
1. « O‘ng va chap» o‘yini. Bolalar xona bo'ylab harakat qiladilar. Tarbiyachi o'ng va chap so'zlari bilan boshlasa bo'ladigan tana a’zolaridan birining nomini aytadi, masalan, “o‘ng i|o'l" deydi. Shunda bolalar o‘zlariga juft topib, bir-birlarining o'ng qo'llarini uslilashi kerak. Tarbiyachi o'yinni davom ettirish uchun o'ng va chap qo'l so'zlari bilan boshlasa bo'ladigan tana a’zolarinirig nomini aytadi (Masalan. chap qo'l, o'ng qo'l bosh barmog'i, o'ng va chap qo'l).
2. “Harakatni o'zg a rtir” o'yini. Bu o'yinda piktogramma usulida tomonlarni shartli belgilar bilan belgilab olinadi va musiqa ostida ko'rsatilgan belgi bo'yicha harakat qilinadi. Bolalarga qaysi belgida qanqay harakatlanishi oldindan o'rgatiladi. Bolalarning tevarak-atrofidagi fazoda mo‘ljal olishni o‘zlashtirishi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o'tkazilgan tajribalardan shuni ko'rish iiHimkinki, bolalar tevarak-atrofni mo’ljal olishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy lutlium.-luilardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar. Illuming nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so'zlari (biror ptalmclni ko'rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi Icrminlar bilan. almashinishi buning yaqqol guvohi bo'la oladi. Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig'ini aniqlay bilishi boshlang'ich bilimlarning rivojlanishidir. Bolaning tabiatni, atrofni yanada ko'proq o'rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u «oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi egalianishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin», «ketma-ket» qo'shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o'yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o'rtada, qo'g'irchoq esa oxirgi o'rinda turibdi. Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o'rnini aniqlashga (oriyentirovka qilishga) o'rganayotganida «yonma-yon» so'zining ma’nosiga keyinroq tushunadi, yoki «o'rtada», «orasida» kabilarni o'rganib bo'lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so'zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o'ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak-atrofni mo'ljal olishga o'rgatish ishini turli yo'llar va yo'llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog'liqdir, u inson ongidagi ko'rish, eshitish, so'zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Avniqsa, bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg'ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi lug'atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o'rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog'lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak-atrofni o’zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir. K o'rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish. Tevarak-atrofni idrok qilish biror bir mo'ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o'zining sezgilari orqali idrok qiladi. ya’ni tanasining tomonlari bilan m o'ljal qiladi. Maktabgacha ta'lim yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so'zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda - orqada, yuqoriga - pastga. chapga - o‘ngga kabi. Yosh bolada tevarak-atrofni idrok qilishda bolaning o‘z tanasi asosiy markaz boTib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo‘ljal oladi. Keyinroq borib so’nga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda ifodalashdir, ya’ni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o'ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo'ladi, yuqoriga, pastga, oldinga. orqaga, o‘ngga, chapga kabi. Shunday qilib, bog‘cha yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi davridir. Masalan, “Bayroqchaga qarab y u r” o‘yini. M aqsad: Bu o'yin bolaning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi. 0 ‘yinning borishi: Tarbiyachi mashg‘ulotni boshlashdan oldin xonaning turli joylariga bayroqchalarni qo‘yib chiqadi. Tarbiyachi bir bolaga topshiriq beradi. “Shkafga borib, chapga, chapga 6 qadam yur va uchburchak shaklidagi bayroqchani ol” bola topshiriqni bajarib, bayroqchani topadi. Bolalar bunday topshiriqni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan "8 qadam oldinga yur, o'ngga buril, 4 qadam yur, chapga buril. U yerda to‘rtburchak shakldagi bayroqchani topasan. O'yin bir necha marta takrorlanadi. Yana bir o‘yin «K undo’zi kim qayerda ishlaydi?» o‘yinini boshlagach, tarbiyachi: ’’Kundo’z - shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlaydi. Ba'zilar chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot yetishtiradilar, fabrika va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini go'zal qiladi va xursand qiladi. Mana, biz ham shahar ko'chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko;ramiz. Kundo’zi ko‘chalarda odamlar. mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilish kerak. Qani. eslab ko'ringlar, ko'chadan o'tavogganda qanday qoidalarga riova qilish kerak? Ko'chada o'zini qanday tutish kerak?’’deb aytadi. Shahar ko'chalari bo'ylab sayohatdan so‘ng tarbiyachi illyustratsivadan foydalanib, bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi. geometrik materiallarni o`rganishning asosiy vazifasi geometrik figuralarni, nuqta, to`g`ri chiziq, kesma, siniq chiziq, ko`pburchak, burchak, aylanalar haqida aniq tushunchalar va tasavvurlar hosil qilishdan iboratdir. Shuning uchun mashqlar sistemasi va geometrik masalalarning mazmuni fazoviy tasavvurlar to`g`risida bilim, malakalar asosida ko’zatishlari, taqqoslash, abstraktlashtirish va umumlashtirishga qaratilmog`i lozim. Eng avvalo o`quvchilarga geometrik figuralarni o`lchash va chizma chizish, shuningdek chizish va o`lchash qurollari bilan hamda ko`z, qo`l va hokazolar bilan malaka berishdir. Shuningdek, tarqatma qurollar, qog`oz, turli xil figuralarni yasash ham kiradi. Sinfda albatta chizg`ich, chizg`ich uchburchagi, sirkul bo`lishi shart. Geometrik materiallar mos holda o`qitilishi olzim. Boshlang`ich sinflardagi geometrik materialllar maktabgacha tarbiya muassasalarida o`qitiladigan materiallar bilan bog`liq bo`lib, biroz murakkablashtirlgan holidir. Hattoki, maktabgacha davrda shar , kub, aylana, kvadrat, uchburchak, to`g`ri burchakli uchburchaklar bilan tanish bo`ladilar. Boshlang`ich sinflarda tushunchalarga aniq bilim va tasavvo’rni berish kerak. Bu tushunchalarni ko`rsatish, atash, chizish va hattoki, qog`oz va doskada berilgan o’zunlikdagi figuralarni yasay olishi lozim. 1-sinfdayoq nuqta bilan tanishadilar. Katakli daftarda nuqtalar qo`ygan va ularni tutashtirish vazifasini beradi. Nuqtalar olib ularni tog`ri chiziq bilan tutashtirishni bajartiradi. Shundan keyin o`quvchilr nuqtalar, to`g`ri chizq yoki yozishni va ularni kesmaalar yordamida birlashtirishni tushunib olailar. Ko`pburchaklar bilan tanishganda ularning uchlari nuqta ekanligini bilib oladilar. 2-sinfada nuqtalarni A,B,C,D,… harflar bilan belgilaydilar. Doskadagi chizilgan aylana va to`rtburchakning ichida, ustida va tashqarisida yotgan nuqtalarni yozing va o`qing degan topshiriq beriladi. 1-sinfdan boshlab to`g`ri chiziq to`g`risida tusuncha turli vazifalarni bajarishgda beriladi. U bilan bir vaqtda egri chiziq haqida tushuncha ham ipni tortib turish, bo`shatish kabi mashqlarda tushuntiriladi. Endi chizg`ich orqali qog`oz va doskada to`g`ri chizish malakasini egallaydilar, uni atrofdagi predmetlar bilan taqqoslaydilar, qaysilari to`g`ri chiziq, egri chiziq ekanligini aytadilar. Kesma bilan ham amaliy ishlarni bajarishda tanishtiradi. Kesma nuqta orasidagi to`g`ri chiziqning qismi ekanligi haqida ma’lumot beriladi. Undan keyin kesmalarni o`lchash to`grisida santimetr, millimeter, detsimetr, metr kabi birliklar bilan ham tanishadilar. Ko`pburchaklarning elementlari bilan tanishganda uning tomonlari kesma ekanligini bilib oladilar. 2-sinfda harflar bilan belgilanganda, nuqtalar yordamida kesmalarni ikki harf bilan belgilash kiritiladi. Bu figuralar haqidagi tushuncha boshlang`ichning barcha sinflarida ketma-ket berib boriladi. 1-10 o`nlikda bular didaktik materiallar sifatida qo`llaniladi. Ular yordamida o`quvchilarni sanashda, sonlarni taqqoslashda, masalalar yechishda foydalanadilar. Keyinchalik aylana, uchurchak, kvadrat shakllari bilan ham tanishadilar. Asta- sekin ko`pburchakning elementlari: tomonlari, burchaklari, uchlari kabilar bilan tanishadilar. Qog`oz, yog`och va plastmassalardan yasalgan uchburchakning 3 tomoni, 3 burchagi, 3 uchi borligini bilib oladilar, keyin ularni turli xil narsalardan o`zlari yasaydilar. Keyingi bosqichlarda uchburchak turlari, ( to`g`ri burchakli uchburchak, teng tomonli uchburchak, o`tkir burchakli uchburchak, o`tmas burchakli uchburchak) kabilar bilan tanishadilar. Shu reja asosida to`g`ri burchak bilan tanishib chiqadi. Besh va olti burchaklarni ham o`rgandan keyin umumiy holda ularni ko`pburchak deb atash va tomonlari, uchlari va burchaklari sonlari bir xil bo`lishini keltirib chiqaradilar. 1-sinfdayoq to`g`ri burchak tushunchasi kiritiladi, uni tushuntirish quyidagicha olib boriladi. Birgalikda qog`oz olib ularning uchlarini baravarlashtirib, ikki martadan buklab teng uchburchak hosil qiladi. Har qanday qog`ozni olib shunday ikki buklaganda teng burchaklar hosil bo`lishini bilib, ularni tog`ri burchaklar deb atashni qabul qiladilar. Shunday to`g`ri burchaklarga nisbatan atrofdagi mavjud burchaklarning undan katta yoki kichikligini taqqoslaydilar, shu asosda to`g`ri burchaklardan kichiklarini o`tkir burchaklar deb qabul qilishga ega bo`ldilar. To`g`ri to`rtburchakning barcha burchaklarining to`g`ri bo`lishini va ularning qarama-qarshi tomonlarining tengligini buklash asosida keltirib chiqaradilar. 1-2 sinflarda to`g`ri to`rtburchakni o`quvchilarga chizsh orqali yasashni o`rgatadi, 3 -sinfda esa chizg`ichi va chizg`ich uchburchagidan foydalanib to`g`ri to`rtburchak yasashni o`rgatadi. Shu asosda to`g`ri to`rtburchakning tomonlari teng bo`la kvadrat hosil bo`lishini keltirib chiqaradi. Ko`pburchaklarga doir tushunchalar turli xil geometrik mazmundagi masalar yordamida tushuntiriladi va mustahkamlanadi. 2-sinfadan boshlab doira va aylana tushunchasi bilan tanishadilar. Sirkul yordamida chizib ularning radiusi va markazi tushunchasi kiritiladi. Radiuslarning tengligini o`lchash orqali kelitirib chiqaradilar. Ko`pburchak v a aylanani taqqoslab, ko`pburchakning chegarasi yopiq siniq chiziq, aylananing chegarasi yopiq siniq chiziq ekanligi tushunchalari hosil qilinadi. 2-sinfdan boshlab siniq chiziq, uning o’zunligi, ko`pburchakning perimetri va uni o`lchash, yopiq va ochiq siniq chiziqlar tushunchalari bilan tanishadilar. Bu tushunchalar masalalar yordamida 2-3-4-sinflarda mustahkamlanadi: Masalan: 1. Kvadratning perimetri 2dm 4sm bo`lsa,. Uning tomoni qancha va chizing. 2. Bir tomoni uy va qolgan tomoni devordan iborat kvadrat berilgan. Uyning o’zunligi 9 m bo`lsa, devorning o’zunligi qancha? Bunday masalarni yechganda ularning chizmalarini chizish foydali, tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o`quvchilarga shunday o`xshash geometrik mazmunli masalalarni to’zishga doir topshiriqlar berish ham talab qilinadi. Masalan, a) masala shartida tushirib qoldirilgan sonlarni tanlab o`rniga qo`ying, to`rtburchakning perimetri 25sm, 3ta tomoni 5,6,7 sm, to`rtinchi tomoni qancha? B) yechilgan masalaga teskari masala to’zing; v) formulalar bo`yicha masalalalr to’zing. Masalan: S=a*b Boshlang’ich sinflarda gеomеtrik matеrial bilan tanishtirishning muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda fazoviy tasavvurlarni taraqqiy ettirish dеb hisoblasak, nima uchun kichik yoshdagi o’quvchilar bilan ishlashda ulardan tanish shakllarni ajratilgan hollardagina tanishni emas, balki ancha murakkab hollarda ham ajrata bilib, tanib olish imkonini bеruvchi mashqlarni (aytaylik tanish figura murakkabroq konfiguratsiyaning elеmеnti) kiritish mumkin emas. Bu narsa har holda olingan bilimlarni amaliy masalalar yеchish uchun qo’llashda ham va o’quvchilarni gеomеtriyani yuqori sinflarda o’rganish ishiga tayyorlashda ham juda muhimdir. Masalan: o’quvchilarni uchburchak va to’rtburchaklar bilan tanishtirishda ularni sun'iy ravishda boshqa ko’p burchaklar bilan chеklamaslik kеrak. Bizningcha, o’quvchilarga o’rganilayotgan figuraning nima uchun uchburchak (uchta burchagi bor), boshqasi to’rtburchak (to’rtta burchak) ekanligini aytib, olti, yеtti burchakni ko’rsatib, ularni nomini so’rasak dasto’rni kеngaytirgan bo’lmaymiz. Shuning bilan birga bu mashq ko’rilgan figuralar qandaydir figuralarning xususiy ham ekanligini, bulardan boshqa yana juda ko’p ko’pburchaklarning borligiga tushunishi imkoniyatini bеradi. Bu hol o’quvchilarning tafakkurini taraqqiy ettirishi va ularning matеmatik bilim darajasini kеngaytirish uchun muxim ahamiyatga egadir. Biz o’quvchilarda aytaylik to’g’ri to’rtburchakning yo’zi haqida umumlashgan tasavvur shakllanishini istar ekanmiz, uning qarama karshi uchlarini birlashtirishda hosil bo’lgan figurani yo’zini yoki to’g’ri to’rtburchak ichidan tanishib bo’lgan figurani qirqib olib qolgan qismini yo’zini hisoblashga kеladigan mashqlar tanlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni bajarishda o’quvchilar to’g’ri to’rtburchakni yo’zini hisoblab, uning ayrim xossalari bilan tanishadilar, natijada uchburchakning yo’zi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. To’g’ri to’rtburchakni yo’zidan kvadratni yo’zini qirqib olish natijasida ular o’zlariga notanish bo’lgan figuralarni yo’zlarini o’lchash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Ana shunday mashqlarni ishlab chiqish va ularni sistеmaga solish, ularni o’tkazishning eng qulay mеtodikasini topish hozirgi kunda matеmatikaning boshlang’ich o’qitish mеtodikasining oldida to’rgan eng muhim vazifalardan biridir. “ To’rburchak va bеshburchak” tushunchalari bilan tanishtirish. O’qituvchi o’quvchilarning diqqatini qizil rangda bo’lgan to’rtburchaklarga qaratadi. Lеkin bu figuralar ixtiyoriy joylashgan, gruppalarga ajratilmagan har xil o’zunliklarda va har xil matеriallardan yasalgan bo’lishi mumkin. Masalan, birinchi rasmdagi tasvirga o’xshash kartina doskaga osib qo’yilishi ham mumkin.

O’qituvchi hamma qizil rangdagi figuralarni to’rtburchak dеb atalishini o’quvchilarga aytadi. Ko’k rangdagi figuralarni esa bеshburchak ekanliginio’quvchilarga aytadi. Shundan kеyin o’quvchilar oldiga savol tashlanadi: “sizlar qanday fikrdasizlar, nima uchun qilil figuralarni to’rtburchak, ko’klarini bеshburchak dеymiz?” Bu savol o’quvchilar oldiga qo’yilgan muammo bo’lib, bu ularni ko’zatishga, taqqoslashga majbur qiladi va ularni mantiqan fikr yuritib, to’rtburchak va bеshburchak amallarini o’zlariga ma'lum bo’lgan to’rt va bеshburchak so’zlariga ajratish kabi mantiqiy opеratsiyalar bajarishga olib kеladi. Xulosa qilib aytganda, maktab boshlang’ich sinflarida gеomеtrik matеrialni o’rganishda hozirgi vaqtda asosan amaliy maqsadlar ko’zda tutiladi, chunki figuralarning xossalarini o’rganish, kеrakli tassavurlarni barpo etish, o’quvchilarni yo’zalar yoki hajmlarni hisoblashga doir amaliy masalalarni yеchish uchun zarur bo’lgan amaliy o’quv va malakalar bilan qurollantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Amaliy ta’limiy faoliyatning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda “o’ziga” nibsatan o’ng, chap, yuqori tomonlarni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning bpripchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng-chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik tug’diradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturnnng bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi.

Yüklə 323,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin