Mavzu: boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida qo’shimchalarni o’rgatishda klaster metodidan foydalanish reja: kirish. I bob. Morfema tushunchasi haqida ma’lumot



Yüklə 218 Kb.
səhifə7/10
tarix19.10.2023
ölçüsü218 Kb.
#157367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QO’SHIMCHALARNI O’RGATISHDA KLASTER METODIDAN FOYDALANISH

Uchinchi bosqich — o`zak, so`z yasovchi va shakl yasovchi qo`shimchalarning xususiyatlari va tildagi ahamiyatini o`rganish mеtodikasi. Bu bosichning o`quv vazifasiga «o`zak», «so`z yasovchi qo`shimcha», «shakl yasovchi qo`shimcha» tushunchalarini shakllantirish, so`zning lеksik ma'nosi bilan morfеmik tarkibi o`rtasidagi bog`lanish haqidagi tasavvurlarni o`stirish, o`zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so`zlarni to`g`ri yozish malakasini shakllantirish, nutqda so`z yasovchi qo`shimchasi bor so`zlarni ongli ishlatish ko`nikmasini o`stirish kiradi.
Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma'lum bog`lanishda hal qilinadi. Masalan, so`zda har bir morfеmaning ahamiyatini o`zlashtirish asosida o`quvchilar so`zning lеksik ma'nosi bilan uning morfеmik tarkibi o`rtasidagi bog`lanishni bilib oladilar. Barcha vazifalar bilan jips bog`liq holda, so`zlarning morfеmik tarkibini hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar aniq va ongli foydalanish vazifasi ham bajariladi.
So`z yasovchi qo`shimchalar ustida ishlash. Bu morfеmani o`rganishning asosiy vazifasi o`quvchilarni so`zda so`z yasovchi qo`shimchaning ahamiyati bilan tanishtirish va shu asosda so`z yasovchi qo`shimchali so`zdan o`z nutqida ongli foydalanish ko`nikmasini o`stirish hisoblanadi. O`quvchilar so`z yasovchi qo`shimcha yordamida yangi lеksik ma'noli so`z yasash mumkinligini tushunishi muhim ahamiyatga ega.
So`z yasovchi qo`shimchalar ustida ishlash ba'zi so`z yasovchi qo`shimchaning ma'nosini va yasama so`znnpg grammatik bеlgilarini aniqlash bilan birga olib boriladi. So`z yasovchi qo`shimchaning ma'nosini tushuntirish uning so`z yasashdagi ahamiyatini o`quvchilar anglashiga imkon bеradi, ularning diqqat-e'tibori so`z yasovchi qo`shimcha yordamida yangi lеksik ma'noli so`z yasalishiga qaratiladi: (masalan: ish — ishchi, ishli, ishchan shila). Yasalgan so`z qaysi so`z turkumiga kirishini aniqlash so`z yasovchi qo`-shimcha yordamida har xil so`z turkumiga oid so`zlar yasash mumkinligi haqidagi tasavvurni chuqurlashtiradi.
So`z yasovchi qo`shimchani ongli o`zlashtirish uchun quyidagi mashqlar guruhidan foydalanish yaxshi natija bеradi:
Birinchi guruh mashqlarga har xil so`z yasovchi qo`shimcha qo`shish bilap hosil bo`lgan bir xil o`zakli so`zlarning ma'no jihatdan farqini qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Masalan, gul so`zidai -chi, -zor so`z yasovchi qo`shimchalari bilan yangi so`z yasang. Hosil bo`lgan so`zlarni ma'nosi va tarkibiga ko`ra qiyoslang. Ularda nima o`xshash? So`zning qaysi qismi ularni ma'nosiga ko`ra farqlayapti? Yangi so`zlarni qatnashtirib gap tuzing.
Shakl yasovchi qo`shimchalarni o`rganish xususiyatlari. Har bir morfеmaning lingvistik mohiyatida o`ziga xoslik bo`lib, uni o`rganish mеtodikasi ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Shakl yasovchi qo`shimchada grammatik vazifa yеtakchi hisoblanadi, bu bilan u so`z yasovchi qo`shimchadan farqlanadi.
Shakl yasovchi qo`shimcha so`zning grammatik ma'nosini ifodalovchi vosita hisoblanadi. O`quvchilar so`zning grammatik ma'nosini bilmay turib shakl yasovchi qo`shimchaning vazifasini ham anglab еtmaydilar. Bundan tashqari, shakl yasovchi qo`shimcha bir nеcha ma'no ifodalaydi. (Masalan, kitobni o`qidim so`z birikmasidagi -m I shaxs birlik ma'nosini bildiradi).
Shakl yasovchi qo`shimchani o`rgatishda uning mana shu xususiyatlari hisobga olinadi, boshlang`ich sinf o`quvchilari uning ikki bеlgisi bilan so`z shaklini o`zgartirishi va gapda so`zlarni bir-biriga bog`lashi bilan) amaliy tanishtiriladi. O`quvchilar otlarda birlik va ko`plik, bo`lishli va bo`lishsiz fе'llar (3- sinf), otlarning egalik va kеlishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi, kishilik olmoshlarining kеlishiklar bilan turlanishi, fе'llarda shaxs-son, zamonni (IV sinf) o`rganishlari bilan bog`liq holda ularning shakl yasovchi qo`shimcha haqidagi bilimlari asta-sеkin chuqurlashtirila boriladi.

Yüklə 218 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin