Mavzu: Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari Mundarija


Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida hikoyani tahlil qilish orqali oʻquvchilar nutqini oʻstirish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə13/17
tarix09.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#110305
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari

Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida hikoyani tahlil qilish orqali oʻquvchilar nutqini oʻstirish
Insoniyat rivojlanish taraqqiyotida erishgan eng katta yutuqlari, bu ongi, tafakkuri, nutqi. Ong va tafakkur degan hech qanday moddiylik bilan tenglashtirib boʻlmaydigan ne’mat borki, ahli insoniyat borliqni anglab, moddiy va ma’naviy ne’matlarni yarata oladi. Boshqa elat va xalqlarning ma’naviy va moddiy yutuqlaridan bahramand boʻlish bevosita oʻzaro muloqotning mahsulidir. Muloqot vositasi nutq boʻlib, uni rivojlantirish antik davrda ham, hozirda ham ta’lim jarayonining yetakchi vazifasi boʻlib kelmoqda. Ta’limning har bir bosqichida ta’lim oluvchilar nutqini oʻstirishga alohida e’tibor beradilar. Barchamizga ayonki, nutq tafakkur bilan bogʻliq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bogʻlangan holda oʻstiriladi. Bolalarning nutqi va tafakkurini oʻstirish boshlangʻich ona tili va sinf oʻqish savodxonligi fanidan hikoya oʻrganish darslarida samarali ishlash imkoniyati mavjud.
Darsda oʻqilgan hikoyani oʻquvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, gʻoyasini anglab yetishi uchun tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qoʻllanadi. Oʻqilgan hikoyani analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, oʻqituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni oʻquvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo oʻqituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni soʻraydi. Natijada oʻqituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. Oʻqituvchi bergan savollar yordamida hikoyaning mazmuni aniqlanadi.
Bolaga gapirishni oʻrgatish - bu uning izchil nutqini shakllantirishni anglatadi. Bu vazifa maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirishning umumiy vazifasida ajralmas hisoblanadi. Soʻzlarning izchil shakllarini oʻzlashtirish murakkab va uzoq jarayon boʻlib, malakali pedagogik ta’sir va yetakchilikni talab qiladi. Bolaning izchil nutqini rivojlantirish kundalik hayot jarayonida, shuningdek, sinfda amalga oshiriladi. Bolani hikoya qilishga oʻrgatish, ya’ni oʻz fikrlarini mustaqil ravishda izchil va ravon bayon etishga, oʻqituvchi unga aniq soʻzlar va iboralarni topishga, jumlalarni toʻgʻri tuzishga, ularni mantiqiy ravishda bir-biri bilan bogʻlashga, ovoz va soʻzlashuv normalariga rioya qilishga yordam beradi. Boshqacha aytganda, oʻqituvchi bola nutqining barcha jihatlarini – leksika, grammatika, fonetikasini yaxshilash uchun tizimli va muntazam ravishda ish olib bormogʻi lozim.
Bolaning hikoyalari mazmunan turli xil boʻlishi mumkin: oʻyinchoqlar va oʻyinlar, kundalik hayot obyektlari, bajarilayotgan ish topshiriqlari, boshqa bolalar bilan munosabatlar, tabiat va boshqalar. Bolalar oʻzlariga ma’lum boʻlgan narsalar, faktlar, voqealar haqida gapirishlari muhimdir. Shundagina ularning nutqi yanada izchil va ravon boʻladi. Ta’lim jarayonida bolalarning turli xil hikoyalar yaratish qobiliyatlari shakllantiriladi. Hayotiy mavzulardagi hikoyalar bolaning hayotiy, aniq faktlarni taqdim etishni talab qiladi. Oʻyinchoqlar, oʻsimlik va hayvonlar haqidagi hikoyalar bolaning hayot tajibasi bilan bevosita bogʻliq boʻlganligi uchun ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi, ularning ijodiy fikrlashiga, nutqining ravonlashuviga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.15
Tavsiflovchi hikoya mavzulari rasmlar bilan tuzilishi mumkin. Koʻpincha, hikoya mazmunining oʻquvchilar tomonidan soʻzlab berilishi balalarning idrokini, tafakkurini rivojlantiriladi. Shu bilan birga, tavsiflovchi hikoyada oʻquvchilar xotirasidagi voqeahodisa materiallaridan ham foydalanish mumkin. Turli xil hikoyalarni ijod qilish - bolalar uchun nutq faoliyatining eng qiyin turi hisoblanadi. Shuning uchun, oʻqituvchi asta-sekin oddiy vazifalarni yanada murakkab, ammo ayni paytda ushbu yoshdagi bolalar uchun mos qilib tuzadi. Bolalar tomonidan egallangan nutq malakalarini doimiy ravishda mustahkamlash, ularni takomillashtirish kerak.
Oʻqituvchi, ayniqsa, bolaning diqqatini jalb qilish kerak boʻlgan narsalarni aytib berishda bolalarda qanday qiyinchiliklar paydo boʻlishini aniq tasavvur qila olishi lozim. Oʻqituvchining vazifasi oʻquvchini tanlangan mavzu boʻyicha hikoyani toʻgʻri boshlash va uni jonli, qiziqarli, mantiqiy ravishda ketma-ket yetkazib bera olishga oʻrgatishdir. Oʻquv jarayonida bolaning hikoyasi tinglovchilarga tushunarli, uning barcha qismlari oʻzaro bogʻlangan va tushunarli, izchil boʻlmogʻi lozim. Bolalarning bogʻlanishli nutqni rivojlantirishning muhim sharti - toʻgʻri soʻzlashuv va grammatik koʻnikmalarni shakllantirishdir. Shu bilan birga, oʻqituvchining hikoyasi har doim qiziqarli, mazmunan rang-barang, qurilishi aniq boʻlishi ularning nutq koʻnikmalarini takomillashtirishda juda muhim.
Odatda, amaliyotda, rasm mazmunini gapirishga oʻrgatish boʻyicha mashgʻulotlar katta qiyinchiliklarga olib keladi. Bolalarning rasmning mazmunini yaxshiroq tushunishi uchun oʻqituvchi ularning shaxsiy tajribasidan, rasmdagi tasvirga oʻxshash voqealar xotiralaridan foydalanadigan dastlabki suhbatni oʻtkazishi kerak. Kirish suhbatidan rasmni koʻrib chiqishga oʻtish mantiqan izchil va silliq boʻlmogʻi lozim. Savollar yordamida rasmda markaziy tasvirni ta’kidlash kerak: “Rasmda kimni yoki nimani koʻrayapsiz?”. Ushbu yosh guruhidagi oʻqituvchining savollari asosiy metodik usul boʻlib, ular bolalarga obyektlarning harakatlarini, sifatini, xususiyatlarini eng aniq idrok qilinishiga yordam beradi. Toʻgʻri, izchil ravishda qoʻyilgan savollar rasmni idrok etishning yaxlitligini ta’minlaydi, bolalarga toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Oʻqituvchining savollari emas, balki bolalarning javoblarini umumlashtiradigan jumlalarni tuzish, soʻz birikmalarini kengaytirish uchun namuna boʻlib xizmat qiladigan soʻzlari ham katta rol oʻynaydi. Rasmni qayta koʻrib chiqishda yangi soʻzlar, iboralar bolalar xotirasida saqlanadi. Rasm asosidagi hikoyalar oʻqituvchining umumlashtiruvchi hikoyasi bilan yakunlanadi va bolalarga oʻqituvchining savollariga va tushuntirishlariga kiritilgan soʻzlar va iboralarni yana bir bor tinglash imkonini beradi. Rasm asosidagi hikoyalarda bolalarning nutqini yangi soʻzlar bilan boyitish, ogʻzaki nutqning aniq va hissiy jihatdan mazmunli boʻlishiga e’tibor qaratmoq lozim.
Bolalarning nutqi qiziqish bilan tinglanishi kerak: tabassum bilan yoki boshni qimirlatib uning fikrini ma’qullash, yuz ifodani oʻzgartirib turish. Agar bola hikoyani boshlashga qiynalsa yoki bir muddat jim tursa, unga boshqa voqea-hodisalarni eslatish, sevimli mashgʻuloti haqida soʻrash mumkin. Tasvirni muhokama qilish jarayonida bolaga tushuntirish savollarini berish tavsiya etilmaydi, chunki u hikoyadan muloqotning savoljavob shakllariga oʻtishi mumkin. Bolaning nutqini tinglab, uning hikoyasini tahlil qilish va baholash, unga butun guruhni jalb qilish, bolalarning taassurotlarini ifoda etadigan savollar berish, oʻquvchilarning fikr bildirishi zarur.16
Shundan keyin oʻqituvchi hikoyani qisqacha va aniq ifodalashi kerak. Oʻqituvchi nutqi bolalarga oʻrtoqlarining nutqlarini tahlil qilish va ular haqida oddiy qarorlar chiqarishga oʻrgatadi. Ayniqsa, birinchi hikoyalar batafsil tahlil qilinadi va baholanadi, chunki bu boshqa bolalarga nutq xatolarini takrorlamaslik uchun nutqlarini yanada mazmunli va maqsadga muvofiq nazorat qilishga yordam beradi.
Yoshligidan boshlab, bolalar ertaklarni muntazam ravishda aytib berishlari, hikoyalar, she’rlar oʻqishlari kerak, shuning uchun badiiy asarlar ularning xattiharakatlariga, oʻyinlariga, nutqni rivojlantirishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Bolalar ish hikoya mazmunini yaxshi oʻzlashtirishlari uchun suhbat davomida bir yoki bir nechta qismni tanlab oʻqib, bolalarga ijodiy mualliflik nutqini yana bir bor tinglash imkoniyatini berish lozim.
Hikoyani oʻqishni oʻrgatishda quyidagi usullar qoʻllaniladi:

  1. Bir necha marta matn mazmunini oʻqittirish.

  2. Suhbat. Bolalar uchun hikoyaning mazmuni haqida savollar, uning asosiy qismlarini aks ettirish.

  3. Hikoyani qayta oʻqish.

  4. Bolalarning hikoyasini tinglash va tahlil qilish.

Agar hikoya hajmi katta boʻlsa, uni kichik birliklarga boʻlish mumkin. Bunda - birinchi bola birinchi, mantiqiy ravishda tugagan qismning mazmunini, ikkinchisi hikoyaning oʻrtasini, uchinchisi yakuniy qismni soʻzlaydi. Bolalarning hikoya matnini toʻliq oʻzlashtirgandan soʻng oʻqituvchi ularga ijodiy vazifa berishi mumkin. Adabiy va badiiy materiallarga tayangan holda bolalarning ogʻzaki ijodkorligi bilan toʻldirilishi mumkin. Bolalarni hikoya mazminini qayta hikoyalashga oʻrgatishda modul, sxemalardan foydalanishingiz mumkin. Bu bolalarga voqealar ketma-ketligini eslab qolishga yordam beradi, qiziqishini yanada oshiradi.
Shunday qilib, turli usullar yordamida bolalarga hikoya mazmunini toʻliq yetkazish, notoʻgʻri talqin qilmasdan, matnning lingvistik materiallari bilan ishlashga, izchil ifodali nutq koʻnikmalarini rivojlantirishga oʻrgatish kerak. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarning nutqini oʻstirish kelajakda ulardan oʻz soʻzi va nutqini erkin soʻzlaydigan insonlar chiqishi uchun zamin yaratadi.

2.2. Boshlang’ich sinf o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish


O‘zbekistonning kelajagini buyuk davlat darajasiga ko‘taradigan ijodkor shaxsni yaratishda boshlang‘ich ta‘lim poydevor vazifasini bajaradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy maqsadi – o‘quvchilarning bilimli, va fikrlash doirasi keng bo‘lishini ta‘minlash. Ularning ma‘lumotkarini tahlil qilib, keng miqyosda foydalanilishiga erishish. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnalogiyalarni ta‘lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ilg‘or pedagogik tajribalardan mohirona foydalana olishi, ta‘lim berishning yangi yangi usullarni ishlashi juda nuhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan ona tili o‘qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o‘qish va nutq o‘stirish bo‘limida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuniga; o‘quvchilarni to‘g‘ri, ravon, ma‘lum darajadagi tezlik bilan ifodali o‘qishga o‘rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g‘oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O‘qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog‘lab o‘tishi uning ta‘sirchanligi ongli idrok etishlarini ta‘minlaydi.
O‘qish va nutq o‘stirishning ta‘limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini o‘qish ko‘nikmalarining og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. O‘qish darslar davomida o‘quvchilar so‘zdagi harflarni bir-biriga bog‘lab yozish, so‘z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari yuqori sinflardagi o‘zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslariga jiddiy e‘tibor talab qilinadi. O‘qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o‘qituvchi asosan quyidagilarga e‘tibor berishi lozim. 610 yoshdagi bolalar bir soatga mo‘ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda, xayoli o‘yinda bo‘ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta‘lim-tarbiya vazifalari, asosan o‘yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o‘qish orqali amalga oshiriladi. Ifodali o‘qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o‘zlashtirishning muhim metodlaridan biri sifatida o‘qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o‘qish darslarda o‘quvchilarning zerikishiga yo‘l qo‘ymaydi, aksincha, faollashtiradi, badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg‘otadi17.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o‘qish darslarida amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi o‘qish darslarining maqsadi o‘quvchilarda ongli, to‘g‘ri, ravon, tez va ifodali o‘qish malakasini hosil qilishdir. O‘qish darslari matematika, atrofimizdagi olam, odobnoma va boshqa fanlarga doir mavzularda beriladigan bilimlarni, mustahkam o‘qib olishlarida juda katta rol o‘ynaydi, chunki bola to‘g‘ri, ongli ravon o‘qisagina matn mazmunini yaxshi anglab oladi. O‘qish darsining o‘zaro mahkam bog‘langan to‘rt asosiy tarkibiy qismi bor. Ular quyidagilardan iborat: ongli o‘qish, ifodali o‘qish, to‘g‘ri o‘qish va tez o‘qish. Bu qismlar orasida ongli o‘qish yetakchi o‘rinda turadi. Ongli o‘qish jarayonida o‘quvchilar quyidagilarga erisha olishlari kerak: o‘qigan so‘zlarining asl va ko‘chma ma‘nolarini, har bir gapning ma‘nosini aytib bera olishlari, bo‘limning mazmunini qisqacha bayon qilib bera olishlari, matnning to‘liq mazmunini bayon qilib bera olishlari, o‘qiganlariga nisbatan o‘z munosabatlarini bildirishlari lozim. O‘quvchida ifodali o‘qish malakasini tarbiyalash uchun esa, uni o‘qiganlarining ma‘nosini to‘xtamlarga rioya qilgan holda, so‘z urg‘ulariga ahamiyat berib, o‘rtacha ovozda ta‘sirli o‘qishga o‘rgatish va hokazolar talab qilinadi. To‘g‘ri o‘qish malakasini o‘stirish uchun shoshmasdan, harflarning o‘rnini almashtirmasdan, so‘z qo‘shimchalarni to‘liq holda orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qilishi lozim. O‘qish tezligini oshirish uchun o‘quvchilarning ongli o‘qishi katta ahamiyatga ega. Ongli o‘qish – matnni to‘la va aniq tushunib o‘qishdir. Ongli o‘qish yuzasidan qilinadigan ishlar o‘quvchilarni o‘qilayotgan matn mazmunini chuqur anglab olishga, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, ularning fikr va malakalarini kengaytiradi.18
Ongli o‘qish malakasini oshirish maqsadida, darslik matnlari oxirida savol va topshiriqlar berilgan. Bu savol va topshiriqlar o‘quvchilarni matn mazmunini qayta hikoya qilishga hamda o‘qituvchining savollariga mustaqil ravishda javob qaytarishga va o‘z hayotiy tajribalari asosida ijodiy so‘zlab berishga o‘rgatadi. O‘quvchilar matnni qismlarga bo‘lib, unga mos sarlavha qo‘yishga, har bir qism mazmunini ochuvchi rasmlar chizishga savollar topa bilishga ham asta sekin o‘rgatilib boriladi. Avval hajmi kichik va mazmunan soda so‘ngra esa hajmi katta va mazmuni murakkabroq matnlar bilan ish olib boriladi. O‘qishning ongli bo‘lishiga yordam beradigan vositalardan biri bu to‘g‘ri o‘qishdir. O‘qiganda xato qilmay, so‘zlarni buzmay, tovush va bo‘g‘inlarni tushirib qoldirmay yoki o‘rnini almashtirmasdan oxirgi bo‘g‘inlarni ya‘ni qo‘shimchalarni to‘g‘ri talaffuz etish, orfoepiya qoidalariga rioya qilish to‘g‘ri o‘qishni ta‘minlaydi19.
To‘g‘ri o‘qish malakasini hosil qilish o‘qishning hamma jarayonida olib boriladi. O‘qish ongli bo‘lsagina to‘g‘ri va tez o‘qish malakasi hosil bo‘ladi. O‘qish jarayonida bolalarni doimo o‘z-o‘zini kuzatib borishga o‘rgatish, hatosiz, tez va to‘g‘ri o‘qishga intilish hislarini paydo qilish, ayniqsa birinchi sinfdagi o‘qish darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘qish tezligi ongli, ravon o‘qishga bog‘liqdir. O‘qish tezligini oshirishga ko‘p bo‘g‘inli va imlosi qiyin so‘zlarni matndan tashqarida bo‘g‘inga bo‘lib o‘qish yordamida erishiladi. O‘qish tezligini oshirish bosma va yozma harflar bilan yozilgan so‘z va gaplarni ovoz chiqarib o‘qishni, xor bo‘lib o‘qishni, ichda o‘qishni, matnlarni rollarga bo‘lib o‘qishni ko‘proq mashq qildirish yo‘li bilan ta‘minlanadi. Bola qancha ko‘p o‘qisa, o‘qish tezligi shuncha ortib boradi. O‘qish darsida berilgan bilimlar bolaning sinfdan tashqi vaqtlarda ko‘proq kitob o‘qishini yo‘lga qo‘yish bilan chuqurlashtiriladi. O‘quvchilarning o‘qish tezligini oshirish uchun dars davomida quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi dars boshlangunga qadar doskaga bugun o‘qiladigan matndagi ayrim gap va so‘zlarni bosma harflar bilan yozib, ustini vaqtincha yopib qo‘yadi. O‘quvchilar kitoblarini ochib bugungi o‘qiladigan matnni ko‘zdan kechiradilar va doskada yozilgan so‘z yoki gaoni matndan tez topishga harakat qiladilar. Partalarga avvaldan savol yoki topshiruq yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O‘qituvchining ruxsati bilan bolalar kartochkalarda yozilgan savol – topshiriqlarni o‘qiydilar va matn ichidan shu savol topshiriqqa mos javob izlaydilar. ―Tez o‘qish musobaqasi‖ ni o‘tkazish bolalarga alohida huzur bag‘ishlaydi. Bunda har qaysi bolaning matnni bir vaqtda o‘qishga boshlashi, matnni oxirigacha ma‘lum vaqtda ichlarida o‘qib tugatish lozimligi aytiladi. Birinchi bo‘lib o‘qib bo‘lgan bolalar belgilab boriladi va o‘qiganlarini og‘zaki gapirib berishga tayyorlanib o‘tiradi. Musobaqada g‘olib chiqqanlar yulduzcha bilan taqdirlanadi. Ifodali o‘qish – so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib, asar mazmunini tushunib, asarda ifoda etilgan his tuyg‘uni, qahramonlarning ichki kechinmalarini, ruhiy kayfiyatlarini anglab o‘qish demakdir. Bolalar ta‘sirchan bo‘ladilar. O‘qituvchi asarni his hayajon bilan hikoya qilib berishi, uning bolalarga chuqur ta‘sir etishiga erishishi, ayrim hollarda yodlarida yaxshi saqlab qolishlariga muvaffaq bo‘lishi, asar mazmuni va unda ishtirok etuvchilarning ishlari ular uchun xuddi hayot qoidasidek tuyuladi. Asar mazmunini o‘quvchilarga to‘la anglatish uchun o‘qituvchining o‘zi uni ifodali o‘qish va hikoya qilib berishga puxta tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Ifodali o‘qish ongli o‘qishning ko‘rsatkichidir, chunki matnning ma‘nosini anglab o‘qiy olgan o‘quvchi, albatta, ifodali o‘qish malakalarini ham egallagan bo‘ladi. Ongli o‘qish ifodali o‘qish malakalarini o‘stirish va mustahkamlashga yordam beradi. Ongli, to‘g‘ri va ravon o‘qish malakasi hosil qilingan sari, ta‘sirli o‘qish malakasi ham o‘sib boradi.20
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta‘limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog‘Iiq holda va sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi. O‘qish inson xayotida muhim ahamiyatga ega. O‘qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo‘ladi, o‘qishni bilmagan odamning ko‘zi ojiz kishidan farqi yo‘q. Boshlang‘ich sinfda o‘qish faoliyati barcha prеdmеt darslarida amalga oshiriladi.21 Lеkin o‘qishga o‘rgatishning yo‘l-yo‘riqlarini oqish mеtodikasi ishlab chiqadi. O‘qish mеtodikasining kichik yoshdagi o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiyasi, xususiy mеtodika sohasidagi yutuqlar borliq fanlar yutug‘i asosida shakllanib boradi. Masalan, eski maktablarda o‘qish quruq yod olish mеtodida o‘rganilgan bo‘lsa, hozirgi maktablarda o‘qish izohli o‘qish mеtodida olib boriladi.
Yod olish mеtodida matndagi so‘zlarga izoh bеrishga, mazmunini tushuntirishga, o‘qilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o‘qishning ongli bo‘lishiga mutlaqo e‘tibor bеrilmagan. Ularda ko‘proq turli talaffuzga, qiroat bilan o‘qishga, ifodali o‘qishga katta e‘tibor bеrilgan. Hozir maktablarda o‘qish izohli o‘qish mеtodida olib borilyapti.

2.3. Boshlang’ich sinf o’qish darsida interfaol uslublardan foydalanishning ta’limiy ahamiyati


Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan ona tili, matematika, o’qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’lim darslariga o’quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang’ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so’zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o’qituvchilar turli didaktik o’yinlardan foydalanishmoqda.22
Interfaol metod- ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari - norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o’qish, o’rganish, seminarlar o’tkazish, o’quvchilarni tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat. 23
Interfaollik, bu - o’zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o’quv- biluv jarayoni o’zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o’qituvchi - o’quvchilarning o ‘zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik - o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi - o’qituvchi, o’quvchi - o’quvchi suhbatlarida sodir bo’ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o’quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o’quvchi chetda qolmay, eshitgan, o’qigan, ko’rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. O’zaro fikr almashish jarayoni hosil bo’ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o’zaro do’stona munosabatlar shakllanadi. Interfaol ta’lim o’z xususiyatiga ko’ra didaktik o’yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat - dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ - ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o’z ichiga oladi. 24
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o’z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o’qitish, masofadan o’qitish, internet tarmoqlari asosida o’qitish, media - ta’lim metodlaridan iborat. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko’ra didaktik o’yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo’llanilmoqda. Agar o’qitish jarayonida har bir o’quvchi o’zining o’zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo’lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o’yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o’yinli metodlar o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaol o’yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bular o’quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko’nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi.
Bu metod o’quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o’ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to’siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
Ta’lim - tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turi yo’lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o’quvchilarda tahlil qilish,hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qaabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o’stirish, til o’rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi. Interfaol o’yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi. -ishtirokchilarni tarkibi bo’yicha, ya’ni o’g’il bolalar, qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o’yinlar :

  • ishtirokchilarning soni bo’yicha -yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o’yinlar :

  • o’yin jarayoni bo’yicha fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlarga asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo’naltirilgan;

  • vaqt me’yori bo’yicha -dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan o’yinlar.

Bularning bari o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda olam tuzilishini ilmiy asoslarini to’liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 25
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga boigan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda “O’qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiyommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.26
Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darshklariga kiritilgan muayyan mavzular o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllanti-rishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladigan asarlar-ning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir.
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan chambarchas bog’lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishishlariga erishish o’qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. 27
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha DTS va “Ona tili” o’quv dasturida o’qish ta’limi oldiga qo’yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o’qishni to’g’ri tashkil qilish, o’qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg’or pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’Iiq holda va sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.28
O’qish inson xayotida muhim ahamiyatga ega. O’qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo’ladi, o’qishni bilmagan odamning ko’zi ojiz kishidan farqi yo’q. Boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati barcha prеdmеt darslarida amalga oshiriladi. Lеkin o’qishga o’rgatishning yo’l-yo’riqlarini oqish mеtodikasi ishlab chiqadi. O’qish mеtodikasining kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiyasi, xususiy mеtodika sohasidagi yutuqlar borliq fanlar yutug’i asosida shakllanib boradi.
Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish mеtodida o’rganilgan bo’lsa, hozirgi maktablarda o’qish izohli o’qish mеtodida olib boriladi. Yod olish mеtodida matndagi so’zlarga izoh bеrishga, mazmunini tushuntirishga, o’qilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor bеrilmagan. Ularda ko’proq turli talaffuzga, qiroat bilan o’qishga, ifodali o’qishga katta e’tibor bеrilgan. Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish mеtodida olib borilyapti. Izohli o’qishga kеyingi ma’ruzalarda to’xtalamiz. O’qish darslarida o’quvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi, kishilar xayoti, ularning o’tmishi, hozirgi yashash tarzi, mashhur kishilari haqida, vatanning tabiati, ob-havosi, boyliklari, hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi bilimlarni egallaydilar. Bilim olish jarayonida ularga nisbatan munosabat uyg’onadi. Bilim bеrish bilan o’quvchi shaxsi tarbiyalanib boradi. V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday dеydi: «Bolalar dunyoni va o’z-o’zini bila borish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar uchun o’zining mas’ulligini oz-ozdan bila borishlari kеrak. …bolaga yaxshilik va yomonlikni to’gri ko’rish imkonini bеrish kеrak. Yaxshilik unda quvonch, zavq, hayajon, ma’naviy go’zallikka ergashish ishtiyoqini hosil qiladi; yomonlik qahr-g’azab, murosasizlik uyg’otadi, haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma’naviy kuchga to’ldiradi. (1-4 sinf "O’qish kitobi" da bеrilgan asarlar misolida ochib bеriladi).

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin