beruvchi omillar: ulabalarning o'qishga bo'lgan xohishi, o'quv mehnatiga munosabati
va sog'lom psixo-fiziologik faoliyati kabilardir.
4.
O'qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o'qitishning samarali
shakllaridan foydalana olishi kerak. O'qitishning tashkiliy shakllari to'g'ri tanlanishi
pedagogik tizim elementlarining ma'lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog'liq
ekanligini bildiradi. Bu bog'lanishlardan foydalanish va eng maqbul bo'lgan tashkiliy
shakllar topish-ta'limda rasmiyatchilikni yo'qotishga yo'l ochadi.
5. O'qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo'lgan talabaning ta'lim mazmuni va
tarbiya ta'sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo
nazorat qilib borishi lozim. Bu to'g'rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni
maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi
elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.
Shunday qilib, pedagogikaga xos bo'lgan texnologik jarayonni amaliyotga tatbiq
qilish bilan bog'liq pedagog mahoratining ba'zi qirralari to'g'risida to'xtaldik. PT ning
ilmiy xarakterga ega ekanligiga e'tiborni qaratgan holda, uning amaliy yo'nalishga
xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo'llash mumkinligini e'tirof etish kerak,
Demak, nazariyani o'quv amaliyoti bilan bog'lash zaruratini anglash pedagogik
texnologiyalarning to’zilmasini aniqlab beradigan bir qator holatlarni belgilashga
imkon beradi:
1. Zamonaviylik ta'lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba- sinovda
tekshirilgan didaktikaga oid yangiliklar, tartib-qoidalarni joriy etishning
majburiyligini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: