Мавзу: Бошлангич синфларда "Кейс" технологияси асосида таълим


Muallim «o'z qo'l kuchi» bilan o'qitish bosqichi, ya'ni o'quvchi uchun axborot  manbai — o'qituvchining o'zi bo'ladigan jarayon.  2



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/33
tarix25.10.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#66157
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
boshlangich sinflarda keys texnologiyasi asosida talim samaradorligiga erishish

1. Muallim «o'z qo'l kuchi» bilan o'qitish bosqichi, ya'ni o'quvchi uchun axborot 
manbai — o'qituvchining o'zi bo'ladigan jarayon. 
2. O'quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo'llanilgan bosqich. 
3. Audiovizual vositalar qo'llanilgan bosqich. 
4. O'qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo'llash bosqichi. 
5. O'qitishni zamonaviy АКТ lari vositasida boshqarishning avtomatlashtirilgan 
bosqichi. 
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar 
butunlay yo'q bo'lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga 
assotsiatsiya orqali fikran bog'lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo'lib, 
kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. 
Kishilik tarixida I-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o'qituvchi o'z 
kuchiga, o'z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va 
diniy mazmundagi qo'lyozma kitoblar yaratildi, lekin o'quvchi ularning mazmunini 
o'qituvchi faoliyati vositasida o'zlashtiradi. 
2-bosqich, ya'ni qog'oz va o'quv kitoblari davri hali nihoyasiga yetkazilgani yo'q 
darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. 
Lekin o'qitishning 1,2,3- bosqichlariga xos ta'lim vositalari maktablarga jadal kirib 
bormoqda. 
O'quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida 
sodirbo'lgan. Keyingi davrlarda ham ta'lim sohasidagi jiddiy o'zgarishlar kurashsiz 
amalga oshmagan, bunday o'zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham
l-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda 
vujudga kelgan o'quv vositalarini o'zlashtirib olishga, ta'lim-tarbiya jarayonini shu 


asosda tashkil etishga intilish sust darajada. l-bosqich o'quv vositalari o'qituvchidan 
ko'p mehnat talab etadi va o'quvchining bilim tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lmaydi. 
Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta'lim metodlari takomillashtirila borganligi 
tufayli 
o'qituvchi 
mehnatining 
samarasi 
ortib, 
zamonaviy 
texnologiyani 
qo'llaydiganlar safi kengaya borgan. 
Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish 
maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ta'lim O'zbekiston davlati 
siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan 
mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni 
egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi va vazifasi kun tartibiga 
qo'yildi. Auditoriyalarga kirib o'quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik 
tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi. 
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 
1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchi –
talabalar bilan muloqoti. 
Muloqotning vazifalari: 

shaxsni tanish, axborot almashish; 

kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish; 

muloqotdan olinadigan tasavvurlar; 

muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish

pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi;

ishga ijodiy yondashish va boshqalar. 
Pedagogik talab texnologiyasi. 

«pedagogik talab» tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari; 

xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo’lishi; 

o'quvchi-talabaga bo'lgan hurmat va talab; 

pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 
2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash. 



xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul 
qilish; 

baho berish usullarini tanlash, o'qituvchi(pedagog)ning o'z imkoniyatini 
tahlil etishi va ta'sir samaradorligini oshirishi); 

-pedagogik baholash texnologiyasi. 
3. Axborotning ta'sir ko'rsatish texnologiyasi. 

nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushuncha- lari, 
demonstratsion va ko'rgazmali vositalar-axborot olish vosi- talaridan biri 
sifatida; 

nutqiy ta'sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko'tgazmalar va 
obrazlar; 

nutqiy ta'sir etish texnologiyasi; 

demonstratsion va ko'rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, este- tik, gigienik 
materiallar; 

qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demon- stratsiya 
qilish texnologiyasi. 
4. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi. 

pedagogik konflikt tushunchasi — konflikt pedagogik texnolo- giya 
elementi sifatida, konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshi- liklar, bo'sh 
va mazmunli konflikt; 

holat tahlili (voqeani aniqlash); 

konflikt; 

konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish); 

konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, mutoiba). 
Pedagogik texnologiyaning qo'shimeha elementlari: 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin