Мавзу: Бошлангич синфларда "Кейс" технологияси асосида таълим


Bitiruv malakaviy ishning ilmiy jixatdan yangiligi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/33
tarix25.10.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#66157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
boshlangich sinflarda keys texnologiyasi asosida talim samaradorligiga erishish

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy jixatdan yangiligi: Boshlang’ich sinflarda 
"Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishishning mazmuni va 
tarbiyaviy ahamiyati ilmiy nazariy asoslab bеrildi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim 
samaradorligiga erishish bo’yicha mashg’ulot ishlanmalari, mеtodik tavsiyalar 
yaratildi.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga 
erishish, shakl va uslublari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga 
erishishning nazariy jixatlari qisman boyitildi.
Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga 
erishishga oid ilmiy manbalar, adabiyotlarning taxdili asosida xulosalar ishlab 
chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishning to’zilishi. 
Bitiruv malakaviy ish "Kirish", 2 bob, "Xulosa va tavsiyalar", "Foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati" va "Ilovalar"dan iborat.


1.Bob. Pеdagogik tеxnologiyalarning umumiy asoslari. 
1.1. Pеdagogik tеxnologiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi. 
Bu tushuncha XX asrda paydo bo'ldi va 1940-1950 yillarda "Ta'lim 
texnologiyasi" tarzida qo'llanilib, mazmunan o'quv jarayonida audio-viziial texnika 
vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AQShda qo'llana boshladi. 
Keyinchalik "Ta'lim texnologiyasi" o'rniga "Dasturlashtirilgan ta'lim" atamasidan 
foydalanish keng yoyildi. So'ngra pedagogik texnologiya - loyihalashtirilgan ta'lim va 
aniq maqsadga qaratilgan o'quv jarayonini ifoda eta boshladi. O'tgan asrning 80-
yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim 
tarzda ishlatila boshladi. 
Keyingi o'n yilliklarda pedagog olimlar va o'qituvchilar diqqatini jalb qilgan 
masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy 
ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg'in o'rganilayotganligi, bahs-
munozaraga sababchi bo'layotganligi ham ta'lim-tarbiyada uning o'rni naqadar 
muhimligiga guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy 
jihatlarini O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada, 
qator konseptual texnologiyaning empirik asosini yaratishga harakat qilish, 
shuningdek, uni ilmiy bilimlar doirasiga o'tkazish kabi ishlar ham jadal davom 
ettirilmoqda. 
Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik 
kuchaydi, degan savol tug'iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda, 
birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh 
vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham 
ma'qullandi va 1972-yilda «Ta'limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro 
Komissiya 
tashkil 
topdi. 
Bu 
komissiya 
zamonaviy 
texnologiya-ta'limni 
modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi. 


Muhimi shundaki Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro'yobga 
chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida 
«o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» muhim 
vazifalardan biri sifatida belgilandi. 
Xo'sh pedagogik texnologiya nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish mumkin? 
Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so'z fanga 1872 yilda 
kirib keldi va grekcha ikki so'zdan - «texnos» -hunar va «logos»-fan so'zlaridan 
tashkil topib «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik 
jarayonni to'liq tavsiflab bera olmaydi. Texnologik jarayon deyilganda-mehnat 
qurollari bilan mehnat vositalariga ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish bo'yicha 
qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta'rifni istalgancha sharhlash 
mumkin, bunda: pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari 
yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda 
muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta'riflasak xato bo'lmaydi. 
Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o'quv jarayonini texnik vositalar 
yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik 
adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda, 
subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta'sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga 
olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va 
sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-
ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. 
Ushbu tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak. O'qituvchi 
(pedagog)ning 
o'qitish 
vositalari 
yordamida 
o'quvchi-talabalarga 
muayyan 
sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va 
oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy 
hodisa, deb ta'riflash mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo'yicha bunday ijtimoiy hodisani 
pedagogik texnologiya, desa bo'ladi. 
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy aloqalar o'rnata boshladilar. Natijada yurtimizga 


ilg'or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi 
progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik 
jamoatchiligimiz fikrini chulg'ab oldi.
Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O'zbekistonda pedagogik texnologiyani o'rganish 
yo'lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O'zbekiston olimlari bilan hamdo'stlik 
davlatlari o'rtasida ham pedagogik texnologiyalarning loyihalarini to’zish bo'yicha 
ancha ishlar qilindi.
Pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday 
mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik 
olim V.P. Bespalkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi mahoratiga 
bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi 
shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir». 
Rossiyalik olimlaridan biri — V.M. Monaxov «Pedagogik texnologiya- avvaldan 
rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar 
tizimidir»,-degan qisqacha ta'rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni 
qaratadi. Pedagogik texnologiya-o'quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta 
tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg'unligini oshirib, bu jarayon 
ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi», - deydi u. 
M.V. Klarin fikricha, "Pedagogik texnologiya-o'quv jarayoniga texnologik 
yondashgan holda, oldindan belgilab olingan ko'rsatkichlardan maqsad kelib chiqib, 
o'quv jarayonini loyihalashdir". 
V P. Bespalkoning o'zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahmedov va
M. Ochilovlarning fikricha, "Pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi(tarbiyachi)ning 
o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir 
ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini 
intensiv shakllantirish jarayonidir". 
I.Ya. Lernerning fikriga ko'ra, "Pedagogik texnologiya – o'quvichilar 
harakatlarida aks etgan o'qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va 
aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi". 


O'zbekistonlik metodist B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha 
ta'rif beradi: "Pedagogik texnologiya – ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo'lib, 
pedagogikada ijtimoiy – muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika 
imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, 
uning optimal loyihasini to’zib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy hodisadir. 
Polyakolimi Dj. Bruner «O'qitish texnologiyasi-bu o'qitishning maqbulligini 
ta'minlovchi ma'lum yo'l – yo'riqlar tizimi bilan bog'liq bilimlar sohasi» ekanligini 
e'tirof etdi. Tizimli yondashish ta'siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya 
mohiyatiga aniqlik kiritila borildi. Rusolimasi N.F. Talizina esa uning mohiyatini 
«belgilangan o'quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat», deb 
tushuntirdi. 
Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki, o'tgan yillarda PT-o'quv 
jarayonini berilgan dastlabki ta'lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib 
loyihalashdir, deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to'g'ri, lekin teranroq fikr yuritilsa 
uning bir yoqlamaligi yaqqol ko'zga tashlanadi yoki bunday yondashishda o'quvchi 
shaxsining inkor etilishi seziladi. Bu kamchilikni birinchi bo'lib akademik
V. Bespalko payqadi va o'z asarida «Pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi 
mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan 
o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash - loyihalashdir», deb ta'rifladi. 
Pedagogik texnologiyaga berilgan ta'riflarning qiyosiy tavsiflari keyingi 
paragrafda batafsil keltirilgan. 
Shu o'rinda hamkasbimiz H. Abdukarimovning «Ma'rifat» gazetasida (1998 yil, 
27 may) bosilgan «Pedagogik texnologiya nima?» maqolasini didaktik nuqtai 
nazardan baholashni kitobxonlar hukmiga havola etaylik-da, undagi bir-biriga zid va 
ilmiy asoslanmagan ikki ta'rifni keltirib o'taylik: 1. «Milliy dastur» — bu yangicha 
pedagogik texnologiyaning o'zi». 2.«Pedagogik texnologiya – pedagogik mahorat 
to'g'risidagi fan». Bu boradagi ta'riflarning xilma – xilligi bir tomondan bu mavzuning 
u yoki bu jihati soxta yechilganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan pedagogik 
texnologiyani ta'lim amaliyotiga joriy etishga bo'lgan urinishlarni ifodalaydi.


Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga 
bog'liq bo'lmagan holda o'rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi 
kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng
imkoniyatlar tug'ildi. Nazariya va amaliyot birligining ta'minlanayotganligini 
pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo'l ochmoqda. 
Bizning fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining
alohida tarmog'i sifatida qarash yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishga 
yo'naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi 
nazariy va anialiy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo'nalishlarini 
aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi 
elementlarni o'rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday
o'quv – tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. 
Demak, PT - amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning 
loyihasidir. 
Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim o'zaro bog'liq
bo'lgan vositalar, usullar va jarayonlaryig'indisi bo'lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini 
shakllantirishga pedagogik ta'sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. 
Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga 
mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo'lishi kerak. Agar maqsad o'zgarsa tizim ham 
o'zgarishi shart.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» jamiyat. davlat va oila oldida o'z 
javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy 
maqsad qilib qo'ydi. Demak, milliy dastur bizda ta'lim va tarbiya sohasidagi davlat 
buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat buyurtmasigina ta'lim va 
tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta'lim uchun 
pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari har qanday pedagogik tizim o'zaro 
bog'liq bo'lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini ko'rsatib berdi: 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin