Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Vazirlik nega Yevropa maktabiga ustuvorlik bermoqda?



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111
Yangi majmua

Vazirlik nega Yevropa maktabiga ustuvorlik bermoqda?
Bugungi kunda mazkur kredit oʻlchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha 
toʻrtta model keng tarqalgan. 
Bular Amerika qoʻshma Shtatlarining kredit tizimi (USCS); Yevropa 
mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit 
tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS). 
Ushbu modellarning ichida eng koʻp tarqalgani AQSh va Yevropa modellaridir. 
Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimiz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kredit 
tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratyapti. Shu 
bois uning afzal jihatlari, qulayliklari, yutuq va kamchiliklari haqida ham toʻxtalib oʻtish 
maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 
Bolonya deklaratsiyasining eng muhim jihatlaridan biri oliy taʼlim 
muassasalarining yagona “kredit tizimi”dan foydalanish (ECTS)ga asoslanadi. Kredit yoki 
kredit birligi — oʻquv rejasida hisobga olingan har qanday oʻquv faoliyatining qiymat 
koʻrsatkichi hisoblanadi. 
ECTS tizimi Yevropa va umuman, Bolonya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari 
talabalariga katta afzalliklarni taqdim etadi. 



Masalan, talaba taʼlim olayotgan universitetida egallagan akademik bilimlarini shu 
tizimga aʼzo mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarida tan olinishini, yaʼni oʻziga xos 
“konvertatsiyasi”ni kafolatlaydi. Shu bilan birga, mazkur tizim aʼzolariga talabalarni boshqa 
OTMga oʻqishini tiklash, koʻchirish va tugatish imkoniyatini beradi. 
ECTS tizimi universitetlarga ham bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Chunonchi, 
maʼlum bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklar kesimida oʻquv jarayoni haqidagi 
axborotlarni aniq aks ettiruvchi oʻquv rejalarning oʻxshashligi hamda yagonaligini 
taʼminlaydi. Shuningdek, mutaxassislik darajasining tan olinishiga erishish maqsadida 
talabani qabul qiluvchi va joʻnatuvchi oliy oʻquv yurtlaridagi dasturlarning mazmunini 
oldindan kelishib olish imkonini beradi. Talabaning taʼlim olishi bilan bogʻliq barcha 
masalani hal etishdagi javobgarligi hamda mustaqilligi saqlanadi. Yevropa taʼlim tizimida 
oʻquv kurslari va barcha taʼlim jarayoni kreditlarda, Oʻzbekiston hamda MDHning boshqa 
mamlakatlarida esa akademik soatlarda hisoblanib kelinadi. 
ECTS tizimi boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi kredit tarkibini, har bir modul 
boʻyicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, oʻqish davrini tamomlash 
uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy miqdorini mustaqil 
belgilaydi. 
Amaldagi oʻqitish tartibidan farqli oʻlaroq, kredit tizimida majburiy fanlardan 
tashqari tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga kiritiladi. Talabalar 
oʻqishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. Qaysi fan (kurs)dan belgilangan 
kreditlarni toʻplay olmasa, faqat oʻsha fanning oʻzidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy 
maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom esa belgilangan kreditlar toʻplagandan soʻng beriladi. 
ECTS tizimi boʻyicha talabalarning bir yilda toʻplashi lozim boʻlgan kredit miqdori 
60 ni tashkil etadi. Bir oʻquv yili ikki semestrdan iborat boʻladi deb olsak, talaba har 
semestrda 30 kredit toʻplab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4 yillik boʻlsa, talaba 
bakalavr darajasini qoʻlga kiritishi uchun jami 180 — 240 kredit, 1-2 yillik magistratura 
dasturini tugallashi uchun esa, 60 — 120 kredit toʻplashi majburiyat hisoblanadi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin