7
―
ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha
oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit
yigʻindisi talabaning tanlagan dasturi boʻyicha nimani qancha oʻzlashtirganligini namoyon
etadi.
Bolonya deklaratsiyasi: ortga nazar
Bugungi kunda taʼlim tizimiga daxldor boʻlgan kishilar tomonidan Bolonya tizimi,
uning ahamiyati boʻyicha turli fikr-mulohazalarni eshitib qolamiz.
Xoʻsh, bu qanday tizim? Uning qanday afzalligi va salbiy jihatlari mavjud?
Mavzuning mantiqiy davomi sifatida fikrlarimizni davom ettiramiz.
Ushbu tizimni yaratish uchun oʻtgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha oliy
taʼlim muassasalarining integratsiyasini taʼminlash, oliy taʼlimning yagona standartini
yaratish, talabalar va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish, diplomlarni tan olish,
talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasiga qoʻyiladigan ballarni unifikatsiya qilish bilan
bogʻliq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan saʼy-harakatlar boshlab yuboriladi.
Mazkur harakatlarning samarasi oʻlaroq, 1999-yilda Italiyaning Bolonya shahrida
29 ta mamlakat vakillari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolanadi.
Bugungi kunga kelib, Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etyapti. Ularning
orasida MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston,
Gruziya, Qozogʻiston va Belarus Respublikasi ham bor.
Bolonya tizimi boʻyicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki bosqichda amalga
oshiriladi. Odatda, uch yildan kam boʻlmagan bakalavrlar tayyorlash hamda 1-2 yillik
magistratura bosqichi.
Koʻpgina ekspertlar Bolonya deklaratsiyasining qabul qilinishiga salohiyatli,
iqtidori yuqori boʻlgan talabalarni egallash, mehnat bozorida ularning bilimini qadrlash
boʻyicha AQSh bilan kechgan raqobatda Yevropa oliy taʼlim muassasalarining
imkoniyatlari cheklanganligi, koʻplab “aql sohiblari”ning koʻhna qitʼani tark etib,
Amerikaga koʻchib ketish tendensiyasiga qarshi koʻrilgan chora asosiy sabab boʻlganini
eʼtirof etadi.
Dostları ilə paylaş: