Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Yangi majmua

Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va 
quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi:
— oʻquv maqsadi hamda vazifalarning toʻliq ochib berilishi;



— talabaning fan (kurs)ni boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim 
boʻladigan malakasiga qoʻyiladigan talablar;
— modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), yaʼni 
maʼruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashgʻulotlarning rejasi, mustaqil taʼlimni 
baholash uchun moʻljallangan topshiriqlar;
— oʻqitishning qisqacha bayoni: taʼlim berish usul hamda vositalari; bilimlarni 
baholashning usul va shakllaridan iborat.
Modul asosida oʻqitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasini 
baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha oʻquv 
faoliyati, yaʼni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, oʻzlashtirgan bilimlari ball 
berish orqali baholanadi. 
Kredit (credit)
— talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi (kurs) boʻyicha 
fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining (vaqtning) 
oʻlchov birligidir. Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta 
davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt 
oʻlchovi. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy 
imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi. 
Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha diplomga 
ega boʻlishi uchun kreditlarni yigʻib borishi lozim. Toʻplangan kredit talabaga butun umr 
davomida oʻzining malakasini oshirib borish yoki qoʻshimcha oliy maʼlumot olishiga 
xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, toʻplangan kredit talabaning akademik 
“aktivi”ga aylanib boradi. 
Kredit texnologiyasi taʼlim oluvchilarga ishchi oʻquv rejaga kiritilgan tanlov 
fanlarini tanlash, bu orqali individual oʻquv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish 
huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-oʻqituvchilarni ham tanlash 
erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. 
Bu oʻquv jarayonlarini baholashning oʻziga xos qiymat koʻrsatkichi boʻlib ham hisoblanadi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin