Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Yangi majmua

 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik)Toshkent. . “Turon-
Iqbol” 2016 yil 426 b.
 
2. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi.
(OO‘Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2015 yil.
3. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum. (O 
O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2018 yil 242 b.
 
4. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini 
tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 20 b. 
5.Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova A.V.Metodika 
prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 



4.w.w.w edu.uz 
5. https://lex.uz/docs/-5193564 
 
Kredit tizimining oʻzi nima?
Kredit-modul tizimi
— taʼlimni tashkil etish 
jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari 
jamlanmasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli 
hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra 
hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul 
tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini 
taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. 
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
— oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
— bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;
— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
— talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon 
yaratish;
— taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
— taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan 
talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi.
Yuqoridagilar dars mashgʻulotlarini nafaqat oʻqitishni innovatsion taʼlim 
texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil oʻqib-oʻrganish, taʼlimga 
yangicha munosabatda boʻlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur 
nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga oʻrgatishdan iboratdir. 
Muxtasar qilib aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga 
yoʻnaltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini taʼminlashga hamda 
mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga 
qaratilgandir. 
Keling, shu oʻrinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha toʻxtalib 
oʻtamiz. 
Modul
— bu bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir 
qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada 
yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fan (kurs)lar majmui hisoblanadi. 
Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar 
oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni 
mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi. 
Xorijiy tajribaga koʻra, kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni har semestrda 2 — 4 
tagacha moduldan iborat boʻladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, 
nazariy-usuliy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini oʻzaro 
uzviy toʻldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis boʻlib shakllanishi uchun 
nafaqat axborotga, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega 
boʻlishi talab etiladi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin