Mavzu: Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir mashqlar ustida ishlash


-fasl. So’z yasashga doir mashqlar tizimi



Yüklə 280,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix15.01.2023
ölçüsü280,52 Kb.
#79294
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .

 
2-fasl. So’z yasashga doir mashqlar tizimi 
So’z yasashga doir mashq o’tkazish uchun tuzilgan o’quv topshiriqlari shartida qo’llangan nutq vositalari (darak, so’roq, 
buyruq gaplar) topshiriq matnida keltirilgan til dalillari, ularni berish tartibi, mashq qilishda o’quvchilar faoliyatining ishtiroki, 
o’rganilayotgan mavzu, u yoki bu mashqdan darsning qaysi bosqichida foydalanish mumkinligini e’tiborga olib bir mashqni 
ikkinchisidan farqlanadi. Binobarin, mashqning nutq jixatdan shakllanganligi, o’quvchilar faoliyatining ishtiroki, mashqning 
mazmuni, dars bosqichlariga bog’liqligi so’z yasashga doir mashqlarni tasnif etishning o’lchovlari sanaladi. 
Nutq shakllariga ko’ra so’z yasashga doir mashq tiplari. Mashq o’tkazish uchun tuzilgan o’quv topshiriqlari shartida darak, 
so’roq, buyruq gaplardan foydalaniladi. Ular vositasida o’quv materiali (ta’rif, qoida, aniqlik) bir shakldan ikkinchi shaklga 
(o’quv topshirig’i ko’rinishiga) olib kelinadi. Topshiriq shartida qo’llangan nutq vositalari o’ziga hos qo’zg’atgich bo’lib, 
o’quvchilarni faoliyatga undaydi. Mashq qilish uchun topshiriq shartida qo’llanilgan nutq vositalari, dalillarning berilish 
tartibiga qarab so’z yasashga doir mashqlarning quyidagi tiplari farqlanadi. 
Evristik shakllangan mashqlar-bunday mashqlar o’quvchilar faoliyatining topqirlik layoqatini ko’zlab tuziladi. Evristik 
shakllangan mashqlarning shartida darak, so’roq, buyruq gaplardan foydalaniladi. Misol keltiramiz: 1-topshiriq. O’qing (odobli, 
o’quvchi, kitob, bola, a’lochi, chaqqon). Oltita so’z berilgan. SHu so’zlarni qanday belgilarga ko’ra ikki guruxga ajratib yozish 
mumkin?
Evristik shakllangan mashqlarni bajarishda bolalar oldin so’zlarni guruxlarga ajratish belgilari-ma’nolari, so’roqlarini 
topishadi, so’ngra o’zlari topgan belgilariga rioya qilib, otlarni, sifatlarni aloxida guruxlarga ajratadi.
Adaptiv shakllangan mashqlar–bunday mashqlar uchun tuzilgan topshiriqlarning shartida darak, buyruq mazmunidagi 
gaplardan foydaniladi, shuningdek, ularda mashq qilish tartibi xam ko’rsatiladi. Bu ko’rinishdagi mashqlar o’quvchilar 
faoliyatiga moslashtiriladi, mashqni bajarish yo’li xam aytiladi. Misol tariqasida birinchi topshiriqni adaptiv shaklga keltiramiz.
2-topshiriq. Oltita so’z berilgan (. . .). Oldin otlarni, so’ngra sifatlarni yozing.
Agar evristik shakllangan topshiriqlar asosida mashq qilishda ijod elementlari, binobarin, tafakkur xam ishtirok etsa, adaptiv 
topshiriq bo’yicha mashq qilish hotiraga mo’ljallanadi. O’quvchi oldin o’rganilgan bilimlarni ayni xolatda “ot”, “sifat” xaqidagi 
tasavvurlarni qo’llab mashq qilishadi. 
Noadaptiv shakllangan mashqlar-bunday mashq qilish uchun tuzilgan o’quv topshiriqlari shartida buyruq gaplar ishlatiladi, 
ular o’quvchilar faoliyatiga moslashtirilmagan, mashq qilish tartibi xam ko’rsatilmaydi. Ular xam asosan, hotiraga mo’ljallab 
tuziladi, mashq o’rganilgan bilimlarni berilgan o’quv xolatiga tatbiq qilish yo’li bilan o’tkaziladi. Ona tili darsliklaridagi 
aksariyat mashqlar noadaptiv shakllangan topshiriqlar asosida o’tkaziladi. Noadaptiv shakllangan mashqlarga misollar 
keltiramiz. 
3-topshiriq. O’qing. Nuqtalar o’rniga mos so’z (bo’g’in, xarf) qo’yib ko’chiring. 
4-topshiriq. Matnni o’qing. Tarkibida sifatdosh qatnashgan gaplarni ajratib yozing. 
Alternativ shakllangan mashqlar-bu ko’rinishdagi mashqlar uchun tuzilgan o’quv topshiriqlari matnda berilgan ikki 
imkoniyatdan to’g’risini tanlash talab etiladi. SHunday mashqlar o’quvchilarda alternativ fikrlashni o’stiradi. Misol keltiramiz. 
5-topshiriq. Nuqtalar o’rniga “h” va “x” xarflarini mosini qo’yib yozing.
Me. . . (h x)monlar bir-biri bilan a. . .(h x)vol so’rashishdi. 
Test shaklidagi topshiriq-bu berilgan javoblar orasidan to’g’risini yoki eng to’g’risini tanlash yo’li bilan o’tkaziladigan 
mashqdir. Test topshirig’ida 4 yoki 5 javob bo’lib, shulardan faqat bittasi to’g’ri bo’ladi. Namuna keltiramiz. 
Tarkibida sinonimlar qo’llangan gapni ko’chirib yozing. 
A.CHol-kampir dalaga chiqdi. 
B. Toshni otdan uzoqqa ot. 
C. Halq g’amida tepmagan yurak qalb emas. 
D. Bolalar katta baliq ushlashdi. 
E. Saxarda yo’lga tushdik. 
Ta’lim sharoitida bolalarning o’quv-biluv faoliyati o’rganilgan  bilimlarni qayta esga tushirish, ijod qilish shakllarida amal 
qiladi. O’rganilgan bilimlarni qayta esga tushirish–u yoki bu mavzuda mashq qilish jarayonida zaruriy bilimlarni takrorlash, 
faollashtirish demakdir. Ijod qilish yo’li bilan fanda mavjud, ammo o’quvchilar uchun sub’ektiv yangilik bo’lgan bilimlar, 
faoliyat usullari o’rganiladi. O’quvchilar faoliyatiga ko’ra so’z yasashga doir mashqlarning quyidagi tiplari farqlanadi. 
O’rganilgan bilimlarni esga tushirish yo’li bilan o’tkaziladigan mashqlar. Bu tipdagi mashqlar hotiraga mo’ljallab o’tkaziladi. 
Bilimlarni qayta esga tushirish yo’li bilan bajariladigan mashqda o’quvchi qator bosqichlarga rioya qiladi: 1) mashq mavzusini 

Yüklə 280,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin