1-topshiriq. Namunadan foydalanib berilgan xolatlarga mos keladigan undalmali gaplar tuzing. So’zlovchining nutqi
qaratilgan shahs va narsalarni aniqlab, undalmaga ta’rif berishga tayyorlaning (Bolalarni tabriklayotgan bobo, cho’kayotgan
odam, qushlarga don sepayotgan bola, buvisini tabriklayotgan nevara, ust-boshi xo’l bo’lgan kishining yomg’irga murojaati,
shamolga yolvorayotgan odamning gapi).
Namuna: Ey hayol, uzoqlarga olib ketma!
2-topshiriq. Berilgan xolatlarga mos keladigan oltita gap tuzing (Bolalar, bilim manbai kitobni seving. Odamlar,
cho’kayapman, qutqaringlar! Xoy qadrdon qushlarim, don eng. Mexribon buvijon! Sizni tabriklayman. Xoy yomg’ir, yana
shiddat bilan yog’. Ey shamol, salomimni do’stimga etkaz). SHu gaplarni qanday qilib ikki guruxga ajratish mumkin?
3-topshiriq. Matnni o’qib undalmali gaplarni ko’chirib yozing.
Qani ayt, maqsading nimadir sening,
Nega tilkalaysan bag’rimni, oxing.
Nechun kerak bo’ldi senga ko’z yoshim,
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g’am!
(A.Oripov)
4-topshiriq. Berilgan tayanch so’zlarni undalma vazifasida qatnashtirib "Baxor" mavzusida bog’li nutq tuzing.
Baxor, lola, yoqimli shabada, qalb.
5-topshiriq. Gaplarni o’qib, ega va undalmalarni toping. Undalmalarning o’rnini aniqlab, qanday o’qilishini tushuntiring.
Tinish belgilarni qo’yib ko’chiring.
Oyqizim Ko’kbuloq suvlari bizdan oldin qishloqqa kirib boradi.
Bilim eng qimatbaxo boylik, o’g’lim. Vatan mustaqilligi Aziz bolalar sizning qo’lingizda.
6-topshiriq. Berilgan gaplarga undalmalar kiritib yozing.
Qaynatilmagan suvni ichmang.
Mo’l xosilingiz muborak bo’lsin
Tug’ilgan kuningiz bilan tabriklayman.
7-topshiriq. Berilgan uch xolatga mos qisqa nutq tuzing. O’zingiz tuzgan nutq matnlarida undalmalar ishtirok etsin.
1. Mexnat fahriysining bolalarga murojaati.
2. Jamoa ho’jaligi raisining nutqi.
3. Boboning nevaralariga nasixati.
8-topshiriq. Partadosh o’rtog’ingiz bilan undalmalarni qatnashtirib (masalan, kitob) suxbat o’tkazing. O’tkazilgan
suxbatning matnini tuzib, undalmalarni o’qish, tinish belgilarini ishlatish qoidalarini so’zlab berishga tayyorlaning.
Keltirilgan o’quv topshiriqlari vositasida nutq xolatlariga mos undalmali gaplar tuzish (1-topshiriq) yo’li bilan
undalmalarning nutq sharoiti uchun zarurligini anglashadi. Undalmalarning shahsga va turli narsalarga qaratilganligini (2-
topshiriq) nazarda tutib, ularni ikki guruxga ajratishni, binobarin, undalmalarning ta’rifini ongli o’zlashtirishga tayyorlanishadi.
Berilgan matnda undalmali gaplarni saylab yozish (3-topshiriq) va tayanch so’zlarni undalma vazifasida qatnashtirib (4-
topshiriq) “Baxor” mavzusida bog’li nutq tuzish “Undalma”ga oid bilimlarni mustaxkamlashga olib keladi.
Berilgan badiiy matnlarni taxlil etib, so’zlovchining nutqi qaratilgan shahs va narsalarni aniqlash (dil, Navoiy, Farg’ona,
o’g’illarim, Umidahon, Turkiston, qushlar), shu matnlardagi undalmalarda tinish belgilari xamda ularning o’qilishi ustida mashq
qilish, undalmalarni aniqlash, tinish belgilarini qo’yish, intonatsiya ustida ishlash va nixoyat undalmalarni ishtirok ettirib matn
yaratishga oid mashqlar undalmalar hususidagi bilimlarning tushuncha darajasiga ko’tarilishiga sabab bo’ladi.