01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .
Mavzuning o’rganilish darajasi. Matn, matn turlari va ularni o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy talqini ishning ilmiyligidan
dalolat beradi. 4-sinf ona tili darsligidagi matnlar bilan ishlash, o’quvchilarning iste’dodini, bilimini matn asosida
rivojlantirish usullari ishning ilmiy-usuliy ahamiyatidur.
Biz tanlagan mavzu K.Qosimova, Y.Abdullayev, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, M.Yusupov uslubshunos olimlar tomonidan
turli talqin, mazmunda o’rganilgan. Ammo ularning ishlari bitiruv malakaviy ish hajmida emas. Uslubshunos olimlardan
K.Qosimova “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi” kitobida boshlang’ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish,
badiiy asar ustida ishlash jarayono, har xil janrdagi asarlarni o’qish metodikasining xususiyatlari nomli mavzularda boshlang’ich
sinf o’quvchilarda matn va matn ustida ishlash metodikasi xususida boshqa usulshunos olimlarga nisbatdan mukammal malumot
bergan. Bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida yuqorida nomlari zikr etilgan usulshunos olimlarning ilmiy-usuliy fikrlariga
tayanildi.
O'zbek tiliga davlat maqomining berilishi bu tilining ichki va tashqi imkoniyatlaridan yana kengroq foydalanishini yaratdi.
O'zbek tili asrlar davomida necha minglab turkiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo'lib, o'zbek xalqi orasida o'zaro aloqa
vositasi ham uning matbuot va badiiy adabiyot tili bo'lib xizmat qilmoqda. Bu tilda A.Navoiy, Bobur, Abulg’oziy Bahodirxon,
Mashrab, Muqimiy, Furqat, Cho'lpon, Fitrat va boshqa qator adiblarimiz o'zlarining tarixiy badiiy asarlarini yaratib, unining
qudratini namoyish qilganlar. O'zbek tilining o'ziga xos jilosi, unining ser?iraligi, badiiy obrazlar yarata olish qudratini to'laroq
anglash uchun mumtoz va hozirgi zamon adiblarimiz badiiy asarlari tilini o'rganish va matnlar bilan ishlash zamon talabidir.
Hozirga qadar matn nazariyasi va amaliyoti, uning lingivistik ta?lili bo'yicha ancha ishlar bajarilgan. Bu borada S.Mutalibov,
P.Shamsiyev, E.Fozilov, F.Is’hoqov, T.Qudratov, T.Nafasov va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Keyingi davr tilshunosligi
matnni lingvstik tahlil qilish bilan bir qatorda, uni uslubiy va fonografik jihatdan tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Ma'lum bir asarning hoyaviy mazmunini, badiiy-estetik qimmatini to'la anglamoq uchun matndagi har bir til elementini
chuqur his qilib, tahlil etish lozim. Oddiy tuyuqlardan to ki epopeyagacha bo'lgan asarlarning tili turli tumandir. Ayniqsa,
so'zlar badiiy tasvirda estetik zavq beruvchi san'atga aylanganda yana murakkablashadi. Jumladan, asarda tasvirlangan davrga
xos so'zlar, sheva so'zlari, kasb-hunar so'zlari individual muallifga xos semantik qo'llanish, so'z yasash, grammatik shakllarni har
xil ma'noda qo'llash, turli so'z birikmalari tuzish va ishlatish xilma-xildir. Istalgan bir matnni tushinish uchun tabiiy til
grammatikasini bilish talab qilinadi. Ammo badiiy matnning tushunishda "badiiy matn grammatikasi" ni bilish lozim. Til
grammatik vositalarini muayyan holatda qaysi shakl va mazmunda ishlatilganligini aniqlash kerak. Chog’ishtiring: til
grammatikasi jo'nalish kelishigi qo'shimchasi: -ga, -ka, -ha,-qa, -a, -ya, -na dialektal kabilar ot yoki otlashgan so'zlarga ho'shilib
asosan harakat yo'naltirilgan tomon, vaqt, atalganlik kabi ma'nolarni bildiradi. Badiiy asr tilida esa shu ma'nolar bilan birga -qa
2
shaklida davr ruhni ifodalanadi, -a, -ya, -na shakllarida esa mahalliy kolorit beriladi. har ikkalasi ham obraz yaratadi. Badiiy
matn lisoniy tahlilda tarixiylik, shakl va mazmun birligi, umumiylik va xususiylikning uyg’unligi prinsiplariga amal qilinadi.
Har qanday matn ma'lum bir davr mahsuli, hayotiy reallikining til vositalarida aks ettishdir. Xuddi shuningdek, badiiy matn
yakka holda mavjud bo’lgan til vositalarning umumiy yig’indisi sistemalarning sistemasidir hamda muallifga xos umumiy
belgilarning matnda namoyon bo’lishidir.