Har bir xo’jalik operatsiyasi mablag’ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag’da ham manbada bir xil summaga o’zgarishga olib keladi. Bunday o’zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo’llaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo’jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o’zaro bog’liq bo’lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo’jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o’zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta‘sir etadi.
1494 yilda Italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to’g’risidagi traktatida» (lot. tractatus – muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o’zida
«bermoq» va «ega bo’lmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va
«ega bo’lmoq» schyotlarning summalarining yig’indisi o’zaro teng kelishi kerak deb aytgan.
Ikkiyoqlama yozuv vositasida schyotlar o’rtasidagi paydo bo’lgan o’zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o„tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo’ladi.
Oddiybuxgalteriyaprovodka(o„tkazma)sideb, ma‘lum bir xo’jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi.
Murakkab buxgalteriya provodka(o„tkazma)si ma‘lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishi.
Xo’jalik operatsiyalarini schyotlarda ikkiyoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish tartibini ushbu misollarda ko’rishimiz mumkin.
misol. Umumta‘lim muassasalarida 1 800 000 so’mga darsliklar ijarasi to’lovi hisoblandi. Ushbu xo’jalik operatsiyasi natijasida 159
―Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖ subschyoti debetlanadi va 155 ―Byudjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha
bo’ladigan mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblar‖ subschyoti kreditlanadi (15-chizma).