Tashqi ko’rinishi bo’yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo’lgan jadval shaklida bo’ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi ―Debet‖ (D-t), o’ng qismi
―Kredit‖ (K-T) deb ataladi. ―Debet‖ va ―Kredit‖ so’zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo’lib, bu so’zlar
XII asrlarda sotuvchi va bankir o’rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.
―Debet‖ so’zi lotincha bo’lib ―u qarzdor‖, ―Kredit‖ so’zi esa
―ishondi‖ degan ma‘noni bildiradi.
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma‘lumotlari buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma‘lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba‘zi bir schyotlarda saldo bo’lmasligi ham mumkin. Debet va
kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o’zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan summalarini kreditoborotdeb ataladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlashdan asosiy maqsad amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan ma‘lumotlarni soddalashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga mablag’lar harakati yuzasidan nazorat ishlarini to’g’ri tashkil qilishni ta‘minlashdir.