Schyotdagi oxirgi qoldiq yoki saldo quyidagi formula orqali topiladi:
So = Sb + Do – Ko
Xo’jalik mablag’larining manbalarini aks ettiruvchi passiv schyotlarning ko’payishi kreditda, kamayishi esa debet tomonida ko’rsatiladi:
Debet
PASSIV SCHYOT
Kredit
Boshlang’ich
saldo(Sb)
Mablag’larning
kamayishi
Mablag’larning ko’payishi
(Do) Debet
oborot
(Ko) Kredit
oborot
Oxirgi saldo (So)
chizma. Passiv schyotning tashqi ko’rinishi.
Oxirgi qoldiq quyidagicha topiladi: So = Sb + Ko – Do
Shuni ta‘kidlab o’tish joizki, kontr-aktiv schyotlar xususiyati xuddi passiv schyotlar, kontr-passiv schyotlar xususiyati esa aktiv schyotlar xususiyati kabidir.
Tranzit schyotlar xususiyatiga keladigan bo’lsak, ular daromadlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan bo’lsa–xuddi passiv schyot kabi talqin etiladi. Agarda xarajatlarni hisobga oluvchi tranzit schyotlar bo’lsa aktiv schyotlar kabi ishlatiladi.
Tranzit schyotlar tarkibida bo’lgan ikkita taqqoslovchi schyotlar xususiyati umuman boshqacha, ularni 14-chizmada ko’rishimiz mumkin:
Debet
201
Kredit
Debet
230
Kredit
Aktivlarning chiqib ketishidan xarajatlar
Aktivlarning chiqib ketishidan daromadlar
Xarajatlarning yakuniy moliyaviy natijaga hisobdan chiqarilishi yoki xarajatlarni hisobga oluvchi tranzit
schyotlarning yopilishi
Daromadlarning yakuniy moliyaviy natijaga hisobdan chiqarilishi yoki daromadlarni hisobga oluvchi tranzit schyotlarning yopilishi