2-topshiriq. Besh va olti so‘zlariga -ov yoki -ala qo‘shimchalaridan birini qo‘shib ko‘chiring. Qaysi so‘zning o‘zagida o‘zgarish yuz beryapti?
3-topshiriq.O‘nlik va yuzlik miqdor bildiruvchi so‘zlarni aniqlang va ular ishtirokida to‘rtta gap tuzing. O‘nlik va yuzlik ma’nolarini bildiruvchi so‘zlarning qanday so‘roqlarga javob bo‘layotganini aniqlang.
4-Topshiriq. Topishmoqning javobini toping. “Kim topqir va chaqqon” o’yini o’tkaziladi. Avval miqdor sonlarni, so‘ng tartib sonlarni o’quvchilar aniqlaydilar. G’olib guruh rag’batlantiriladi.
To‘planib o‘n o‘g‘il-qiz, – Mezbon-mehmon o‘ynaymiz. Deyishar: -Sobir, sana, Adashib ketma yana. Toq sonlar bo‘lar mezbon, Juft sonlar aziz mehmon. Sobir sanar: – Ko‘ring-chi, Nodir bo‘ldi birinchi. Ikki – singlim «Durdona», Uchinchisan, Guldona. To‘rtsan, Dilshod, Lola-besh, Dildor-olti, yetti-Esh. Sakkizinchi sen, Gulqiz, Ahmadullo-chi – to‘qqiz. Iya, o‘n yo‘q-ku, qarang! Topmas Sobir, bosh-garang. O‘rtoqlari kulishar: -Boshqa sana, – deyishar. Yordam bering siz endi, Chiqmagan o‘n kim edi!
5-Topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Sonlarning gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing. G’olib guruh rag’batlantiriladi.
1. Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. (Topishmoq) 2. Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita. 3. Opam bizga uzgan olmalaridan to‘rttadan berdi. 4. Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxida o‘ttiz yaproq, yaprog‘ining bir yog‘i qora, bir yog‘i oq. (Topishmoq) Guruhlarga quyidagi test topshirig’i beriladi. 1. Miqdor songa qanday qo’shimcha qo’shilsa dona son va taqsim son hosil bo’ladi? A. - nchi, -lab B. - ala, -ovi
C. - tacha, -larcha D. - ta, -tadan
2. Qaysi javobda jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimchalar berilgan? A. - nchi, -lab B. - ala, -ovi
C. - tacha, -larcha D. - ovi, -lab