Mavzu Chama son, uning yasalishi



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə3/7
tarix16.03.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#88218
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Chama son, uning yasalishi

3-guruhga savollar:
Til undoshlarini ayting.
“Kengash” so’zini bo’ginlarga bo’ling.
“Bosh” so’zi omonimmi yoki ko’p ma’noli so’zmi?
Sifatning ma’no turlarini sanang.
Osh-posh, don-dun, choy-poy, ish-pish. Qanday so’zlar?
So’ng uy vazifasi tekshiriladi.
O’qituvchi o’quvchilarni quyidagi yo’naltiruvchi savollar asosida yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorlaydi.
O’qituvchi:
- Qanday sonlarni bilasiz?
- Sonlar qanday shakllarda yoziladi?
- Sonlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
Savollarga o’quvchilar bilganicha javob beradilar. Ularni arab, rim raqamlari yoki harflar bilan yozilishini aytadilar. Sonlarning so’roqlarini aniqlaydilar.
O’qituvchi: Qancha?, necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lib, narsalarning son-sanog‘i va tartibini bildirgan so‘zlarga son deyiladi.
Sonlar ikkiga bo‘linadi: 1) miqdor sonlar, 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so‘roqlariga javob bo‘lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi.
Son gapda otga bog’lansa, aniqlovchi, fe’lga bog’lansa hol, gapning oxirida kelsa kesim bazifasini bajaradi. Masalan, Sinfimizda yigirma besh o’quvchi bor. U olmadan beshta oldi. O’nning yarmi – besh.
Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov.
Tartib sonlar raqam bilan yozilganda -nchi, -inchi qo‘shimchalari o‘rniga chiziqcha qo‘yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 3-qavat.
Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilganda bu qo‘shimchalar o‘rniga chiziqcha qo‘yilmaydi: IX sinf, XXI asr.
Bir so‘ziga -ta qo‘shimchasi qo‘shilsa, bitta deb aytiladi va yoziladi.
Yangi mavzuni yoritish
va guruhlarda ishlash.

Narsalarning miqdorini taxminlab, chamalab ko`rsatadigan sonlarga chama son deyiladi.


Ular –tacha, -lab, -larcha kabi qo`shimchalar yordamida yasaladi




Chama son quyidagi qo`shimcha orqali yasaladi





-larcha

-tacha



-lab


405-mashq.Gaplardagi sonlarni guruhlarga ajratib jadvalga joylashtiring.



Sanoq son

Dona son

Chama son




1. Axir, o‘n ikki yashar ukasini ko‘rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. (Abdulla Qodiriy) 2. Og‘zini yumganicha, ovozini ichiga yutib, bir-ikki kulib oldi u. (X. To‘xtaboyev) 3. Uch-to‘rt pud g‘alla ketsa ketar. Bir qop g‘alla deb, hammasidan ayrilib qolmaylik tag‘in! (O. Yoqubov) 4. Tarixingdir ming asrlar, Ichra pinhon, o‘zbegim. Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. (E. Vohidov) 5. Bayroq dastasida, stanokda, g‘ishtda ming-minglab qo‘llar taftini sezaman (Asqad Muxtor)





Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin