Ko'p darajali modelni ishlab chiqish
Ko'p darajali model tahlilini o'tkazish uchun avval belgilangan koeffitsientlardan
(qiyaliklar va tutilishlar) boshlash kerak.
3.Kapitalning istalgan zaxiralariga moslashish xarajatlarini hisobga olish modeli.
Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarishning ma‟lum bir bosqichlarida sof sotish
qiymati bo„yicha hisobga olinadi. Bu, masalan, qishloq xo„jaligida don mahsulotlari
yig„ib olingandan keyin yoki foydali qazilmalar qazib olingandan keyin ularning
sotilishi forvard shartnomasi yoki davlat kafolati ostida kafolatlanganida yoki ular
bo„yicha faol bozor mavjud bo„lganida va sotilmaslik riski sezilarsiz darajada kam
bo„lganida yuz beradi. Bunday TMZlarga nisbatan mazkur standartning faqatgina
baholash bo„yicha talablari qo„llanilmaydi.
Broker-treyderlar – o„z hisobidan yoki boshqa tomonlar nomidan tovarlarni sotib
oluvchi yoki sotuvchi shaxslardir. 3 (b) bandda izohlangan TMZlar, asosan, yaqin
kelajakda sotish va narxlardagi o„zgarishlardan foyda olish yoki brokertreyderlarning
marjasi hisobiga foyda ko„rish maqsadida sotib olinadi. Agar ushbu tovar-moddiy
zaxiralar sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo„yicha baholanadigan
bo„lsa, ularga nisbatan ushbu standartning faqat baholash bo„yicha talablari
qo„llanilmaydi. Ushbu standartda quyidagi belgilangan ma‟nodagi atamalardan
foydalaniladi: Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi aktivlardir: (a) odatdagi faoliyat
doirasida sotish uchun mo„ljallangan ; (b) bunday sotuv uchun ishlab chiqarish
jarayonida bo„lgan; (d) ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko„rsatilishida
foydalanilishi ko„zlangan xomashyo va materiallar ko„rinishidagi aktivlar. Sof sotish
qiymati odatdagi faoliyat davomida ishlab chiqarishni oxiriga yetkazish bo„yicha
xarajatlar va sotishni amalga oshirish uchun zarur bo„lgan va taxminiy baholangan
xarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir. Haqqoniy qiymat baholash sanasida
bozor ishtirokchilari o„rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin
bo„lgan yoki majburiyatni o„tkazishda to„lanishi mumkin bo„lgan narxdir (13-sonli
MHXS “Haqqoniy qiymatni baholash‖ ga qarang). Sof sotish qiymati tushunchasi
tadbirkorlik subyektining odatdagi faoliyati davomida tovar-moddiy zaxirani sotishdan
olinishi mo„ljallangan sof summani anglatadi. Haqqoniy qiymat – baholash sanasida,
TMZni xuddi shunday TMZ sotiladigan asosiy bozorda (yoki eng katta manfaat
keltiradigan bozorda) sotish bo„yicha bozor ishtirokchilari o„rtasidagi odatdagi
operatsiya amalga oshirilishi mumkin bo„lgan bahoni aks ettiradi. Birinchisi ‒
tadbirkorlik subyektiga xos qiymat; ikkinchisi esa yo„q. Tovar-moddiy zaxiralarning
sof sotish qiymati ularning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga teng
bo„lmasligi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralar sotib olingan va qayta sotish uchun
mo„ljallangan tovarlarni qamrab oladi, masalan chakana savdo tashkiloti tomonidan
sotib olingan va qayta sotish uchun saqlanadigan tovarlar yoki qayta sotish uchun
mo„ljallangan yer va boshqa mulklar. Tovar-moddiy zaxiralar jumlasiga, shuningdek,
tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot yoki tugallanmagan
ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo„ljallangan
xomashyo va materiallar kiradi. Xizmat ko„rsatish tashkilotlari uchun tovar-moddiy
zaxiralariga 19-bandda izohlanganidek, xizmat ko„rsatish bo„yicha xarajatlar ham, ular
bilan bog„liq bo„lgan daromadlar haligacha tan olinmagan bo„lsada, kiradi (18-sonli
BHXS “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad‖ga qarang). Tovar-moddiy zaxiralari
tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq bo„lsa, o„sha bo„yicha
baholanishi lozim. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga
TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashi hamda holatiga
keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim Sotib olish
xarajatlari. Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narxi, import bojlari
va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektiga keyinchalik
qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar,
materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog„liq boshqa jami xarajatlar
kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan
chegirilib tashlanishi lozim. Qayta ishlash xarajatlari. Tovar-moddiy zaxiralarni qayta
ishlash xarajatlariga mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog„liq xarajatlar,
masalan bevosita mehnat xarajatlari, kiradi. Ularga, shuningdek, materiallarni tayyor
mahsulotga aylantirishda amalga oshiriladigan va sistematik tarzda taqsimlanadigan
doimiy va o„zgaruvchan ustama xarajatlar ham kiradi. Doimiy ishlab chiqarish ustama
xarajatlari ‒ ishlab chiqarish hajmidan qat‟iy nazar nisbatan doimiy bo’lib qoladigan
bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan ishlab chiqarish binolari va
uskunalarining eskirishi va ularni saqlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishni
boshqarish xarajatlari. O„zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari bu ishlab
chiqarish hajmiga to’g’ridan-to’g’ri yoki deyarli to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikda
o’zgaradigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan bilvosita materiallar va
bilvosita mehnat xarajatlari. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlarining qayta
ishlash tannarxiga olib borilishi ishlab chiqarish obyektlarining normal quvvatiga qarab
belgilanadi. Normal quvvat ‒ bir nechta davr yoki mavsumlar davomida normal
sharoitda,
rejalashtirilgan ta‟mirlash natijasidagi ishlab chiqarish hajmdagi
yo„qotishlarni hisobga olgan holda o„rtacha erishilishi kutilgan ishlab chiqarish
hajmidir. Agar u normal quvvatga taxminan teng bo„lsa, normal quvvat sifatida haqiqiy
ishlab chiqarish hajmini olish mumkin. Ishlab chiqariladigan mahsulot birligi tannarxiga
kiritiladigan doimiy ustama xarajatlarning summasi ishlab chiqarishning pasayishi yoki
to’xtashi natijasida oshmaydi. Tannarxga kiritilmagan ustama xarajatlari ular kelib
chiqqan davrda xarajatlar sifatida tan olinadi. Ishlab chiqarish darajasi haddan tashqari
yuqori bo„lgan davrlarda, ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan
doimiy ustama xarajatlar kamayadi va buning natijasida tovar-moddiy zaxiralar
tannarxdan yuqori baholanmaydi. O’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari
ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqatda foydalanishga qarab ishlab chiqariladigan
mahsulot birligi tannarxiga olib boriladi. Ishlab chiqarish jarayoni natijasida bir
vaqtning o’zida birdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday holat,
masalan, birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki asosiy va qo’shimcha
mahsulot ishlab chiqarilishida yuzaga kelishi mumkin. Agar har bir mahsulotning qayta
ishlash xarajatlarini alohida aniqlash imkoni bo’lmasa, bu xarajatlar mahsulotlar
o’rtasida mutanosib va izchil ravishda taqsimlanadi. Taqsimotni, masalan, har bir
mahsulotning umumiy sotish qiymatidagi ulushi asosida, mahsulotlarni alohida ajratish
mumkin bo„lgan ishlab chiqarish jarayoni bosqichida yoki ishlab chiqarish
tugallanganida amalga oshirish mumkin. Ko’pgina qo’shimcha mahsulotlar o’z
xususiyatlariga ko’ra muhim darajada bo’lmaydi. Bunday hollarda, ular ko’pincha sof
sotish qiymati bo’yicha baholanadi. Buning natijasida, asosiy mahsulotning balans
qiymati uning tannarxidan sezilarli darajada farq qilmaydi. Boshqa xarajatlar. Boshqa
xarajatlar TMZlar tannarxiga, faqatgina TMZlarni hozirgi paytdagi joylashishi va
holatiga keltirish uchun sarflangan xarajatlar hajmidagina kiritiladi. Masalan, noishlab
chiqarish ustama xarajatlari yoki maxsus mijozlar uchun mahsulotlarni yasash
xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritish o„rinli bo„lishi mumkin. Tovar-
moddiy zaxiralar tannarxiga kiritilmaydigan va ular kelib chiqqan davr xarajatlari
sifatida tan olinadigan xarajatlar misoliga quyidagilar kiradi: (a) me‟yoridan tashqari
sarflangan xomashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari summasi; (b)
saqlash xarajatlari, agar bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichlari
uchun talab etilmasa; (d) tovar-moddiy zaxiralarni hozirgi paytdagi joylashishi va
holatiga keltirish bilan bog„liq bo„lmagan ma‟muriy ustama xarajatlar; (e) sotish
xarajatlari. 23-sonli BHXS “Qarzlar bo‗yicha xarajatlar‖ olingan qarzlar bo„yicha
xarajatlar tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan kamdan-kam hollarini
belgilaydi. Tadbirkorlik subyekti tovar-moddiy zaxiralarni to„lov muddatini uzaytirib
to„lash shartlarida sotib olishi mumkin. Agar bunday kelishuv amalda moliyalashtirish
elementini o„z ichiga olsa, bu element, masalan, odatdagi shartlarda kreditga sotib olish
narxi va to„lov summasi orasidagi farq ushbu moliyalashtirish davrida foiz xarajatlari
sifatida tan olinishi shart. Xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlarda tovar-moddiy
zaxiralarning tannarxi. Xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar tovar-moddiy zaxiralarga ega
bo„lganida, ular bu TMZlarni ishlab chiqarish xarajatlari summasida baholaydilar. Bu
xarajatlar, asosan, xizmat ko„rsatishda bevosita band bo„lgan xodimlar, shu jumladan,
ularni nazorat qiladigan xodimlar bilan bog„liq bo„lgan mehnat haqi va boshqa
xarajatlar, hamda tegishli ustama xarajatlardan tashkil topadi. Xizmatlarni sotishda band
bo„lgan va umumiy ma‟muriy xodimlarga tegishli bo„lgan mehnat haqi va boshqa
xarajatlari tannarxga kiritilmaydi va ular kelib chiqqan davrning xarajatlari sifatida tan
olinadi. Aksariyat hollarda, xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlarning TMZlari tannarxiga
ular tomonidan xizmat narxiga kiritiladigan foyda me‟yori yoki taqsimlanmaydigan
ustama xarajatlar kiritilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |